“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/202
tarix11.12.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#147844
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   202
Moliya UMK

Beshinchidan
, ta’lim olish (o‘qish) egri chizig‘i effekt
15
i (samarasi), yoki 
faoliyat yuritib turgan tashkilot effekti (samarasi) degan narsa mavjud va u 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida firma 
menejeri bo‘lsa, kompaniyaning yangi egasi yangi biznesni muvaffaqiyatli 
boshqarish uchun undan ish yuritishni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Agar kompaniya 
egasi bir vaqtning o‘zida menejer bo‘lmasa, biznes sotilgan taqdirda ham tajribali 
menejer tashkilotda ishlashda davom etadi, faqat endi u boshqa xo‘jayinga ishlaydi 
(xizmat qiladi). Kompaniya birinchi bor o‘z aksiyalarini ochiq muomalaga 
chiqarganda (ya’ni, ochiq aksiyadorlik kompaniyasi (jamiyati)ga aylanganda), 
uning dastlabki ta’sischisi va egalari bo‘lgan menejerlari, garchi endi ular 
kompaniya aksiyadorlari bo‘lmasa-da, ko‘pincha, korporatsiyani boshqarishda 
davom eta-dilar. 
Biznesni tashkil etishning korporativ shakli mulkka egalik huquqi 
boshqaruvdan ajratilganda ayniqsa samaralidir. Chunki u firmaning sog‘lom 
(normal) faoliyatiga putur yetmagan holda mulkdorlar ro‘yxatida tez-tez 
o‘zgarishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi (egalik huquqi aksiyalarga o‘tishi munosabati 
bilan). Butun dunyoda turli korporatsiyalarning millionlab aksiyalari qo‘lda qo‘lga 
o‘tib turadi va buning firmani boshqarish hamda uning faoliyat yuritishi sifatiga 
salbiy ta’sir qilgan hollari juda kam.
2-nazorat uchun savol
Firmani boshqarishni uning mulkiga egalik huquqidan ajratish uchun asosiy 
sabablar nimada? Biznesni tashkil etishning korporativ shakli qanday qilib bunday 
ajratishga yordam beradi? 
Ammo, hamma narsada bo‘lganidek, bunday ajratishning ham o‘z salbiy 
tomonlari bor va boshqarishni mulkka egalik huquqidan ajratish foydasiga 
gapiradigan barcha omillar bunday ajratish tartibi amalga oshganda mulkdorlar va 
menejerlar 
manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlar
(of interest) yuzaga kelishiga olib 
keladi. Korporatsiya egalari, odatda, menejerlar ularning manfaatlarini qanchalik 
samarali himoya qilayotganlari to‘g‘risida juda cheklangan ma’lumotga ega 
bo‘ladilar. Shu sababli menejerlar o‘zla-rining aksiyadorlar oldidagi burchlariga 
beparvo bo‘lishlari mumkin. Ba’zi hollarda esa ular aksiyadorlar manfaatlariga zid 
ishlar qilishlari ham mumkin. Klassik siyosiy iqtisod asoschisi A.Smit bu borada 
shunday deydi: “Bunday (aksiyadorlik) kompaniyalar direktorlari o‘zlarining 
emas, birovlarning pullarini boshqarar ekanlar, ulardan xuddi xususiy shirkat 
15
“Effekt” lotincha “effektus” – harakat, faoliyat; natija. Ish, faoliyat va sh.k.ning natijasi. Qarang: o‘sha manba. 
J.V – B.62. 


21 
sheriklari o‘z mablag‘larini zukkolik va qunt bilan boshqarganlari singari 
boshqarishlarini kutish aqlli ish bo‘lmaydi. Badavlat odamlarning ko‘p-chilik 
qullari kabi, ular ham mayda-chuyda narsalarga ahamiyat berishni o‘zlarga 
munosib bilmaydilar va osongina o‘zlarini bunday vazifadan ozod etadilar. 
Shunday qilib, kompaniya ishlarini boshqarishda bunday sovuq-qonlik va 
isrofgarchilik u yoki bu darajada kuzatiladi, albatta.”
16
Xulosa qilib shuni aytish joizki, sarf-xarajat oqilona qilinsa, mulkdorlar va 
menejerlar manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga kelishi ehtimolining oldini 
olish mumkin, firma egalari, odatda, tashkilotni o‘zlari boshqarmaydilar va 
kompaniyaga egalik qilish, odatda, ko‘plab mulkdorlar o‘rtasida taqsimlanadi. 
Yana shuni aytish kerakki, mulkdorlar orasidagi o‘zgarishlar menejerlar 
o‘zgarishidan ko‘ra ko‘proq yuz berib turadi.

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə