Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/27
tarix30.04.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#40834
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27

xujayra) xujayrasining sitoplazmasida kuzatiladi. Bu makroorganizmlar sog‘ o‘simlikka sikadka 

xashorati, zarpechak orqali xamda payvandlash davrida o‘tishi mumkin. Hozirgi vaqtda 60 ga yaqin 

ekinlarda mikoplazmalar qo‘zg‘atadigan kasalliklar ma’lum. Mikoplazmalar qo‘zg‘atadigan 

kasalliklarni aniqlashning asosiy usuli bo‘lib, elektron mikroskop yordamida kuzatish xisoblanadi. 

Mikoplazmalar viruslardan farqli ravishda sun’iy oziqa muhitlarida rivojlanadi. 

Tetrasiklin guruhiga  mansub  bo‘lgan  antibiotiklarning mikoplazmalarga ta’siri juda 

sezilarli. Ularni kasallikka qarshi qo‘llanilganda o‘simlik ma’lum miqdorda ayrim holda butunlay 

sog‘ayib ketadi. Bunday xolat mikoplazma qo‘zg‘atadigan kasalliklarni aniqlashda xam 

foydalanishi mumkin. 

Oxirgi vaqtda o‘simliklarda mikoplazmalardan tashqari, rikketsiyalarga yaqin bo‘lgan 

organizmlar xam kuzatilgan. 

Viruslar va mikoplazmalarni o‘simliklarda qo‘zg‘atadigan kasalliklarining  belgilari

O‘simliklarda  viruslar qo‘zg‘atadigan kasalliklarning tashqi belgisiga qarab mozaika, o‘simlik 

a’zolarining o‘zgarishi va qo‘ng‘ir dog‘larni hosil bo‘lish turlariga bo‘linadi.  

Mozaika tufayli zararlangan o‘simlikning barglari, poyasi, guli va mevasida ranglar gallanib 

joylashadi. Mozaikada o‘simlikni sog‘ a’zosidagi rang bilan oq-sarg‘ish, och yashil yoki boshqa 

ranglar bilan gallanib joylashadi. 

Misol tariqasida bodringning mozaika kasalligini olish mumkin. Zararlangan o‘simliklarning 

barglari sog‘ga nisbatan mayda bo‘lib, unda to‘q yashil, och yashil va sariq yashil qismlar yaqqol 

ajralib turadi. Barg u yoki bu darajada tirishgan bo‘ladi. Kasallikning bunday belgilari o‘simlikning 

yuqorigi barglarida yaqqol ko‘rinadi. Mevalarda xam shunday mozaikani kuzatish mumkin. 

Zararlangan mevalarning sirti notekis bo‘lib, to‘q yashil qismi bo‘rtib chiqqan bo‘lib, ko‘pincha 

mevalar ko‘rimsiz bo‘lib qoladi. 

O‘simlik a’zolarining o‘zgarishi (deformatsiya).  Viruslar ta’sirida   o‘simlik  a’zolarini  

o‘zgarishi  barglarni  ipsimon, paporotniksimon, maydalangan yoki kattalashib ketishi tariqasida 

namoyon bo‘lishi mumkin. Barg, gul va mevalarning shaklini o‘zgarishi zararlangan to‘qimalarning 

ayrim qismini noto‘g‘ri rivojlanishi tufayli yuzaga keladi. Bu esa barglarda tirishish yoki boshka 

o‘zgarishlarni, mevalarda esa shaklini o‘zgarishiga olib keladi. 

Buning uchun pomidor barglarini paporotniksimon yoki ipsimon bo‘lib qolish kasalligini 

olishimiz mumkin. Birinchi holatda zararlangan o‘simlikning barglarining plastinkalari 

ko‘ndalangiga qirqilgan bo‘lib, ko‘rinishi paporotnik bargiga o‘xshaydi. Bargni ipsimon tusga 

kirishi yaqqol ko‘rinadi. Bunda barg plastinkasi ensiz bo‘lib, uning uchun mo‘ylov singari 

ingichkalashib cho‘zilgan bo‘ladi. Ayrim xolda barg plastinkasi ensizlanib ipsimon tusga, xatto 

butunlay yemirilib ketishi mumkin. 

Qo‘ng‘ir dog‘larni hosil bo‘lishi yoki to‘qimalarni nobud bo‘lishi. Barglarda yakka va 

xalkasimon dog‘lar, poya, meva va barg bandida esa qo‘ng‘ir uzunasiga ketgan chiziqlar tariqasida 

namoyon bo‘ladi. 

Kasallikning bu turi bilan tanishish uchun pamidor poyasi va barg bandida uzunasiga ketgan 

qo‘ng‘ir, ayrim xolda yaltiroq dog‘lar kuzatiladi. Barg plastinkasida burchakli yoki ma’lum bir 

shaklsiz qoramtir dog‘lar hosil bo‘ladi. Zararlangan mevalarda yoriqlar yoki qo‘ng‘ir dog‘lar 

yuzaga keladi. 

Mikoplazmalar o‘simliklarda qo‘zg‘atadigan kasalliklarni tashqi ko‘rinishi quyidagi turlarga 

bo‘linadi: sarg‘ayish, pastbuylilik, supurgilarni xosil bo‘lishi va o‘simlikning generativ a’zolarini 

o‘zgarishi. 

Mikoplazma qo‘zg‘atadigan kasalliklarning sarg‘ayish turi o‘simlikning butunlay yoki 

ayrim shoxlarini sariq tusga kirishi kuzatiladi, bunda zararlangan a’zolarning floemasiga o‘zgarish 

sodir bo‘lmay, balki o‘suv jarayoni buzilganligi kuzatiladi. Kasallikning sarg‘ayish turiga shaftoli 

va astrani sarg‘ayishini, sholini pastbuyli sarg‘ayish kasalliklarini xamda boshqa bir qator 

misollarni keltirishimiz mumkin. 

Mikoplazma   qo‘zg‘atadigan   pastbo‘ylilik   va supurgilarni hosil qilish kasallik turlari ham 

keng tarqalgandir. 

Pastbo‘ylilik kasallik turini ko‘proq g‘alla donli ekinlarda kuzatiladi. Kasallikni bu turi bilan 



tanishish uchun sulini pastbo‘ylilik kasalligini olish mumkin. Bunda zararlangan sulining bo‘yi past 

bo‘lib, uning poyasi rivojlanmay, butun barglari ildiz atrofiga to‘plangan bo‘ladi, poyalar soni xam 

bir qanchaga yetadi. Bunday o‘simlikning ildizi rivojlanmay, bir tutam bo‘lib qoladi. 

Supurgilarni hosil bo‘lishida zararlangan o‘simlikning shoxlarini o‘suv nuqtasidan bir 

novdaning o‘rniga bir qancha novdalar rivojlanishi tufayli ular mayda bo‘ladi, buni chetdan 

qaraganda supurgilarga o‘xshatiladi. 

Mikoplazma qo‘zg‘atadigan kasallikni bu turiga misol qilib tolni supurgi hosil qilish 

kasalligini olishimiz mumkin. 

Mikoplazmalar qo‘zg‘atadigan o‘simlikning generativ a’zolarining o‘zgarishi  turida 

zararlagan gullarni rangi yashil tusga kiradi va gul kosa barglar ko‘pincha rivojlanib ketadi. 

Kasallikning bu turiga misol qilib pomidorning, bulg‘or qalampirining, baqlajonning stolbur 

kasalliklarini va boshqa kasalliklarni olish mumkin. 

Mashg‘ulot davomida viruslar va mikoplazmalarga xos bo‘lgan kasallik turlarini o‘zaro 

taqqoslab ko‘rib chiqish kerak hamda rasmlarini chizish zarur. 

MAVZU: O‘SIMLIKLARDA  KASALLIK QO‘ZG‘ATADIGAN BAKTERIYaLAR. 

Ish rejasi:  

I. Parenximali  kasalliklar: 

1. Dog‘lanish -g‘o‘za gommozi, bodring bakteriozi. 

2. Chirish - kartoshkaning xo‘l chirishi. 

3. Shishlarni xosil bo‘lishi - olmaning ildiz raki, tokning 

      bakteriya raki. 

II. Parenximali - o‘tkazuvchi to‘qima kasalliklari: 

1.So‘lish - kartoshkaning xalqali chirishi, pomidorning  bakteriya raki. 

 

Zaru

riy jixozlar: Gerbariydan namunalar; bodring va g‘o‘zaning zararlangan barglari, 

zararlangan olma ko‘chatlarining ildizi, tokning zararlangan poyasi. Konservalangan 

ko‘rgazmalar: chirigan kartoshka. 

 

Bakteriyalarning umumiy tavsifi. Bakteriyalar bir xujayrali xlorofilsiz organizmlardir. 

Bakteriyalar juda yupka qobiq bilan o‘ralgan protoplazmadan iboratdir. Ularning o‘lchami 0.06-0.3 

dan 3.5 mikrongacha bo‘lishi mumkin. Bakteriyalar ko‘pincha sharsimon, tayoqchasimon shaklga 

ega bo‘ladi. Deyarli xamma bakteriyalar xivchinga ega bo‘lib, bu xivchinlar xujayraning bir yoki 

ikki uchiga, ayrim xollarda esa butun xujayra bo‘ylab joylashgandir. Xivchinlar yordamida 

bakteriyalar xarakatlanadi. Xivchinga ega bo‘lmagan bakteriyalar xarakatlanmaydi. Fitopatogen 

bakteriyalarda bir qator fermentlar: proteaza,  amilaza,  protopektinaza va boshqalar bor. Mavjud 

fermentlarning yuqori darajali faolligi tufayli bakteriyalar o‘simlik ichiga kirib, xujayra devorlarini 

yemiradi, xujayrani nobud bo‘lishi tufayli patologik jarayon kuzatiladi, bu esa kasallikni turli xil 

ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. 

Bakteriyalar o‘simlik ichiga turli yoriqlar, qirilgan joy va boshka mexanik shikastlangan 

qismidan hamda tabiiy tirqishlar ustida, chechevichka orqali kiradi. 

           O‘simlarda bakteriyalar qo‘zg‘atadigan kasalliklarni parenximali va parenximali-o‘tkazuvchi 

to‘qima kasalliklarga bo‘lish mumkin. 



Parenximali kasalliklar tufayli parenxima to‘qimalari zararlanadi. Bunda kasallik 

dog‘lanish, chirish va shishlarni hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. 



Dog‘lanish. Kasallikni bu turi zararlangan o‘simlik a’zolarida noaniq shaklli yoki burchakli 

dog‘larni hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bakteriyalar uchun xos bo‘lgan dog‘lar 

zamburug‘larnikidan farq qilib, ularning sirtida g‘ubor yoki qora nuqtalar kuzatilmaydi. Bundan 

tashqari dog‘larni hosil bo‘lish davrida ular yog‘simon ko‘rinishda bo‘ladi. Misol qilib, 1) g‘o‘zani 

gommrozini; 2) bodring bakteriozini; 3) tamakini bakteriya keltiradigan kasalligini olishimiz 

mumkin. 


Chirish. O‘simlikning ozuqa moddasiga boy bo‘lgan a’zolari -piyozboshi, tuganak, 

ildizmeva va boshqa qismlarida bakteriyalar chirishni yuzaga keltiradi. Bunda avval xujayra 




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə