Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad va vazifalari. (2-soat) Reja



Yüklə 384,81 Kb.
səhifə31/60
tarix13.12.2023
ölçüsü384,81 Kb.
#149023
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60
Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad -fayllar.org

Xavfsizlik texnikasi qoidalari.
  1. Oshxonada ishlatiladigan asboblarni o'z o'rniga qo’yish.


  2. Gazdan va gaz duxobkasidan to'g'ri foydalanish.


  3. Sovutgichga issiq ovqat qo'ymaslik.


  4. Oshxona asboblarining to'liq bo' lishini ta' minlash.


  5. Oshxona pichoqlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish.


  6. Oshxona jihozlarini va buyumlarini o'ta ehtiyotkorlik bilan saqlash qoidalarini bilish .


  7. Oziq ovqat mahsulotlarini saqlashga e'tibor berish.


  8. Xonani shamollatib turish.


  9. Qaynab turgan qazondan ehtiyot bo'lish.


10.Shisha idishlarga birdaniga qaynoq suv solmaslik.


Sanitariya gigiyena qoidalari.
  1. Oshxona tozaligiga e'tibor berish.


  2. Xonaga yorug'lik yaxshi tushishi.


  3. Idishlarni shkafda saqlash.


  4. Ro'mol va ish fartugida ishlash.


  5. Oziq- ovqat mahsulotlarini urinib, chirib qoiishiga yo'l qo'ymaslik.


  6. Qozon va idishlarni o'z vaqtida yuvish.


  7. Sut mahsulotlarini toza saqlash.


  8. Qo'lni tez-tez tozalab yuvish.


  9. Ovqat tayyorlashda tozalikka rioya qilish.


  10. Chiqindilarni ko'p vaqt saqlamaslik.



Davlat ta‘lim standartlari ta‘limning zarur va yetarli darajasi va o‘quv yuklamalari hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat talablarini begilab beradi. Ta‘lim mazmunining zaruriy o‘zagi hisoblanmish ta‘lim standarti vositasida mamlakat hududidagi turli o‘quv muassasalarida ta‘limning barqaror darajasini ta‘minlash sharti amalga oshiriladi. O‘quv yuklamalari me‘yoriga keltiriladi. O‘quvchilar bilimini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. O‘quvchi davlat belgilagan ta‘lim standarti bilan cheklanishi mumkin yoki bilimlarini chuqurroq egallash maqsadida mustaqil ravishda ya‘ni kengroq chuqurroq bilim olishga va yuqori reyting bali to‘plash huquqiga ega. Natijada qiyin yoki o‘quvchi xush ko‘rmaydigan predmetni o‘rganishda unga standartda belgilangan me‘yor bilan cheklanishga imkon beriladi. Bunda o‘quvchi o‘zining qiziqishi, xoxishi, qobiliyati va intilishlarini ro‘yobga chiqarishda o‘zi uchun eng maqbul yo‘lni ongli va mustaqil ravishda tanlash imkoniga ega bo‘ladi.

Davlat ta‘lim standartlari o‘quv tarbiya jarayonlarining barcha ishtirokchilari uchun majburiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablar ochiq bo‘lishini nazarda tutadi. Davlat ta‘lim standartlari talablaridan kelib chiqan holda ta‘lim dasturlarining zamonaviy yangi avlodlarini yaratdilar va bevosita amalga oshirish maqsadida islohotlar ishlab chiqarmoqdalar. Bu esa o‘z navbatida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni talab qiladi.


Mazkur davlat ta‘lim standartida umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida mehnat ta‘limi va kasb tanlashga yo‘naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o‘quvchilarning mehnat va kasb tanlashga tayyorgarlik darajasini me‘yorlari ifodalanadi. Ushbu standart umumiy o‘rta ta‘lim maktablari uchun mehnat ta‘limi fanidan o‘quv dasturi darslik o‘quv qo‘llanma va boshqa rasmiy me‘yoriy materiallarni ishlab chiqarish
O‘quv tarbiya jarayonini tashkil etish hamda milliy tadqiqotlar olib borish uchun asos sifatida xizmat qiladigan me‘yorlar hujjatlardir.
Oshpazlik va qandolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlarining hamda taomlarning inson hayotidagi o’rni, хususiyatlari, to’yimliligi, turlari, ovqatlanish me’yori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo’llarini o’rganadilar; oshxonalarning jihozlanishi; oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishadilar.
Uy-ro’zg’or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jamg‘armasi va uni sarflash madaniyatiga ega bo‘ladilar, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarni o’zlashtiradilar.
Pazandachilik asoslarini o’rganishda bu sohalarning xalq hunarmandchiligi tarmoqlari: nonvoychilik, milliy oshpazlik, qandolatchilik va boshqa yo’nalishlarining asoslarini ham egallaydilar.
Pazandachilikning ahamiyatini va taraqqiyotini, milliy pazandachilikning rivojlanishini, hududiy xususiyatlarga muvofiq shakllanishi, o’zbek xalqining milliy taomlari va ularda ishlatiladigan mahsulotlarni, inson sog’ligini saqlashni va ovqatlanishida oziq-ovqat mahsulotlarini to’g’ri tanlanishini bilish. Salatlar tayyorlash uchun kerakli mahsulotlar ro’yxatini va ularning 6 kishiga mo’ljallab sarflanadigan miqdorini hisoblashni bilish. Suyuq va quyuq milliy taomlar tayyorlashni, xamirdan pishiriqlar tayyorlash mashqlarini bilish.

Yüklə 384,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə