Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
170
170
Morfologik distributsiya bir turkumdagi so‘zning boshqa
turkumdagi so‘z bilan munosabatga kira olishidir : sifat bilan ot ,
ravish bilan fe’l .
Tarkibiy qismlarga ajratish metodi har qanday butunlikni ,
xususan gapni hokim va tobelik munosabatida bo‘lgan qismlardan
iborat sifatida tahlil etadi . Bu metod
grammatik sathda : morfologiya va sintaksisda amal qiladi.
Transformatsion metod zamonaiy usullar ixhida eng mukammali
hisoblanadi .
Ushbu metod tildagi sintaktik jarayonni tushuntirish imkoniga
egaligi bilan xarakterlidir .
Statistik tahlil tilning barcha sathlarida qo‘llanadi , shuning uchun
universal hisoblanadi . Bu metod til birliklari va til hodisalarining
nutqda ishlatilish darajasini aniq ko‘rsatib beradi .
Ma’no ko‘lamini tahlil qilish metodi so‘zning lug‘aviy ma’no
ko‘lamini alohida ma’no qirralariga ajratib tahlil etadi . Bu metod
ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’no
ko‘lamini yoritishda ahamiyatlidir .
Umuman , tilshunoslik sohasiga xos eng umumiy va xususiy
qonuniyatlarni aniqlashda lingvistik metodlarning o‘rni beqiyosdir .
Dostları ilə paylaş: