Microsoft Word ohirat ziyouz com doc



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
14
so‘ralganda: "Bir kun tahoratsiz namoz o‘qigandim, Alloh taolo meni azoblash uchun bir 
bo‘rini yubordi. Shuning uchun ahvolim yomon", dedi. (Benamozlarning va namozining 
qazosini o‘qimaganlarning hollari nima bo‘lishini shundan anglashimiz lozim.) 
Yana bir kishi tushda ko‘rilib, undan so‘ralgan: "Alloh taolo senga qanday muomala 
qildi?!" U bunday javob bergan: "Bir kun junublikdan g‘usl qilmagandim. Alloh taolo 
olovdan bir kiyim kiydirdi. Shu tariqa to Qiyomatgacha meni sudrab azoblaydilar. (Har 
bir musulmon kishi ota-onasiga va bolalariga g‘usl qilishni o‘rgatishi lozim.) 
Yana bir kishi tushda ko‘rilib so‘raldi: "Alloh taolo senga qanday muomala qildi?" U 
bunday javob berdi: "Meni yuvayotgan kishi meni ag‘darayotganda bir mix badanimni 
tirnadi. Undan qattiq zahmat chekdim". Ertalab yuvgan kishidan so‘ralganda: "Men 
bilmagan holda shunday bo‘lgandi", dedi. 
Yana bir kishi tushda ko‘rilib: "Ahvoling qanday, sen o‘lmaganmiding?!" deb 
so‘ralganida: "Ahvolim yaxshi, lekin meni ko‘mishayotganda bir tosh tushib, ikkita 
suyagimni sindirdi. Men juda qiynaldim" deb javob berdi Uning qabrini ochib 
ko‘rganlarida xuddi shunday bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. 
Bir kishi o‘g‘lining tushiga kirib: "Ey noqobil farzand! Otangning qabrini tuzat! Yomg‘ir 
uni vayron qildi" dedi. Uning ham qabrini ochdilar. Sel kelib, qabrni to‘ldirgan ekan. 
Bir arab hikoya qiladi: "Vafot etgan o‘g‘limdan Alloh unga qanday muomala qilganini 
so‘radim. U bunday javob berdi: "Ahvolim yaxshi. Ammo falonchi fosiqning qabriga 
yonma-yon ko‘milganimdan unga berilayotgan azoblardan qalbimga qo‘rquv kiradi". 
Shunga o‘xshagan hikoyalardan shu narsa anglashiladiki, qabr ahli qabrlarida azob 
chekadilar. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘likning suyaklarini sindirishdan 
qaytarganlar va bir kishi qabr ustiga o‘tirganini ko‘rganlarida: "O‘liklarga qabrlarida azob 
bermanglar" va: "Tiriklar uylarida alamni va azobni qanday his qilsalar, o‘liklar ham 
qabrlarida xuddi shunday alam va azobni his qiladilar", deganlar. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) onalari hazrati Omina qabrini ziyorat qilayotganlarida yig‘ladilar 
va hamrohlarini ham yig‘latdilar. Marhamat qildilarki: 
"Rabbimdan onam uchun mag‘firat so‘rashga izn so‘radim? Rabbim Menga izn bermadi". 
Va: 
"Qabrini ziyorat qilish uchun izn so‘radim, izn berdi. Shunday ekan, sizlar ham qabrlarni 
ziyorat qiling! Chunki ziyorat sizga o‘limni, oxiratni eslatib turadi". 
(Rasululloh (s.a.v.) muborak ota-onasi uchun keyinroq izn berilganligiga doir xabarlar 
bor. Chunki mo‘min edilar. Keyin tirilib, bu ummatdan bo‘ldilar.) 
Bu hadisi sharif Rasulullohning (s.a.v.) muhtaram ota-onasi mo‘’min bo‘lganliklarining 
ko‘rsatadi. Chunki kofirning qabrini ziyorat qilish ma’n etilgan. Ularning qabrlarini ziyorat 
qilishi izni berilishi ularning mo‘’min ekanliklarini ko‘rsatadi. Mag‘firat so‘rash uchun izn 
berilmaganligining ham sababi bor edi. Haq taolo Habibining hurmati sharafi uchun 
muborak ota-onasini buyuk ne’matga qovushni istardi. 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə