Mavzu: Sinf xonasining tabiiy va sun`iy yoritilganligini gigiyenik baholash.
Sinf xonasidagi turli jihozlarini gigiyenik baholash.
Mavzuning ahamiyati:
O’quvchilarning sog’lig’ini yaxshi bo’lishida, ularni jismoniy rivojlanishni normal
borishida, ish unumdorligini oshishida, ayniqsa ko’z o’tkirligini pasayishi va umurtqa
pog’onasini egrilanib qolishini oldini olishda o’quv xonasida normal gigiyenik sharoitni tashkil
qilish muhim ahamiyatga ega.
Ishdan maqsad:
1. Talabalarga o’quv xonasini gigiyenik baholash usullarini o’rgatish:
a) o’quv xonasini umumiy pol sathi va har bir o’quvchiga to’g’ri keladigan pol sathini
gigiyenik normaga to’g’ri kelishi yoki kelmasligini aniqlash va baholash;
b) o’quv honasini tabiiy va sun’iy yorug’ligini gigiyenik talabga to’g’ri kelishi yoki
isimasligini aniqlash va baholash;
c) o’quv partalari, stol-stullarni va doskani o’quv xonasida gigiyenik talabga asosan
joylashtirilishni aniqlash va baholash;
d) o’quv partalari, stol-stularni markirovka qilish (nomerlash) ni o’rgatish.