Rekombinatsiya -
meyoz, mitoz bo’linishi natijasida xromosomalar, genlar- ning
yangi kombinatsiyalarini paydo bo’lishi.
Replikatsiya -
DNK molekulalarining ikki hissa ko’payishi, ikkala komple-
mentar polinukleotid zanjirining o’z-o’zini aniq paydo qilishi. Bu hodisa
interfazaning sintetik davri (S) da matritsa prinsipiga muvofiq bo’ladi.
Retsessiv -
allellar yoki uning tasiridagi belgilardan birini faqat gomozigota
holatda namoyon bo’lishi
Somatik hujayralar -
jinssiz hujayralar, ularda xromosomalar to’plami 2n bo’ladi.
Spermatogenez -
erkak jinsiy hujayralarning rivojlanish jarayoni.
Telofaza -
mitoz va meyoz bo’linishning oxirgi bosqichi.
Transduksiya -
xromosoma qismlarining bitta bakteriya hujayrasidan boshqasiga
fag ishtirokida o’tib qolishi.
Transkripsiya -
DNK - matritsasi asosida RNKni sintezlanishi.
Translyatsiya -
RNK dagi irsiy axborotni oqsil tuzilishiga o’tkazish.
Xromosoma -
hujayra yadrosining ipchalar tuzilishidagi va genlardan tashkil
topgan bo’yaluvchi tana
Zigota -
erkak va urg’ochi gametalarining qo’shilishidan, ya’ni urug’lanish
natijasida hosil bo’ladigan hujayra (murtak).
|