Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118
Nutq birliklаri 
fоnеmа 
fоn
mоrfеmа 
mоrf 
lеksеmа 
lеks 
kоnstruksiya 
(mоdеl) 
so‘z shаkli; so‘z birikmаsi; 
gаp; mikrоtеkst, makrоtеkst 
Bu birliklаr o‘z nаvbаtidа ma’lum vаzifа vа funksiyagа egа, bir-
biridаn аmаliy jihаtdаn fаrqlаnаdi. Bа’zаn esа bir-birini to‘ldirаdi. 
Til vа nutq оrаsidаgi diаlеktik аlоqа vа munоsаbаt hаqidа 
аytilgаn fikrlаrni quyidаgichа umumlаshtirish mumkin. 
Til 
Nutq 
Umumiylik 
Xususiylik 
Imkоniyat 
Vоqеlik 
Tаyyorlik 
Hоsilаlik 
Mаjburiylik 
Iхtiyorilik 
Birliklаri chеgаrаlаngаn 
Birliklаri chеgаrаlаnmаgаn 
Til va nutq munosabatlarini umumiy tarzda quyidagicha izohlash 
mumkin. 
Til va nutq o‘zaro aloqador hodisalar sifatida e’tirof etilgan. Til 
ijtimoiy, nutq xususiy hodisa. Tilning butun imkonioyatlari nutqda 
ifodalanadi. Til va nutqning o‘ziga xos jihatlari quyidagilarda 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
40 
40
namoyon bo‘ladi. 
1.
Til- munosabat asosi; nutq munosabat ifodasidir. 
2.
Til jamiyatda shakllangan; nutq esa har bir shaxs 
faoliyatida namoyon bo‘ladi. 
3.
Tilning mavjudlik davri uzoq, ijtimoiy hayot bilan 
bog‘liq; nutqning mavjudlik davri qisqa, u aytilgan paytdagina 
mavjud. 
4.
Bir shaxs ayni zamonda bir necha tilga ega bo‘la oladi; 
shaxsning nutqi esa faqat bitta bo‘ladi, negaki nutq ma’lum vaqtda va 
ma’lum makonda yuz beradi. 
5.
Tilning hajmi noaniq, chegaralanmagan; nutqning hajmmi 
aniq: u dialog, monolog, ayrim matn, kitob ifodalari bo‘ladi. 
6.
Til qat’iy, turg‘un hodisa; nutq o‘zgaruvchan harakatdagi 
hodisadir. 
Nutq jarayoni va so‘zlash faoliyatini psixologik tilshunoslik 
o‘rganadi. Psixologik tilshunoslik ham boshqa sohalar qatorida 
nutqni til bilan uzviylikda talqin etadi. 
Til ma’lum miqdordagi nutq tovushlarining turli kombinatsiyasi 
bilan kishilar bir-birlariga bildiradigan so‘zlar, grammatik vositalar 
va ulardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan, degan fikr XIX 
asrning birinchi yarmidayoq qiyosiy grammatikachilar tomonidan 
ilgari surildi. Hozir ham tilni shu xilda tasavvur qiladilar.
Ma’lumki, til o‘ziga xos strukturaga ega bo‘lgan sistemadir. Til 
bir-birining mavjudligini talab qiladigan, bir-biridan ajralmas holda 
ikki elementdan tashkil topgan. Bular: A. Leksika, yani lug‘at 
sostavi. B. Grammatika. Ularning har biri nutq tovushlaridan iborat 
bo‘lgan materiyaga ega. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə