Men Toʻqsonova Aziza Shomurodovna



Yüklə 9,75 Kb.
tarix05.04.2023
ölçüsü9,75 Kb.
#104254
hisobot Aziza


Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yaponshunoslik fakulteti yapon filologiyasi kafedrasi 4 - bosqich yapon-ingliz guruhi talabasi Toʻqsonova Aziza Shomurodovnaning malakaviy pedagogik amaliyotidan tayyorlagan
H I S O B O T I
Men Toʻqsonova Aziza Shomurodovna 14.11.2022 dan 25.01.2023 gacha Navoiy viloyati Zarafshon shahar Daugiztau mahallasidagi 6-umumiu oʻrta taʼlim maktabida malakaviy pedagogik amaliyotida bo‘ldim.
Amaliyot mobaynida fan o‘qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va o’quv markazi ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o‘rgandim. O‘qituvchilarni dars o‘tish jarayonlarini kuzatdim hamda dars o‘tish jarayoni uchun kerak bo‘ladigan turli o‘qitish metodlari, interfaol o‘yinlardan, yangi pedagogik texnologiyalardan dars davomida qo‘llanishini, shu bilan birga, noan’anaviy o‘qitish uslublaridan foydalanishni o‘rgandim.
14-noyabr kuni biriktirilgan murabbiy Jarasbayeva Bayan bilan tanishdim. Ular meni maktab ichki tartib-intizomi va markaz rahbariyati bilan tanishtirdilar. “A” guruhining darsini kuzatdim. Bu darsda o‘quvchilar bilan ishlash va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash borasidagi pedagogik tajribasi bilan tanishdim.
Birinchi hafta davomida guruh o‘qituvchilarining darslarini kuzatdim. Ta’lim tizimidagi eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlarining (Yangi bilimlarni bayon qilish darsi. O‘tilgan materiallarni mustahkamlash darsi. O‘quvchilarni bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirish va baholash darsi. Takroriy-umumlashtiruvchi va kirish darslari. Aralash dars) qo‘llanishini chuqur o‘rgandim va 30.11.2022 kuni “A” guruhida o‘zimni birinchi aktiv darsimni o‘tdim. Darsda o‘quvchilarni bilimlarini sinash uchun tarqatma materiallardan foydalandim. Mavzuni puxta tushuntirganimdan so‘ng, blits savollar o‘tkazdim.
Darsdan bo‘sh vaqtlarda o‘quvchilarga bilim berishda keng foydalaniladigan yangi ta’lim metodlari, ilg‘or texnologiyalardan foydalanish kabi mavzularda izlanishlar olib bordim.
Malakaviy pedagogik amaliyot davomida, boshqa guruhlarda ham muntazam dars mashg‘ulotlariga qatnashdim, o‘zim ham mustaqil ravishda darslar tashkil etdim. Jumladan, “A”, “B” va “C” guruhlarida mashg‘ulotlar tashkil etdim. Shuningdek, ko‘plab tajribali o‘qituvchilar tashkil etgan dars mashg‘ulotlarimga tahlil qilish jarayoniga kirishdi hamda o‘z tajribalaridan kelib chiqib menga yutuq va kamchiliklarimni tushuntirishdi va o‘z takliflarini berishdi. Keyingi dars mashg‘ulotlarimni o‘qituvchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan kelib chiqib tashkil etdim.
26.12.2022 da 5- “c” guruhida ingliz tili fanidan “Boshlang’ich ingliz tili” mavzusida ochiq dars tashkil etdim. Dars jarayonini o‘quvchilar uchun qiziqarli va interaktiv bo‘lishi uchun turli hil interfaol metodlar jumladan “Ven diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “BBB” metodlaridan keng foydalandim shuningdek tarqatma materiallar bilan o‘quvchilarga rag‘batlantirishlar berdim. Dars jarayoni yaxshi tashkil etildi, bir qator tajribali o‘qituvchilar ham dars tashkillanishi haqida ijobiy fikrlar bildirishdi.
Ushbu malakaviy pedagogik amaliyotidan ko‘plab tajribalar orttirdim. Kelgusi faoliyatimda egallagan bilim va malakalarimdan oqilona foydalanishga harakat qilaman.
Yüklə 9,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə