Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   118
Mustaqil fe’llar
mustaqil, lug‘aviy ma’no bildiradi, gapning 
biror bo‘lagi vazifasida keladi: keldi, aytdi, o‘qidi. 
2. Yordamchi fe’llar
harakat bildirmaydi (mustaqil ma’noga ega 
emas). Ular turli grammatik ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi. 
Yordamchi fe’llar uch xil: 
a) bog‘lama vazifasida keluvchi, so‘z yasalishida ham ishtirok 
etuvchi yordamchi fe’llar: 
bo‘l, qil, ayla, et

b) fe’llarga birikib, turli qo‘shimcha ma’no ifodalovchi fe’llar 
yoki ko‘makchi fe’llar: 
o‘qib, chiqmoq, aytib bermoq
. Ko‘makchi 
fe’llar turli modal ma’nolarni ifodalaydi. Hozirgi o‘zbek tilida 
butunlay ko‘makchiga aylangan (mustaqil ma’nosini yo‘qotib, faqat 
ko‘makchi sifatida qo‘llanadigan) fe’l yo‘q. Mustaqil fe’llar 
ko‘makchi vazifasida ham qo‘llanadi. Ko‘makchi fe’l bog‘lanib 
kelgan fe’l etakchi fe’l deyiladi: gapirib (etakchi) bermoq 
(ko‘makchi). Ko‘makchi fe’llar etakchi fe’lga asosan 
-i (b),-a,-y 
ravishdosh qo‘shimchalari yordamida birikadi. Ko‘makchi fe’l 
etakchi fe’lga ravishdosh orqali birikkanda, tuslovchi qo‘shimchalar 
ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi:
yozib oldik
. Etakchi fe’lga ko‘makchi 
fe’l grammatik shaklsiz (qo‘shimchasiz) birikishi ham mumkin: 
yozdi-oldi, aytdi-qo‘ydi
.
Boshla
ko‘makchi fe’li deyarli barcha fe’llar bilan qo‘llana oladi. 
v) fe’l va fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan qo‘llanib, turli ma’nolar 
ifodalovchi, yordamchi vazifalarda qo‘llanuvchi 
edi, ekan, emish 
(emas, esa)
yordamchi fe’llari 
to‘liqsiz fe’l 
hisoblanadi. 
Fe’llar 
o‘timli 
va 
o‘timsiz
bo‘ladi. O‘timli (ob’ektli) fe’llar ish-
harakatning biror ob’ektga o‘tganligini bildiradi va tushum 
kelishigidagi so‘zni boshqaradi: ber (qalamni), o‘rgan (hunarni), yoz 
(qoidani). O‘timsiz (ob’ektsiz) fe’llar bunday xususiyatga ega 
bo‘lmaydi: 
kul, yugur, qayt.
Orttirma nisbat qo‘shimchalari o‘timsiz 
fe’lni o‘timli fe’lga aylantiradi:
 kuldir, yugurtir, qaytar. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
135 
135

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə