Моҳир педагог ва ажойиб инсон Нишонбоева Мастуранинг ёрқин ҳотирасига бағишланади



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/82
tarix30.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#40830
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82

 
65 
aniqlashda ham qo‘llaniladi. Bu usul odam irsiy patologiyalarini davolash va profilaktika 
qilish yo‘llarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga egadir. 
Albatta,  odamda  faqat  uning  o‘ziga  xos  bo‘lgan  irsiy  kasalliklari  ham  uchraydi, 
hayvon  modellari  insonlarda uchraydigan  kasalliklarining  aniq  nusxasi  bo‘la  olmaydi. 
Shunday  bo‘lishiga  qaramasdan  biologik  modellashtirish  usuli  o‘zining  ahamiyatini 
yo‘qotmaydi. 
Modellashtirishning ikkinchi xili - matematik modellashtirishdir
Bu  usul  populyatsiyalardagi  genetik  jarayonlarni  o‘rganishga  imkon  beradi. 
Kompyuter texnikasidan foydalanib belgining rivojlanishida irsiyat va muhit omillarining 
o‘zaro  munosabatlarini  o‘rganish,  genlarning  birikishini  tahlil  qilish  mumkin.  Tibbiy 
genetik  maslahatlarda  matematik  modellashtirish  usuli  oilada  kasal  bolaning  tug‘ilish 
xatarini aniqlashda qo‘llaniladi. Shuning uchun ham bu usul katta istiqbolga ega. 
3.10. Dermatoglifika usuli. 
Dermatoglifika  termi  yunoncha  derma-teri,  gliphe-chizmoq  so‘zlaridan  olingan 
bo‘lib,  barmoqlarda,  kaftda  va  tovonlarda  teri  relefini  o‘rganishga  asoslangan.  Shu 
joylarda  terining  tuzilishi  o‘zgacharoq  bo‘lib,  epidermal  do‘ngliklar  -  qirralarni  hosil 
qiladi.  Qadimdan  Xitoyda,  Hindistonda,  Yaponiyada,  Quriyada,  Markaziy  Osiyoda 
barmoq  va  kaftdagi  teri  izlarining  individualligini  bilishar  va  undan  imzo  o‘rnida 
foydalanilar edi. 
Dermatoglifika  to‘g‘risida  dastlabki  ilmiy  ma`lumotlar  XVII  asrda  paydo  bo‘ldi. 
Birinchi bo‘lib teri izlarining o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi ma`lumotlar N. Gryu (1684), M. 
Malpigi  (1686),  Ya.  Purkinye  (1823)  asarlarida  bayon  qilindi.  Dermatoglifika  alohida 
ilmiy  yo‘nalish  sifatida  XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  boshlarida  shakllandi.  F.  Galtonning 
ilmiy ishlari natijasi bayon qilinganidan so‘ng teri chiziqlarini o‘rganish sud tibbiyotida 
jinoyatchilarni  aniqlashda  odam  genetikasida  oilalar  va  egizaklarni  o‘rganishda  keng 
qo‘llanila boshlandi. Dermatoglifika terminini fanga birinchi bo‘lib amerikalik olimlar G. 
Kammins  va  Ch.  Midl  kiritishdi.  Teri  relefining  irsiylanishi,  etnik  dermatoglifika 
muammolarini  o‘rganishga  rus  olimlari  M.  I.  Vilyamovskaya,  I.  I.  Katayeva,  T.  D. 
Gladkovalarning qo‘shgan hissalari katta bo‘ldi. 
Dermatoglifika usuli asosan uch qismga bo‘linadi: 


 
66 
1)
 
daktiloskopiya - barmoq chiziqlarini o‘rganish; 
2)
 
palmoskopiya - qo‘l kafti chiziqlarining o‘ziga xosligini o‘rganish; 
3)
 
plantoskopiya - oyoq tovoni chiziqlarining o‘ziga xosligini o‘rganish. 
Dermatogliflarni olish uchun oddiy tipografiya bo‘yoqlaridan foydalaniladi. Buning 
uchun  bo‘yoqni  vazelin  yog‘ida  yoki  skipidarda  bir  oz  eritilib  15  x  25  sm  o‘lchamli 
oynaga tomiziladi va fotografiyada ishlatiladigan oddiy rezina rolik bilan bir tekis qilib 
yoyiladi. 
Tekshirilayotgan  shaxsning  kafti  oynaga  bosiladi.  Agar bo‘yoq  kaftining hamma 
joyi to‘liq bo‘yamasa, rolikni kaft ustida aylantirish mumkin. Keyin kaft oddiy qog‘ozga 
bir  tekis  bosiladi.  Qog‘ozning  tagiga  yumshoq  rezina  qo‘yilsa  kaftning  chuqur 
joylaridagi  izlari  ham  qog‘ozga  to‘liq  tushadi.  Kaftni  qog‘ozga  ohista  qo‘yib  o‘rtasidan 
sekin  bosiladi. Kaftni qog‘ozdan birdaniga yuqoriga ko‘tarib olish lozim. Barmoq izlari 
alohida  olinadi.  Buning  uchun  har  bir  barmoqqa  bo‘yoq  surtilib  radial  qismdan  ulnar 
qismgacha birin-ketin qog‘ozga bosiladi. 
Daktiloskopiya.  Barmoqtarda  papillyar  chiziqlar  joylashishining  asosan  uch  xil 
varianti uchraydi (25-rasm): yoy A harfi bilan belgilanadi (inglizcha Arch - yoy), sirtmoq - 
L  harfi  bilan  belgilanadi  (inglizcha  Loop  -  sirtmoq),  o‘rama  —  W  bilan  belgilanadi 
(inglizcha  Whorl  -  o‘rama).  Yoylar  eng  kam  tarqalgan  variant  bo‘lib  (6%),  triradiuslari 
bo‘lmaydi. Uning qirralari barmoq yostiqchasini ko‘ndalangiga kesib o‘tadi. Sirtmoqlar 
eng  ko‘p  tarqalgan  variant  (60%  ga  yaqin)  hisoblanadi.  Barmoqning  bir  tomonidan 
boshlanib ikkinchi tomoniga yetmasdan yana boshlang‘ich nuqtaga - orqaga qaytadi. 
Sirtmoqlarda  bitta  delta  bo‘ladi.  Sirtmoq  radial  tomonga  ochilsa  radial  sirtmoq 
deyiladi  (L
r
),  ulnar  tomonga  ochilsa  ulnar  sirtmoq  deyiladi  (L
u
).  O‘ramalar  o‘rtacha 
chastotada  tarqalgan  bo‘lib  (34%),  konsentrik  yo‘nalgan  izchalardan  tashkil  topadi. 
O‘ramalarda ikki delta  mavjud. Yuqorida ko‘rsatilgan uchta asosiy chiziqli shakllardan 
tashqari  boshqa  shakllar  ham  uchraydi.  Murakkab  ikki  deltali  chiziqlar  shakli  ham 
o‘ramalar variantiga kiritiladi. 


 
67 
  
25-rasm. Barmoq izlarining turlari.1- (А)-yoysimon, 2- (L)sirtmoqsimon, 
3- (W )aylanasimon. 
Planetamizda  yashaydigan  turli  millatlar  orasida  asosiy  barmoq  izlari  shakllarining 
taqsimlanishi  har  xildir.  Mongoloidlarda  ikki  deltali  shakllar  ko‘p,  deltasiz  chiziqlar 
shakllari esa kam uchraydi (populyatsiyaning 2% yaqinida). Aksincha yevropoidlarda 
sirtmoq va yey shakllari ko‘p uchraydi. Negroidlarda 75 % ga yaqin sirtmoqlar, 27 % dan 
kamroq o‘rama shakllari uchraydi. Bunday farqlar mavjudligi tufayli delta indeksini    
DL
10
 =
10
2
x
W
L
A
W
L
 formulasi yordamida aniqlab, odamning qaysi etnik guruhga kirishini 
aniqlash  mumkin.  Masalan  mongoloidlarda  DL
10
 
o‘rtacha  olganda  =  15,7  ga,  yevro-
poidlarda  (ruslarda)  =12,7ga,  negroidlarda  (yangi  Gvineya)  =  16,0  ga  avstraliyali 
aborigenlarda esa = 17,0 ga tengdir.  
Teri chiziqlarining shakllanishi embriogenezning 10-19 haftalaridan boshlanadi. 20-
haftada  pushtda  teri  chiziqlari  aniq  ko‘rinadi.  Papillyar  relef  shakllanishi  asab 
tolalarining tarmoqlanishiga bog‘liqdir. 6 oydan keyin papillyar relef to‘liq shakllanib, 
keyin  umrning  oxirigacha  umuman  o‘zgarmasdan  saqlanadi.  Har  xil  ta`sirlar  natijasida 
(kuyish,  sovuq  oldirish,  shikastlanish)  teri  jarohatlanishidan  keyin  avvalgi  holatdagi 
papillyar  chiziqlar  shakli  yana  qaytadan  tiklanadi.  Faqat  jarohatlar  juda  chuqur  bo‘lib, 
biriktiruvchi to‘qima chandiqlari hosil bo‘lgandagina avvalgi holat qayta tiklanmaydi. 
Daktiloskopiyaning  miqdoriy  ko‘rsatkichi  sifatida  umumiy  qirralar  soni  (UQS) 
hisoblanadi  (qirralar  sonini  hisoblash  uchun  markazdan  deltagacha  bo‘lgan  chiziqlar 
sanaladi). O‘rtacha olganda bitta barmoqda 15-20 qirralar mavjud. Hammasi bo‘lib o‘nta 
barmoqda o‘rtacha olganda  erkaklarda  umumiy  qirralar  soni  144,88  ±  51,08,  ayollarda 
esa  127,23  ±  52,51  ga  tengdir.  UQS  kariotipda  X  xromosomalar  soniga  bog‘liq. 
 
                  
              
   
А 




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə