Mundarija kirish I bob. Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishning o'ziga xos xususiyatlari


Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirishda didaktik o’yinlardan foydalanishning ahamiyati



Yüklə 126,59 Kb.
səhifə7/8
tarix05.05.2023
ölçüsü126,59 Kb.
#108556
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishining o\'ziga xos hususiyatlari

2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirishda didaktik o’yinlardan foydalanishning ahamiyati.
Bolalarning doira va kvadrat haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun (“Doirani o‘ng qo‘lingga ol”, “Kvadratni chap qo‘lingga ol”, “Qo‘lingda turgan narsaning nomini ayt”, “Hamma doiralarni yuqori chiziqqa, hamma kvadratlarni pastki qiziqqa qo‘y” kabi topshiriqlardan, shuningdek “Top-chi, xaltada nima bor”, “Juftini ton”, “O‘z uyingni top” kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin.
Bunday topshiriqlarga mashg‘ulotning bir qismini ajratish kerak, qolgan vaqtda esa doira va kvadratlardan ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan va tarqatma material sifatida foydalanib, buyumlar to‘plamini yoki bitta buyumni topish, yoki yoniga qo‘yish yo‘li bilan buyumlar guruhlarini taqqosla-sh kabi mashqlarga bag‘ishlash mumkin. Bolalarni buyumlarni ularning tasvirlari bilan mos keltirish bo‘yicha (“Buyum va uning tasviri”, “Bizning tomorqa” kabi o‘yinlarda) mashq qildirish ham foydali.
Oxirgi o‘yinda bolalar buyumning kontur va yassi tasviri orasidagi moslikni idrok qilishni mashq qiladilar. Buyumlar shaklini abstrakt geometrik shakllar bilan taqqoslash kichkintoylar uddalay oladigan ish. Bolalar geometrik shakllarni har qanday buyumni — koptokni, g‘ishtni va boshqa narsalarni qanday idrok qilsalar, shunday idrok qiladilar.
Binobarin, bolalar qurilishkomplektlarida, mozaikalarda har xil geometrik shakllar bilan doimo uchrashadilar va ular shakllarning to‘g‘ri nomlarini bu nomlarni eslab qolish shart bo‘lmasa ham, eshitishlari kerak.
Har xil shakldagi teshiklar ochilgan taxtachalar, teshikli yashiklar (bu teshiklarga shakli bo‘yicha tegishli shakllar qo‘yiladi) bilan o‘ynar ekanlar, ular-aslida geometrik obyektlarning shakli bo‘yicha mos keltirish harakatlarini egallaydilar.
To‘plangan sensor tajriba, maxsus mashg‘ulotlarda yumaloqlangan va ko‘pburchak shaklidagi buyumlar bilan ishlash asosida kichkintoylar doira va kvadrat bilan tanishadilar.
Birinchi shunday mashg‘ulotda bolalar katta va kichik doiralarni, ikkinchi mashg‘ulotda esa, doira va kvadratlarni farq qiladilar.
Har bir bolaga turli ko‘rinishdagi va har xil rangli, ikki-uch o‘lchamli ikki-uchta shakl beriladi. Shakllar karton, faner, yoki qalin qog‘ozdan tayyorlanadi. Doiralar va kvadratlar tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Har qaysi jadvalda ikki-uchtadan shakl har xil holat va har xil kombinatsiyalarda beriladi. Bolalar shakllarni tekshirib, ularning shakllari bo‘yicha ajratadilar, masalan, kartochkaning yuqori chizig‘iga doiralarni, pastki chizig‘iga kvadratlarni qo‘yadilar. Qaysi shakllar ko‘p, qaysi shakllar kam ekanini topadilar, shakllar nomini aytadilar.
Т аrbiyachi bolalarga o‘yin-toshliriqlarini berib shakllarni tanish va atash bo‘yicha mashq qildiradi: “O‘ng qo‘lingda kvadrat, chap qo‘lingda doirani keltir”, “Qo‘limda nima borligini top”, “Xuddi shunday shakl top” (bolalar tarbiyachidagi shakl shaklidagi shaklni topadilar), shuningdek, bunda “Shakllar dominosi”, “O‘z uyingni top” (uychalar har xil shakldagi belgilar bilan belgilanadi) kabi o‘yinlardan foydalanadi. Natijada kichkintoylar o‘lchami va rangiga bog‘liq bo‘lmagan doira, kvadratlarni topishadi, doiraning dumalashini, uning burchaklari yo‘qligini, kvadrat dumalamasligini, uning burchaklari ko‘pligini bilib oladilar.
Tarbiyachi to‘plamlarning tengligi bilan tanishtirishda tarqatma va demonstratsion material sifatida doiralar va kvadratlardan foydalanadi, bolalarnishakllarning aniq nomlarini ishlatishga o‘rgatadi.

Yüklə 126,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə