Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


II. 5. Ish haqidan ajratma va to’lovlar hisobi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/21
tarix26.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132204
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

II. 5. Ish haqidan ajratma va to’lovlar hisobi 
 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona 
xodimlari ish haqidan quyidagi pul ushlanmalari va chegirmalari amalga oshiriladi: 
-
daromad solig’i; 
-
pensiya fondiga ajratma; 
-
kasaba uyushmasiga ajratma (ixtiyoriy); 
- xodim tomonidan korxonaga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo’yicha 
to’lovlar; 
- oyning birinchi yarmida berilgan avans; 
- foydalanilgan ta’tilning ishlanmagan kunlari uchun to’langan pullar; 
- ba’zi turdagi jarimalarni undirish; 
- ijroiya hujjatlar bo’yicha; 
- ishlab chiqarilgan yaroksiz maxsulot uchun; 
-
alimentlar; 
-
kreditga sotilgan tovarlar uchun to’lovlar va boshqalar. 
Daromad solig’i O’zbekiton Respublikasining Soliq kodeksi hamda O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo’mitasi tomonidan 1998 yil 23 
fevralda tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 11 iyun 


1998 yilda ro’yxatdan o’tkazilgan. “Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqni 
hisoblash va byudjetga to’lash tartibi to’g’risida”gi yuriknoma asosida ushlab kolinadi. 
Korxonada bajarilgan ish uchun pul yoki natura shaklida daromad oluvchi barcha 
xodimlar daromad solig’i to’laydi. Ushlanadigan soliq miqdori amaldagi 
qonunchilikka binoan quyidagi shkala yordamida aniqlanadi: 
Soliqqa tortiladigan daromad miqdori 
Soliq summasi 
Eng kam ish haqining 1 barobari 
Eng kam ish haqining 1 baravaridan 5 
baravari miqdorigacha 
Soliq summasi mavjud emas. 
daromad summasining 8.5 foizi 
Eng kam ish haqining 5 baravari 
miqdoridan (+1 so’m) o’n baravari 
miqdorigacha
eng kam ish haqining besh baravari 
miqdoridan 
olinadigan 
soliq+besh 
baravardan oshadigan summaning 17 foizi 
Eng kam ish haqining 10 baravari 
miqdoridan (+1 so’m) va undan yuqori 
miqdoridan 
eng kam ish haqining o’n baravari 
miqdoridan 
olinadigan 
soliq+o’n 
baravardan oshadigan summaning 23 foizi 
Masalan, xodimga may oyida 300000 so’m ish haqi hisoblandi. Ushlanadigan soliq 
miqdori quyidagiga teng: 
Minimal ish haqi 130 400 so’m.
1)
EKIH ning 1 baravarigacha. Ushbu summadan ushlanadigan soliq summasi
0 ga teng. 
2)
1 baravaridan 5 baravargacha 8.5 %. 300000-130400=169600 Ushbu 
summadan ushlanadigan soliq miqdori quyidagiga teng: 169600*8.5%:100%=14416 
3)
Jami ushlangan soliq miqdori 14416. Chunki summa keyingi shkalaga
yetmay qoladi. 
Yuqoridagi muomala hisobda quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi: 
D-t 6710-«Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» - 14416 so’m 
K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar»- 14416 so’m. 
Ishchi va xizmatchilarning qariligi, nogironlik hamda boquvchisini yo’qotganlik 
uchun nafaqa bilan ta’minlash uchun har bir korxonada Pensiya fondiga belgilangan 
miqdorda ajratma ajratadi. Hozirgi kunda ish haqidan Pensiya fondiga 7

miqdorida 
ajratma qilinadi. 
Misol. Ishchiga bir oyda 300000 so’m ish haqi hisoblangan. Ish haqidan Pensiya 
fondiga ushlanadigan summa 21000 so’m (300000*7

/100

)ga teng. Yuqoridagi 
muomala hisobda quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi: 
D-t 6710-«Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» - 21000 so’m 
K-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar» - 21000 so’m. 
Amaldagi qonunchilikka binoan har bir korxona ixtiyoriy ravishda hisoblangan ish 
haqidan kasaba uyushmasiga ajratma qilib borishi mumkin. Hozirgi kunda ish 
haqidan kasaba uyushmasiga ajratiladigan to’lov miqdori 1

ga teng. 


Misol. Yuqoridagi misol bo’yicha ishchiga hisoblangan oylik maosh miqdori 300000 
so’mga teng edi. Ana shu summadan kasaba uyushmasiga qilinadigan ajratma 
miqdori 3000 so’m (300000*1

/100

)ga teng. Ushbu muomala hisobda 
quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi: 
D-t 6710 -«Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» - 3000 so’m 
K-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar» - 3000 so’m.
Bundan tashqari Jamg’arib boriladigan pensiya jamg’armasi ham mavjud
bo’lib, bu ushlangan daromad solig’idan belgilangan oylik maoshining 1%i
miqdorida ushlanib Xalq Bankida ishchining nomida saqlanib turadi va ishchi
pensiyaga chiqqanidan keyin yig’ilgan pul ishchiga beriladi. 
Ijro varaqalari asosida ba’zi xodimlarning ish haqidan aliment ushlanishi mumkin. 
Ushlab qolingan aliment puli ish haqi berilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida aliment 
undiruvchiga berishi yoki pochta orqali jo’natishi lozim. Agarda aliment
undiruvchining manzili noma’lum bo’lsa, u holda ushlangan aliment summasi 
sudning depozit hisobvarag’iga o’tkaziladi. 
Misol. Oktabr oyida ish haqidan 1000 so’m miqdorida aliment ushlandi va ushbu 
summa aliment undiruvchiga yetkazildi. Ushbu muomala hisobda quyidagicha 
provodka bilan rasmiylashtiriladi: 
D-t 6710 -«Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» - 1000 so’m 
K-t 6990-«Boshqa majburiyatlar» - 1000 so’m. 
Agar korxona savdo tashkiloti bilan bank krediti hisobidan korxona xodimiga 
kreditga sotilgan mollar uchun ariza-majburiyatning hamma summasiga savdo 
tashkilotlari bilan hisob-kitob qilgan bo’lsa, bunday mollar uchun pul ushlab qolish 
mumkin. 
Bunday muomalalarni hisobga olish uchun hisobvaraqlar rejasida 4710-«Kreditga 
sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari» hisobvarag’i tayinlangan. Bu 
hisobvaraq aktiv bo’lib, uning qoldig’i korxonaga qaytarilmagan kredit bo’yicha 
xodimlarning qarzini ko’rsatadi, debet oboroti bank krediti hisobidan korxonaning 
yana bergan topshiriq majburiyat summasini, kredit oboroti esa qarzni qoplash uchun 
ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan summani ko’rsatadi. 
Ishchilarning kreditga tovar olishi munosabati bilan bankdan kredit olinsa 
quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari» 
K-t 6810, 7810. 
Ishchilarning ish haqidan kreditni uzish bo’yicha ushlanmalar qilinsa quyidagicha 
provodka beriladi: 
D-t 6710-«Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» 
K-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari». 
Ushbu ushlanmalar kreditni so’ndirishga yo’naltirilganida quyidagicha provodka 
beriladi: 
D-t 6810, 7810 
K-t 5110-«Hisob-kitob schoti». 
Soliq Kodeksi 59-moddasiga ko’ra jismoniy shaxslarning daromadiga 
solinadigan soliqni to’lashdan quyidagi jismoniy shaxslar ozod qilinadilar: 


1.
To’laligicha: 
• Bojxona xizmati xodimlari 
• Mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklarning, Milliy 
xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari xodimlari 
• O’zbekiston 
Respublikasi 
fuqarosi 
bo’lmagan 
xorijiy 
davlatlar 
diplomatiya vakolatxonalarining boshliklari, a’zolari, konsullik muassasalarining 
xodimlari
2. Qisman, har bir oy uchun eng kam ish haqining to’rt baravari miqdorida: 
• O’zbekiton Qahramoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga 
sazovor bo’lgan shaxslar, uchchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlanganlar. 
• Bolalikdan nogiron bo’lganlar, shuningdek I va II gurux nogironlari. 
• Qahramon onalar 
• Afg’onistonda xizmat qilganlar, Chernobl AES dagi falokat oqibatida jabrlanganlar. 
• 2 va undan ortiq 16 yoshga to’lmagan bolali yolgiz onalar. 
Ish haqidagi ushlab qolinadigan summalar faqat qonun bilan ruxsat etilgan hollarda 
amalga oshiriladi. Ularga ish haqi hisobidan berilgan bo’lak, daromad solig’i, ijro 
varaqalari bo’yicha ushlanadigan summalar, ortiqcha berib qo’yilgan ish haqi, shaxsiy uy-
joy qurilishi uchun olingan ssudalar bo’yicha qarzlar, dala bog’ qurilishi bo’yicha ssudalar 
qarzlari, yosh oilalar olgan ssudalar bo’yicha qarzlar, kreditga olingan tovarlarning 
to’lanmagan qismi, ixtiyoriy sug’urta summalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektga 
etkazilgan zararlar uchun ushlanadigan summalar, ish haqining bir qismini ishchi va 
xizmatchilarning arizasiga ko’ra omonat kassaga o’tkazish, kasaba uyushmasi 
a’zolarining navbatdagi oy uchun a’zolik to’lovlari va shu kabilar kiradi. Ish haqidan 
ushlab qolinadigan soliqlar miqdori Moliya vazirligi tomonidan belgilanib, Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə