Microsoft Word Moliyaviy hisob



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə63/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Xarid bahosi

Balans qiymati

"A" kompaniyasining aktsiyalari

100 ming so’m

150 ming so’m

"B" kompaniyasining aktsiyalari

150 ming so’m

180 ming so’m

Jami:

250 ming so’m

330 ming so’m

Uzoq muddatli investitsiyalarni har bir investitsiya turi bo’yicha qayta baholash qiymati asosida hisobga oladi. Avval amalga oshirilgan qayta baholash (ko’payish) summasi 90 ming so’m miqdorida "Aktivlarni qayta baholash bo’yicha to’zatishlar" hisobvarag’ida aks ettirilgan. Uzoq muddatli investitsiyalar qisqa muddatli investitsiyalar toifasiga o’tkazilishi chog’ida ular baholanadi va qisqa muddatli qo’yilmalarning balans qiymati bo’lib hisoblanadilar.


A aktsiyalari - 100 ming so’m B aktsiyalari - 150 ming so’m Jami - 250 ming so’m
80 ming so’m xisobot davriga oid daromad sifatida tan olinadi.

  1. agar qisqa muddatli investitsiyalar joriy qiymat bo’yicha hisobga olinadigan bo’lsa, balans qiymati bo’yicha ushbu qo’yilmalarga oid avval o’tkazilgan qayta baholash summasi daromad sifatida tan olinadi.

Agar sub’ekt qisqa muddatli investitsiyalarni sotish uchun xarid qilgan, so’ng esa ularni uzoq muddatlilar sifatida hisobga olishga qaror qilgan bo’lsa, bu holda u qisqa muddatli investitsiyalarni quyidagilar bo’yicha uzoq muddatlilar toifasiga o’tkazilishini amalga oshirish mumkin:



  1. xarid va joriy qiymatlar yuzasidan eng kam baholash asosida mavjud farq xarajat sifatida tan olinadi;

  2. agar ular ushbu qiymat bo’yicha avval aks ettirilgan bo’lsalar, joriy qiymat asosida uzoq muddatlilar toifasiga o’tkazilishi mumkin.

Respublikamiz xalq xo’jaligida 21-buxgalteriya hisobining milliy andozasiga asoslanib yaratilgan yangi schyotlar rejasi 2002 yil 1 yanvardan boshlab chet el investitsiyasi kiritilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarda hamda auditorlik firmalarida kullanila boshlandi. 2003 yilning 1 yanvaridan boshlab byudjet tashkilotlari va banklardan tashqari mulkchilik shaklidan kat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarda ushbu yangi schyotlar rejasi amaliyotda qo’llanilishi nazarda to’tilgan.


"Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonunning 11-moddasiga binoan xo’jalik yurtuvchi sub’ekt buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to’g’riligi hamda ishonchliligini tasdiqlash uchun vaqti-vaqti bilan aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilib turishi kerak.

Inventarizatsiya – bu ma’lum bir vaqtga xo’jalik yurituvchi sub’ekt mablag’lari va ularning manbalarini haqikiy mavjudligini, inventarizatsiya qilinayotgan ob’ektni natura shaklida sanash, ya’ni koldiklarini hisoblash yoki hisob yozuvlarini tekshirish yuli bilan haqikiy qilingan xarajatlarni belgilash.


Inventarizatsiya buxgalteriya hisobi usullaridan biri bo’lib, uning yordamida joriy hisob ma’lumotlarining to’g’riligi tekshiriladi, hisobda yo’l qo’yilgan xatolar aniqlanadi, hisobga olinmagan xo’jalik muomalalari hisobga olinadi, moddiy javobgar shaxslar javobgarligi ostida bo’lgan mablag’larning butligi nazorat qilinadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt, tashkilot va muassasalar qimmatli qog’ozlarni inventarizatsiya o’tkazishda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 833-sonli buyrug’i bilan ro’yxatdan o’tkazilgan 19-sonli BHMA "Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish"ga to’liq amal qiladilar.
Quyidagi holatlarda inventarizatsiya muddatidan oldin o’tkazilishi shart:



  1. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, sotish, shuningdek Davlat korxonasini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog’ida;

  2. Moliyaviy hisobot tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktyabridan keyin inventarizatsiya qilingan mulk bundan mustasno;

  3. Asosiy vositalar va tovar-moddiy zahiralarni qayta baholashda;

  4. Moddiy javobgar shaxs o’zgarganida;

  5. Talon-taroj qilish yoki suiste’mol qilish, shuningdek, boyliklarning buzilishi bilan bog’liq faktlar aniqlanganida;

  6. Yongin yoki tabiiy ofatlar sodir bo’lganida;

  7. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda. Tekshirish ko’lamiga ko’ra inventarizatsiya yoppasiga yoki tanlab o’tkaziladigan, o’tkazish vaqti bo’yicha rejalashtirilgan yoki to’satdan o’tkaziladigan inventarizatsiyalarga bo’linishi mumkin. Inventarizatsiyani o’tkazish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektda doimiy inventarizatsiya komissiyasi faoliyat yuritadi. Doimiy inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi;

  8. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari yoki uning yordamchisi;

  9. Bosh buxgalter;

  10. Boshqa mutaxassislar (muhandis, iqtisodchi va boshqalar);

  11. Ichki audit vakili.

Doimiy harakatdagi komissiya asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:



    1. Qiymatliklar butligini ta’minlash bo’yicha profilaktika ishlarini olib boradi;

    2. Inventarizatsiya o’tkazishni tashkil etadi, ishchi inventarizatsiya komissiyasi a’zolariga tegishli maslahat va ko’rsatmalar beradi;

    3. Inventarizatsiya natijalarining to’g’riligini tekshiradi;

    4. Inventarizatsiya o’tkazish tartibi bo’zilganida qaytadan inventarizatsiya o’tkazishga buyruq beradi;

    5. Kamomad va nobudgarchilik hollari bo’yicha moddiy-javobgar shaxslardan olingan tushuntirish xatlarini ko’rib chiqadi va tegishli choralar ko’rish bo’yicha takliflar beradi.

Agar ish hajmi ko’p bo’lsa, mulklar va moliyaviy majburiyatlar inventarizatsiyasini bir vaqtning o’zida o’tkazish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i bilan quyidagi tarkibda ishchi inventarizatsiya komissiyasi tashkil etiladi:



  • inventarizatsiya o’tkazishni tayinlagan xo’jalik yurituvchi sub’ektning vakili (komissiya raisi);

  • mutaxassislar (tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi, buxgalter va boshqalar).

Ishchi inventarizatsiya komissiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:





  • moddiy boyliklar va pul mablag’larini saqlash va ishlatish joylarida inventarizatsiya o’tkazadi;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi bilan birga inventarizatsiya natijasini aniqlashda qatnashadi va kamomadni ortiqchasi bilan qoplash, shuningdek tabiiy kamayish normasi doirasidagi kamomadni hisobdan chiqarish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va jo’natish.

Ularning butligi hisobi va nazoratini yaxshilash, shuningdek normadan ortiq va foydalanilmaydigan moddiy qiymatliklarni sotish to’g’risida takliflar kiritadi.


Ishchi inventarizatsiya komissiyasiga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan mulklarning buxgalteriya ma’lumotlari bilan mavjud haqiqiysi orasidagi farqi quyidagicha tartibga solinadi.
Aybdor shaxslardan qiymatliklarning ortiqcha chiqqanlik sabablari xususidagi tushuntirish xatlari olinadi:



  • qiymatliklarning qonunchilik bilan belgilangan norma doirasidagi kamomadi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i bilan ishlab chiqarish, muomala xarajatlariga yoki moliyalashtirish (fondlar)ni kamaytirishga o’tkaziladi;

  • qimmatli qogozlar kamomadining aybdori aniqlanganida kamomad summasi aybdor shaxslardan undirib olinadi. Agar aybdor shaxslar aniqlanmasa yoki aybdor shaxslardan undirib olish sud orqali rad etilgan bo’lsa, kamomad va nobudgarchiliklardan ko’rilgan zararlar ishlab chiqarish, muomala xarajatlariga yoki moliyalashtirish (fondlar)ni

kamaytirishga o’tkaziladi. Bunday zararlar kelgusida soliqka tortiladigan bazaga qo’shiladi.

Investitsiyalar – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish uchun qilingan xarajatlar hisoblanadi, ya’ni qo’shma sho’’ba xo’jalik yurituvchi sub’ektlari, aktsionerlik kapitallari va kooperativ xo’jaliklarga moliyaviy, asosiy, nomoddiy va boshqa aktivlarni qo’yish, shuningdek, boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarga taqdim qilingan zayomlar ko’rinishidagi debitorlik qarzlari hisoblanadi.


Hozirgi paytda Davlat korxonalari bilan bir qatorda xususiy, oilaviy, kooperativ (shirkat), kichik va ijara xo’jalik yurituvchi sub’ektlari, jamoat va boshqa turdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar paydo bo’lishiga ruxsat etilgan. Shu munosabat bilan hamda xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, tashkilotlar va shaxslar o’rtasidagi hisob-kitob muomalalarida har xil qimmatli qog’ozlardan foydalanish tobora kengayib boradi.
Investitsiyalar bo’lingan muddatini hisobga olgan holda qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga qo’yilgan qo’yilmalar) va uzoq muddatli (bir yildan oshiq muddatga) qo’yilmalarga bo’linadi. Bundan tashqari, investitsiyalarni u yoki bu kotegoriyaga olib borish, qimmatli qog’ozlarni safarbar qilish maqsadlariga bog’liq bo’ladi. Masalan, qayta sotish va yil davomida ulardan daromad olish maqsadida qo’lga kiritilgan, muddati bir yildan ortiq bo’lgan aktsiya va obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga tegishli bo’ladi.
Investitsiyalarni amalga oshirilganligi haqida dalolat beruvchi hujjatlar, olingan aktsiyalar, har xil sertifikatlar, obligatsiyalar, qilingan investitsiyalar summalariga guvohnomalar, zayomlarni berish uchun shartnomalar kiradi.
Investitsiya qilingan summalarga xo’jalik yurituvchi sub’ektlar huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan investitsiyalar mablag’lari umumlashtirilgan holda hisobga olinadi. Qimmatli qog’ozlarni sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar — bu oldi-sotdi aktlari, to’lov topshiriqnomalari, qaysiki obligatsiyalarni to’lanishini va berilgan zayomlarni qaytarilishini tasdiqlaydilar.
Buxgalteriya hisobida investitsiyalarni yuritish, qimmatbaho qog’ozlarni sotish va olish, ularni hisobini ikki xil tarzda yuritiladi:

    1. qisqa muddatli investitsiyalar (bir yilgacha muddatda);

    2. uzoq muddatli investitsiyalar (bir yildan oshiq muddatga).

5800 - "Qisqa muddatli investitsiyalar" schyoti xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bir yildan ortiq bo’lmagan muddatga, ya’ni qisqa muddatga boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning qimmatli qog’ozlariga, davlat va mahalliy zayomlarning foizli obligatsiyalariga hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga berilgan zayomlarga qilingan qo’yilmalari(investitsiyalari) va ularning
harakatini umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Bunda foizli obligatsiyalar va shu kabi qimmatli qog’ozlar hamda boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga berilgan zayomlarga qo’yilmalar "Qisqa muddatli investitsiyalar" schyotida hisobga olinishi uchun ularni uzish muddati bir yildan ortiqbo’lmasligi shart qilib qo’yilgan. Uzish (koplash) muddati belgilanmagan boshqa qimmatli qog’ozlar "Qisqa muddatli investitsiyalar" schyotida hisobga olinishi uchun bu qo’yilmalardan daromadning olinishi bir yildan ortiq muddatga mo’ljallanmagan bo’lishi shart.
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bo’yicha analitik hisob ikki xil xususiyatini e’tiborga olgan holda olib boriladi:

    1. qisqa muddatli investitsiyalarning turlari bo’yicha;

    2. qo’yilmalar amalga oshirilgan ob’ektlar bo’yicha (qimmatbaho qog’ozlarni sotuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, va xokazolar).

Analitik hisobning tuzilishi qisqa muddatli qo’yilmalarning mamlakat hududidagi va xorijdagi ob’ektlari bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lishini ham ta’minlash kerak.
Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ustav kapitaliga investitsiyalar qilinganda hamda qimmatli qog’ozlar sotib olinganda pul mablag’lari schyoti debetlanadi.
Aktsiyalar bo’yicha olingan daromadlar summalari, obligatsiyalar bo’yicha foizlar, hisob-kitob schyotida 9710 "Favqulodda foyda(zarar)"larning schyotlari bilan korrespondentsiyalangan holda hisobga olinadi. Bunda quyidagi provodka beriladi:
Debet - 5110, Kredit - 9710. Misol.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining filialiga 100000 so’m miqdorida foizsiz zayom taqdim etdi. Bunda quyidagi provodka beriladi:
Debet – 5810 "Qisqa muddatli investitsiyalar" — 100000. Kredit – 5110 "Hisob-kitob schyoti" — 100000 so’m.
Zayomni qaytarilgan holatda buxgalteriya provodkasining aksi beriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktivida mavjud bo’lgan aktsionerlik jamiyatlaridan sotib olingan aktsiya yoki obligatsiyalar turli xil sabablar bilan sotilishi mumkin:



  • aktsiya ko’zlangan daromadni keltirilmaganda;

  • aktsiya yoki obligatsiyalar uzoq davr mobaynida daromad olish uchun emas, balki ushbu qimmatli qog’ozlarni kelgusida sotish natijasida daromad olish uchun sotib olingan bo’lsa.

Misol.


  1. Brokerlik kontorasi fond birjasida kelgusida sotish maqsadida aktsionerlik jamiyatining aktsiyalarini 200000 so’mga 20 dona sotib oldi:

Debet - 5810 "Qisqa muddatli investitsiyalar" — 200000. Kredit- 5110 "Hisob-kitob schyoti" — 200000so’m.

  1. Brokerlik kontorasi oldin sotib olgan 20ta aktsiyasini sotish bahosida 250000 so’mga sotdi:

Debet - 5110 "Hisob-kitob schyoti" — 250000so’m;
Kredit - 9210 "Asosiy vositalar tugatilishi" — 250000so’m.

  1. Sotib olingan aktsiyalarning balans narxi hisobdan chiqarildi — 200000 so’m:

Debet - 9220 "Boshqa aktivlarni tugatilishi" — 200000so’m. Kredit - 5810 "Qisqa muddatli investitsiyalar" — 200000.

  1. Amalga oshirilgan muomalaning moliyaviy natijasi:

250000 – 200000 = 50000 so’mga quyidagi provodka beriladi: Debet - 9220 "Boshqa aktivlarni tugatilishi" — 50000 so’m;
Kredit - 9710 "Favqulodda foyda (zarar)lar schyoti" — 50000 so’m.
Obligatsiyalarni sotib olish uchun qilingan xarajatlar summasi o’rtasidagi va ularni aylanish davri mobaynidagi nominal qiymatidagi farqi bir xilda(har oyda) xo’jalik faoliyati natijalariga olib boriladi. Bunda ikki xil variant bo’lishi mumkin: obligatsiya nominal qiymatidan kattaroqqiymatga sotib olindi.
Bu holatda amaldagi qiymatlar o’rtasidagi farqni bir qismini har oyda zararga o’tkazish yo’li bilan nominalga etkaziladi.



  • obligatsiya nominaldan kamroq bo’lgan qiymatga sotib olingan bo’lsa, ya’ni chegirma asosida. Bu xildagi variantda, sotib olish qiymati, o’zish vaqti kelguncha, har oydagi farqlarning bir qismini xo’jalik yurituvchi sub’ekt foydasiga hisoblash yo’li bilan nominalga etkaziladi. Qisqa muddatli obligatsiyalar va boshqa shu turdagi qimmatli qog’ozlar uchun amalda pul mablag’larini olgunga qadar foydaga foizlarni hisobga kiritishga yo’l qo’yish mumkin. Misol.

  • xo’jalik yurituvchi sub’ekt 5ta obligatsiyani 250000 so’mga sotib oldi, ularni nominal qiymati — 230000 so’m. Obligatsiyaning o’zish muddati 10 oy.

Amaldagi va nominal qiymatlar o’rtasidagi farq 20000 so’mni tashkil kiladi. Ushbu farq 10 y ichida qoplanishi kerak.


Har oyda uchirish summasi 2000 so’mni (20000 : 10) tashkil qiladi. har oyda bu summaga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 9710 "Favkulotda foyda (zarar)lar schyoti" — 2000 so’m. Kredit 5800 "Qiska muddatli investitsiyalar schyoti" - 2000 Bu yo’l bilan, o’zish muddati etib kelganda amaldagi qiymat nominalga etadi.
Nominal qiymati 250000 so’m bo’lgan 5 ta obligatsiya 230000 so’mga sotib olindi. Muddati o’zish (qoplash) vaqti 10 oy. Bu holda har oyda farq summasiga quyidagi farq summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
Debet 5810 "Qisqa muddatli investitsiyalar" — 2000so’m.
Kredit 9710 "Favkulotda foyda (zarar)lar schyoti" — 2000so’m.
5810 - "Qimmatli qog’ozlar" schyotida aktsiyalarga, davlatning foizli aktsiyalariga va mahalliy qarzlarga, shuningdek boshqa qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan qisqa muddatli investitsiyalarnng holati va harakati hisobga olinadi.
Obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar 5810 - "Qimmatli qog’ozlar" schyotiga sotib olish qiymatida kirim qilinadi.
Qimmatli qog’ozlarni sotishdan ko’rilgan moliyaviy natijalar 9590 - "Boshqa moliyaviy faoliyatlardan olingan daromadlar" schyotining kreditida yoki 9690 - "Boshqa moliyaviy faoliyatlar bo’yicha xarajatlar" schyotining debetida aks ettirladi.
5830 - "Berilgan qisqa muddatli qarzlar" schyotida xo’jalik yurituvchi sub’ektnning boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlrga qisqa muddatga bergan pul mablag’lari yoki boshqa qarzlarning holati hisobga olinadi.
Berilgan qarzlar 5830 - "Berilgan qisqa muddatli qarzlar" schyotining debeti va pul mablag’lari schyotlarining kreditida aks ettiriladi. Qarzlarning qaytarilishi pul mablag’lari schyotlarining debetida va 5830 schyotining krediti bo’yicha aks ettiriladi.
5890 - "Boshqa joriy investitsiyalar" schyotida xo’jalik yurituvchi sub’ektning bank va boshqa omonatlarga so’mda va xorijiy valyutadagi qo’yilmalarning harakati hisobga olinadi.
Omonatlarga pul mablag’larining o’tkazilishi 5890 schyotining debetida va tegishli pul mablag’lari schyotining kredita bo’yicha aks ettiriladi.

Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə