Mikro va makro iqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


-mavzu: Daromad samarasi va almashtirish samarasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə5/7
tarix16.02.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#100887
1   2   3   4   5   6   7
JAHONGIR. Mikro va makro iqtisodiyot (1)

6-mavzu: Daromad samarasi va almashtirish samarasi
Daromad samarasi - bu ne′mat narxi o`zgarishi (almashish samarasi 
hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o`zgarishining iste′molchi 
talabiga ta′siridir. Daromad samarasi iste′molchining sotib olish 
imkoniyatini oshganligini ko`rsatadi va u bir byudjet chizig`idan boshqa 
byudjet chizig`iga iste′molchining optimal tovarlar majmuasiga o`tishini 
aks ettiradi. 
Almashish samarasi - bu naflik darajasi o`zgarmaganda, tovarlar 
narxi o`zgarishi munosabati bilan iste′mol tovarlariga talab tarkibining 
o`zgarishidir. Almashish samarasi biror X ne′mat narxini o`zgarishi 
natijasida biror Y ne′matni qo`shimcha X ne′mat bilan almashtirilishini 
ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig`i bo`yicha bo`ladi. Bozor 
sharoitida daromad samarasi va almashtirish samarasini ajratilishi, 
tovarlarga narx belgilashdagi qonuniyatlarni yaxshiroq tushunishga yordam 
beradi Past kategoriyali tovarlar uchun daromad va almashtirish samaralari o`z hususyatidir.


7-mavzu:Bozor va tavakkalchilik
Tavakkalchilikni o‘lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog‘liq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga bo‘ladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli 1/2 ga tengligi yoki o‘ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining 1/6 ga tengligi misol bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya’ni faraz qilish yo‘li orqali aniqlash mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida yetib kelmaslik ehtimoli faraz qilinganda, ushbu faraz qilingan raqam baholovchining bilimiga, tajribasiga asoslanadi. Negaki, ushbu voqeaning takrorlanishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar yo‘q. Ehtimol subyektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil insonlar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi.
Yuqoridagi misolda voqeaga ta’sir qiluvchi tasodifiy omillar ko‘p va ularning hammasini bartaraf qilish mumkin emas.Bundan tashqari, bu yerda teng ehtimolli alternativ variantlarning yo‘qligi ehtimolni matematik hisob-kitoblar orqali aniqlashga imkon bermaydi.
Birinchi turdagi ehtimolni ob’ektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kamroq uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimoldan subyektiv ehtimol bo‘lib, biznesga xosdir. Ham obyektiv va ham subyektiv ehtimollar tavakkalchilik darajasini ifodalashda va tanlashda foydalaniladi. Obyektiv ehtimol o‘rtacha qiymatni aniqlashga yordam bersa, subyektiv ehtimol olinishi mumkin bo‘lgan natijalarning o‘zgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi. Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun biror voqea yoki hodisaning olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini va bu oqibatlarning ehtimolini bilish kerak bo‘ladi.
Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo‘lgan barcha natijalarning o‘rtacha o‘lchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o‘lchovi.
,bu yerda - mumkin bo‘lgan natija;
- ushbu natijaning paydo bo‘lish ehtimoli, .
Masalan, korxona yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar korxonaning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir aksiyaga 1000 so‘m olish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, bir aksiya uchun 100 so‘m olinadi. Korxona mahsulotining bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng bo‘lsa, kutiladigan dividend qiymati quyidagicha aniqlanadi:
so‘m/aksiya.
Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o‘rtasidagi farq bo‘lib, u tavakkalchilikdan (yo‘qotishdan) darak beradi. Ushbu farq qancha katta bo‘lsa yo‘qotish, ya’ni tavakkalchilik ham shuncha yuqori bo‘ladi. 8-mavzu:Firma va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
Bozor xo`jaligining asosiy elementlaridan biri firma hisoblanadi. Ammo 
amaliyotda ko`pincha korxona so`zi ko`p ishlatiladi. Eng avvalo korxona va firma 
so`zlarining terminologik farqlarini ko`rib chiqsak. 
1. Korxona – bu zavod, fabrika, ferma va boshqa ko`rinishdagi tashkilot bo`lib, u 
asosan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda taqsimlash bilan shug`ullanadi. 
2. Firma esa, egaligida alohida mol-mulki bo`lgan va o`ziga qarashli bo`lgan 
korxonada (korxonalarda) mustaqil xo`jalik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik 
tashkilotdir. Firma maksimal foyda olish va iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish 
maqsadida resurslarni birlashtiradi.
Firma tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasining 
2012 yil 3 mayda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to`g`risida”gi qonunining 3-moddasida “Tadbirkorlik 
faoliyati” tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) – 
tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga 
oshiriladigan, tavakkal qilib va o`z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga 
qaratilgan tashabbuskor faoliyat” hisoblanadi. Firmalarni turli mezonlar
bo`yicha turkumlash mumkin.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə