|
Mavzu: So'z turkumlari va ularni guruhlash tamoyillari
|
səhifə | 18/22 | tarix | 08.03.2022 | ölçüsü | 0,76 Mb. | | #84382 |
| MavzuSIFAT SO’Z TURKUMI - Narsaning belgisini bildirib, qanday? qanaqa? qaysi? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladigan so‘zlar turkumi sifat deyiladi. Sifat asosan otga bog‘lanadi va uning belgisini aniqlaydi. Masalan: oq ko‘ylak, kuzgi ekin, aqlli qiz, yumshoq non, o‘rtancha o‘g‘il. Bunda belgi bildiruvchi so‘z sifatlovchi, uni boshqarib kelgan ot esa sifatlanmish deyiladi.
- Sifat bog‘lanib kelgan ot turli so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanish mumkin, lekin sifat o‘zgarmaydi: ko‘k qalam, ko‘k qalamning, ko‘k qalamdan kabi. Sifat gapda asosan a) sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajaradi: Bir ozdan so‘ng yoqimli shamol esa boshladi; b) kesim bo‘lib keladi: Osmon tiniq.
- Sifat ba’zan fe’lga bog‘lanib, harakatning belgisini bildirishi mumkin. Bunday holda sifat ravish kabi gapda hol vazifasini bajaradi: U do‘stining yuragida kechayotgan tuyg‘ularni yaxshi tushunardi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|