Mavzu: ‘Tarbiyasi qiyin’ o’quvchilar bilan ishlashning psixologik asoslari



Yüklə 6,3 Mb.
səhifə3/5
tarix24.06.2022
ölçüsü6,3 Mb.
#90056
1   2   3   4   5
psixologiya Shokirova Ziyoda 104A

Axloqidagi chetga chiqishlar bir qator xatti-harakatlaridagi og’ishlar, qonunbuzarlik va jinoyatlar sodir etishdan iborat bo’lgandi. Boshqacha aytganda bu axloq normalariga to’g’ri kelmaydigan axloqdir. Eng ko’p tarqalgan nojo’ya ishlar: shumlik, bezorilik, shaxsiy va jamoat mulkini o’g’irlash, jinsiy buzuqlik bilan bog’liq bo’lgan nojo’ya harakatlardir.

  • Axloqidagi chetga chiqishlar bir qator xatti-harakatlaridagi og’ishlar, qonunbuzarlik va jinoyatlar sodir etishdan iborat bo’lgandi. Boshqacha aytganda bu axloq normalariga to’g’ri kelmaydigan axloqdir. Eng ko’p tarqalgan nojo’ya ishlar: shumlik, bezorilik, shaxsiy va jamoat mulkini o’g’irlash, jinsiy buzuqlik bilan bog’liq bo’lgan nojo’ya harakatlardir.
  • Emotsional-irodaviy sohadagi chetga chiqishlar xilma-xil voqea xodisalardan turlicha emotsional ta’sirlanish; voqea va xodisalarni turli xilda idrok qilish; turli xildagi jazava xolati. Shuningdek g’amginlik, xafalik, loqaydlik, kek saqlash, darg’azab bo’lish, yig’loqilik, o’zining emotsional holatini boshqara olmaslik, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining betayinligi, yaqin kishilarga nisbatan beparvolik, mexr-muhabbat va yaqinlik tuyg’usining yo’qligi.

Umuman olganda o’qituvchilarning qarovsiz bolalar bilan ishlashga tayyorligi sistemali bilimlardan iborat bo’lib axloqiy psixologik, nazariy va amaliy tayyorgarlik uning strukturali tashkil etuvchisi sifatida namoyon bo’ladi. O’qituvchining o’z xatolarining oldini olish va ularni bartaraf etish qobiliyati pedagoglik mahorati bilan chambarchas bog’langan. Kasbiy maxorat darajasini oshirish ishlari o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish yuzasidan olib boriladigan kundalik amaliy faoliyat bilan uzviy bog’liq ravishda amalga oshirilishi kerak. Bu o’rinda; a) psixologik-pedagogik adabiyotlarni muntazam ravishda o’qib borish; b) har bir pedagogning tashabbuskorligi va faolligini oshirishga yordam beruvchi ijodiy muhit yaratish; v) metodik seminarlar va fan seksiyalari tashkil etish asosiy yo’llardan hisoblanadi.

Hamma kishilar ham bir xilda bo’lmaydi, shuningdek, oilalar ham turlichadir. Shubhasiz bolalar ham bir biriga o’xshamaydi. Bu tabiiy xol. Lekin ko’pincha kattalar buni unitib qo’yadilar, o’zlaricha qandaydir umumiy tavfsiyalardan yordam ko’rishga moyil bo’ladilar va bunda: “ bola… bajarishi kerak”, “bolaga mumkin emas” kabi so’zlarni ishlatadilar. Bu esa xato. Bola avval boshidanoq hech narsani bajarishga majbur emas, unga hech narsa joiz ham emas. Aksincha, kattalar bolaning meyorida rivojlanishi uchun sharoit yaratishlari, uni kishilar orasida yashashga o’rgatishlari, ularning his-tuyg’ularini, xohish-istaklarini va ishlarini tushunishlari lozim. Vaqt o’tishi bilan, payti kelganda uning o’zi nimalar qilishi kerakligini, kimga nima qilishga majburligini, kimning oldida qarzdorligini va bu qarzlarni boshqa kishilarga o’z ota-onalariga, do’stlariga va nihoyat, o’z bolalariga nisbatan mexr-muhabbat, mexribonligi bilan uzishni tushunib oladi.


Yüklə 6,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə