Milliy universiteti



Yüklə 2,76 Mb.
səhifə8/13
tarix14.05.2023
ölçüsü2,76 Mb.
#110285
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O\'ralova Madina 108-guruh Kurs ishi

Gidroidlar sinfi o`z ichiga eng oddiy va mayda hajmli kovak ichlilarni oladi. Ularga alohida uchrovchi va koloniya bo`lib yashovchi kovakichlilar kiradi. Alohida yashovchi gidroidlarga chuchuk suv gidrasini misol qilib olish mumkin(10-rasm). U 1-3 sm uzunlikka ega bo`lgan yakka polip bo`lib hisoblanadi. Tovoni bilan suv substratlariga yopishib, uzun paypaslagichlarini har xil tomonga oziqa ushlash uchun tarqatadi. U yirtqich hayvon bo`lib, mayda suv hayvonlari (tuban qisqichbaqasimonlar, baliq chavoqlari) bilan oziqlanadi. Ular ayrim jinsli va germafrodit hayvonlar. Kurtaklanish va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Gidralar regenerativ xususiyatga ega.
Dengiz gidroidlari ichida ko`pincha koloniya (to`da) bo`lib yashovchi meduzalar uchraydi. Ular murakkab taraqqiyot sikliga ega. Jumladan ularda jinssiz avlodlar (poliplar) ni jinsiy avlodlar (meduzalar) bilan almashinib turish kuzatiladi. Koloniyalar esa ko`p marta kurtaklanish oqibatida ruy beradi.
Gidrozoylar - Gydrozoa sinfi. Gidrozoylar dengiz va okeanlarda koloniya bo'lib yashaydi. Ayrim vakillari chuchuk suvlarda yakka hayot kechiradi. Gidrozoylar Gidroidlar-Gidroidea va Sifonoforalar-Siphonophora sinflariga bo'linadi. Gidra bu sinfning tipik vakili hisoblanadi.
Yashash muhiti va tuzilishi. Gidra tiniq suvli ko'l, hovuz va daryolarning tinch oqadigan joylarida suv o'tlari va boshqa narsalarga yopishib hayot kechiradi. Bizda gidrani bahor, yoz va erta kuzda uchratish mumkin. Uning silindrsimon tanasining uzunligi 5-7 mm keladi. Tanasi ostki tomoni tovon deyiladi. Gidra tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi. Gidra singari o‘troq hayot kechiradigan bo‘shliqichlilar polip deyiladi («polip» -«kо’poyoq» ma'nosini anglatadi). Tanasining yuqori uchida og‘iz teshigi joylashgan. Og‘iz teshigi atrofida 5-12 ta uzun va ingichka paypaslagichlari bo‘ladi.
Ichki bo'shlig'i va tana devori. Gidraning tanasi ichi bo‘sh xaltachaga o'xshaydi. Bo'shliq paypaslagichlarning ichiga ham davom etadi. Gidraning tashqi va ichki qavatini ajratib turadigan mezogliy pardasi juda yupqa bo'ladi(rasm).

Yüklə 2,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə