bilan tasvirlanadi. Bunday tavsilotlar xarita masshtabida nuqta bilan ko’rsatiladi,
nuqta tafsilot o’rnini, shartli belgi esa uning qanday tafsilot ekanligini ifodalaydi.
Xaritada bunday tafsilotlar orasidagi masofani o’lchashda va koordinatalarini
aniqlashda tafsilot o’rni sifatida shu nuqta olinadi. Yo’llar, soylar, ya’ni cho’zilib
ketgan uzun chiziqlar tarzidagi tafsilotlar ham masshtabsiz shartli belgilar bilan
tasvirlanadi. Ularning faqat uzunligini xarita masshtabida ko’rsatib, kengligi
masshtabsiz beriladi. Aholi yashaydigan punktlar, bog’lar, tokzor singari yirik
tafsilotlar xaritaning masshtabiga qarab masshtabli yoki masshtabsiz shartli
belgilar bilan tasvirlanishi mumkin.
27
3.Konturli va masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlangan tafsilotlarni
qo’shimcha tarzda tavsiflash va ularning turini ko’rsatish uchun