''Maxsus fanlar'' kafedrasi Kurs ishi mavzusi: Mehnat unumdorligi o’sishining asosiy omillari va mehnat samaradorligini oshirish yo’nalishlari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/33
tarix13.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#86959
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
\'\'Maxsus fanlar\'\' kafedrasi Kurs ishi mavzusi Mehnat unumdorlig

Vatanimiz  tajribasida 

ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarning  hajm  ko’rsatkichlari  faqat  jonli 

mehnat  bilan  bog’liq  bo’lganligi  sababli  foydalinayotgan  materiallar 

sig’imining  va  qiymat  ko’rsatkichlarining  o’zgarishiga  duchor  bo’lmoqda. 

Moddiy  xarajatlarrning  har  qanday  ko’payishi  (xoh  u  ancha  qimmatbaho 

material  bo’lsin)  yoki  boshqa  korxonalar  bilan  kooperatsiya  bo’yicha 

mahsulot  etkazib  berish  va  sotish  bo’lsin,  baribir  mehnat  unumdorligining 

ortib borish tasavvurini beradi. Material sig’imining kamayishi esa – mazkur 

ko’rsatkichning pasayishi tasavvurini o’yg’otadi. 

Mehnat  unumdorligini  o’lchashda  material  sig’imining  o’zgarishi  ishlab 

chiqarilayotgan  mahsulotning  hajm  ko’rsatkichiga  va  mahsulot  ishlab  chiqarish 

normasiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatishiga  barham  berish  uchun  qo’shimcha  o’lchov 

usullaridan  foydalaniladi:  shartli  sof,  normativ  sof  mahsulot  bo’yicha  va  ishlov 

berishdagi  normativ  qiymat  usullari  tatbiq  etiladi.  Bu  usullarni  qo’llash  material 

sig’imio’zgarishlarining  salbiy  ta’sirining  to’liq  yoki  qisman  barham  toptiradi.  

Shunga  qaramay  ularning  har  biri  o’z  kamchiligiga  ega  bo’lib,  haqiqatla  ulardan 

birortasi ham bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq javob bermayodi. 



Mehnat  unumdorligini  qiymat  usulida  aniqlash  uchun  foydalaniladigan 

shartli  sof  mahsulot  ko’rsatkichida  yalpi  mahsulot  qiymatidan  xomashyo, 

butlovchi ashyolar, energiya, yoqilg’i va hokazolarga qilingan bevosita xarajatlarni 

chegirib tashlanadi. Shu bilan birga bu ko’rsatkichdan ish haqi, asosiy fondlarning 

eskirishi  va  foyda  chegirilmaydi.  Bu  erda  moddiy  xarajatlar  o’zgarishi  barham 

toptiriladi,  lekin  foydanining  salmog’i  va  amortizatsiyaning  salmog’i  ortadi. 

Ularning  o’zgarishi  esa  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi  va  mehnat  unumdorligi 

ko’rsatkichlarini birmuncha soxtalashtirishi mumkin. 

Mehnat 

unumdorligi 

aniqlashda 

foydalaniladigan 

sof 

mahsulot 



ko’rsatkichida  yalpi  mahsulot  qiymatidan    barcha  moddiy  xarajatlarni,  shu 

jumladan  amortizatsiya  ajratmalarini  ham  chiqarib  tashlash  yo’li  bilan  hisoblab 

chiqiladi.  Xarajatlarni  va  mehnat  unumdorlgini  hisoblashda  avvalgi  mehnat 

xarajatlarining  soxtalashtiruvchi  ta’siri  to’la-to’kis  barham  toptiriladi,  lekin 

foydaning salmog’i jiddiy ravishda ortadi. Shuning uchun turli mahsulot xillarining 

turlicha  foyda  berishi  sharoitida  aynan  foyda  sof  mahsulot  va  mehnat 

unumdorligini ko’rsatkichlarini soxtalashtirishda asosiy rol o’ynaydi. 

Shuni aytish 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə