Milliy valyutadagi bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma №



Yüklə 241,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix21.09.2023
ölçüsü241,27 Kb.
#122757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy valyuta hisobvaraq xizmat shartnoma

4.Taraflarning huquqlari. 
4.1.Mijozning huquqlari: 
4.1.1.Oʻzining hisobvaragʻidagi mablagʻlarini qonunchilikda belgilangan tartibda erkin tasarruf 
etish; 
4.1.2.Hisob-kitob va kassa xizmatlari boʻyicha bankka topshiriqlar berish, inkasso boʻyicha 
soʻrovnomalar berish, topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarilishini talab qilish;
 
4.1.3.Bankning aybi bilan elektron toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, xatolik aniqlangan 
kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan mijozning hisobvaragʻiga ushbu mablagʻni oʻtkazib 
berilmagan taqdirda, mijoz bankdan mablagʻlarni qaytarishni, shuningdek kechiktirilgan har bir 
kun uchun notoʻgʻri amalga oshirilgan elektron toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin 
notoʻgʻri amalga oshirilgan elektron toʻlov summaning 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda 
penya toʻlashni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda talab qilish; 
4.1.4.Ish haqi toʻlash jadvaliga muvofiq asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqida 
mablagʻlari va broni mavjud boʻlganda, qonunchilikka muvofiq naqd pul mablagʻlarini olish; 
4.1.5.Bank tomonidan shartnomaviy hamda qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar oʻz 
vaqtida va/yoki toʻliq bajarilmaganligi oqibatida koʻrilgan zararlarni oʻrnatilgan tartibda qoplab 
berilishini talab qilish; 
4.1.6. Bankdan belgilangan joyga borib tushmagan pul mablagʻlarini qidirish, aniqlash va 
qaytarishda yordam soʻrash; 
4.1.7.“Masofaviy bank xizmatlari” dasturlari orqali hisob-kitob hujjatlarini kiritish va tuzish
oʻziga tegishli boʻlgan dastur imkoniyati doirasida bank operatsiyalari boʻyicha maʼlumot olish; 
4.1.8.Oʻzbekiston Respublikasining bank qonunchiligi va ularda boʻlayotgan qoʻshimchalar 
toʻgʻrisida axborotlar olish. 
4.1.9.MSKH qoldigʻini toʻldirib borish. 
4.1.10.MSKH aylanmalari toʻgʻrisida Bankdan koʻchirma olish. 
4.1.11. Bankdan qaytarilgan toʻlovlarni karta hisobvaragʻiga qaytarishni, korxona (yoki tashkilot) 
(savdo va xizmat koʻrsatish obyekti) tomonidan amalga oshirilgan tranzaksiya boʻyicha 
maʼlumotlar olingandan soʻng talab qilish. 
4.1.12.Mijoz bank bilan bogʻlanish, shuningdek, bankdan xabarnomalar (maʼlumotnomalar) olish 
usuli mustaqil ravishda tanlaydi va tanlangan usul ushbu shartnomaning 13-bandida koʻrsatilishi 
lozim. Mijoz xabarnoma (maʼlumotnoma) yetkazish usulini bankka shaxsan yoki pochta orqali 
yozma ariza taqdim etish yoʻli bilan oʻzgartirish huquqiga ega.
4.1.13. ADM orqali kirim qilingan banknotalari koʻrsatilgan holatda mablagʻ qabul qilinganligini 
tasdiqlovchi chekni talab kilish. 

Yüklə 241,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə