Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


I. BO‘LIM 1-§. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi –



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

I. BO‘LIM
1-§. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi – 
o‘quv fani
sifatida
Reja:
1. Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil 
topishi va rivojlanishi.
2. Bolalar nutqini o‘stirishga oid nazariy ishlar. 
3. Maktabgacha ta’lim me’yoriy hujjatlari asosida bolalarni 
tarbiyalash
4. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning 
ilmiy-pedagogik shart-sharoitlari.
Tayanch tushunchalar:
 
tashkiliy, uslubiy, psixologik, peda-
gogik shart-sharoit, nutq, rivojlantirish, metodika, ta’lim-tarbiya 
mazmuni, shakl, vosita, pedagogik va axborot texnologiyalar, uz-
luksiz ta’lim.
1. Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil 
topishi va rivojlanishi. 
Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomon-
lama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, 
psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda 
muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yor-
dam beradi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomil-
lashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli vosita va metodlarini 
yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 11- moddasida: «Maktabgacha 
ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tay-
yorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim 
olti-yetti yoshgacha oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida 
va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib 
boriladi»
5
, - deyilgan.
5
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni // Barkamol 
avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1998. – 23-b.


10
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida 
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, muas-
sasalarni zamonaviy bilimlarga ega tarbiyachilar bilan to‘ldirish 
hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv 
hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan is-
lohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Kadrlar tayyorlash mil-
liy dasturida qayd etilganidek, maktabgacha ta’lim tizimini takomil-
lashtirish bo‘yicha malakali tarbiyachi va pedagog kadrlar bugungi 
kunda uzluksiz innovatsion izlanishda bo‘lshni, fikrlashi, shuningdek, 
MTM larda ham innovatik g‘oyalarni shakllantirish asosida faoliyat 
ko‘rsatishi zarur.
Pedagog kadrlarning uzluksiz ta’lim olishini tashkil etish muammo-
lari bir qator xalqaro tashkilotlarda, jumladan, Jahon ta’limini re-
jalashtirish instituti (Parij), YUNESKOning ta’lim bo‘yicha instituti 
(Gamburg), Oliy ta’limning Yevropa Markazi (Buxarest), Yevropa 
Muallimlar ta’limi Assotsiatsiyasi (ATEE) va boshiqa qator ilmiy 
muassasalarda tadqiq etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda 
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risidagi Qarorida; maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini 
kengaytirish,malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni 
maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yahshilash, ta’lim-
tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini 
tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik, jis-
moniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alo-
hida e’tibor qaratildi
6
. Bu qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashuviga xizmat qiladi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlariga, 
jumladan uning maktabgacha ta’lim bosqichiga e’tibor ortib borishi 
bilan bir qatorda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim 
muassasalariga jalb etish ulushi kamayib borishi bu borada maqsadli 
tadqiqotlar olib borish, mamlakatimiz ilmiy-texnikaviy dasturi, us-
tuvor tadqiqotlarga yo‘nalishlarining bir qismi sifatida qaralishi 
lozim. Zero, ta’kidlab o‘tganimizdek, uzluksiz ta’lim bosqichlarining 
6
**Turkiston ro‘znomasi 2017-yil 1-fevral 3-bet.


11
nechog‘lik samarali ishlashi ma’lum darajada maktabgacha ta’lim si-
fatiga bog‘liq: bu davrda bolaning dunyoqarashi, tasavvurlari shakl-
lanib bo‘ladi. Unga to‘g‘ri mazmun va yo‘nalish berish pedagogika 
fani, ta’lim amaliyotining dolzarb muammosidir.
Bola nutqini rivojlantirish, eng avvalo, til qobilyatini shakllan-
tirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demak-
dir (A.A.Leont’ev).
Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi 
bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari ham-
da ularning ilmiy adabiyotda o‘rganilganlik darajasini aniqlash im-
konini beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini 
tadqiq etish O‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asrning 50-yillarida 
boshlangan. Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi fan nomzodi 
A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi 
masalasini ko‘tarib chiqdi. U tomonidan o‘tkazilgan sinov tadqiqot-
lari (1958–1960-yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o‘zbek 
bolalariga ruscha og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasining asosiy 
mazmuni belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan.
XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi 
ostida E.M.Razbayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bo-
lalarda o‘qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tar-
biyalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. S.O.G‘oziyeva tomonidan 
(E.M.Razbayevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta 
yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan (xalq ertaklari, 
o‘yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda 
bo‘lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi.
1979-yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi 
bolalarga ona tili va o‘zga tilni (rus, o‘zbek) o‘qitish muammosi 
O‘zbekiston olimlari, metodistlari, psixologlarining tadqiqot ob-
yekti hisoblanadi (F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, G.X.Jumasheva, 
D.R.Babayeva, D.Abdurahimova, L.R.Mirjalilova, N.Sh.Nurmu-
hammedova va boshq.).
Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida 
ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik 


12
ta’siri bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar. Ushbu yondashuv 
o‘rinlidir, zero, fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‘zlashtirish va 
ijtimoiy o‘zaro hamkorlik – o‘zaro bog‘liq jarayonlardir, nutqni rivoj-
lantirish esa – ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan 
fikrga asoslanadi. 
Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda 
umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayon-
da nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson 
madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. Umuman, shaxsning 
va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.)
ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. 
Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin tutishi 
uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sha-
roitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo‘yadi. Nutqning rivoj-
lanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan 
sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarda nutq rivojlanishini rag‘batlantiruvchi yoki unga 
to‘sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni 
ko‘zlagan holda pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish kalitidir.
V.I.Loginova, Y.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, Ye.M.Strunina va 
boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‘zlashtirib 
olishlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atni o‘zlashtirishlarida 
ikki jihat ajratib ko‘rsatilgan: atrofdagi olam lug‘atini (so‘z 
boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish; lug‘atni til birli-
gi sifatida o‘zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabat-
lar mantig‘ida ham, til mantig‘i borasida ham so‘z ustida ishlash 
zarurligini isbotlab berishgan.
Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha 
yoshga to‘g‘ri keladi. Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi payt-
da nutqni rivojlantirishdagi ayrim bosqichlarni o‘rganishga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. Olimlar nutqqacha bo‘lgan bosqich muhim rol 
o‘ynashini tushunib yetib, uni batafsil tahlil qilmoqdalar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchi-
lari Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penyevskaya 


13
va boshqalar bolalarning og‘zaki nutqi va hikoya qilishni 
o‘zlashtirishining o‘ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik 
nutqning o‘zaro bog‘liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan 
ravon nutqni o‘qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar 
hikoyalari tasniflab chiqilgan bo‘lib, uning asosini fikr bildirish man
-
basi: predmetlarni tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, 
suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol kelti-
rish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi.
Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqot-
lar bolalarda nutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakl-
lantirish (F.A.Soxin, M.I.Popova, A.V.Zaxarova, V.I.Yadeshko, 
A.G.Tambovseva va boshq.), ona tilining so‘z hosil qilish tizimi 
xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, bolalar nutqining grammatik 
tuzilishini takomillashtirishga oid pedagogik ishda nafaqat odat-
dagi grammatik xatoliklarni o‘rganish va tuzatishga, balki birinchi 
navbatda grammatik umumlashmalarni shakllantirishga e’tiborni qa-
ratish zarurligini isbotlash imkonini berdi. 
Bolalar tomonidan tilning tovush tizimini o‘zlashtirilishi 
bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda (G.M.Lyamina, Ye.I.Radina, 
G.A.Tumakova, A.I.Maksakov, M.I.Gening, N.A.German va boshq.) 
o‘rganish predmeti sifatida xizmat qildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish 
masalalarini nutqiy faoliyat nazariyasi asosida tadqiq etish maktab-
gacha ta’limning nazariyasi hamda amaliyoti uchun dolzarb va aha-
miyatli hisoblanadi.
Nazariy va amaliy ishlar shundan dalolat bermoqdaki, nutqiy faoli-
yat motivatsiyasini boyitish bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi 
ishlarning samaradorligini oshiradi (F.A.Soxin, YE.M.Strunina, 
A.M.Borodich, M.R.Lvov va boshq.).
Nutq yaxlit faoliyat va nonutqiy harakatga qo‘shilgan nutqiy 
harakat kabi til orqali bog‘langan tarixan shakllangan mulo-
qot shakli sifatida ko‘rib chiqiladi (L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, 
A.A.Leontev, I.A.Zimnyaya).
Modelda fahmlab yetilgan axborotni nutq yordamida uza-
tish, ya’ni nutqiy semantika muammosi; bunda grammatik qoi-


14
dalardan foydalanish, ya’ni tilni ishga solish; akustik kanalni 
ishga tushirish imkoniyati; nutqdan muloqot va ijtimoiy aloqa 
vositasi sifatida foydalanish; ushbu barcha hodisalarni miya 
harakatiga muvofiq holda tavsiflash kabi hodisalar o‘z izohini 
topishi lozim
7
.
Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsif-
laydi: Nutqni «rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘zlarning 
assotsiatsiya asosida bog‘lanishining ortishida ifodalanadigan miq-
doriy o‘zgarishlar jarayoni emas, balki sifat jihatidan o‘zgarish ja-
rayonidir, zero, u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan 
holda so‘zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab 
oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir»
8
.
XIX asrning o‘rtalaridan boshlab, nutq ontogenezi olimlarni 
qiziqtirib qoldi. K.D.Ushinskiy
9
bolalarni ona tilida o‘qitishning 
zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o‘qitish metodika-
sini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishlarining til bilan ta-
fakkurning o‘zaro munosabatlarini falsafiy jihatdan chuqur anglash, 
o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan xususiyatlari va qo-
nuniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildirdi. 
Rossiya fanida nutq ontogenezi borasidagi tadqiqotlar 
L.S.Vigotskiyning
10
madaniy-tarixiy nazariyasiga va A.N.Leon-
tevning
11
faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga oshirilgan.
Natijada bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ularning 
atrofdagi odamlar bilan muloqot jarayonlarida ro‘y beradi, degan qa-
rashlar tizimi shakllandi. Bunda bola kattalarning nutq namunalarini 
sust ravishda qabul qilib olmaydi, balki u nutqni umuminsoniy tajriba-
ning bir qismi sifatida faol o‘zlashtiradi.
7
Ушинский К.Д. Родное слово // Собр.соч. – М., 1949. Т. – С. 242–243
8
Леонтьев А.Н. Проблема деятельности в психологии. // Ж. Вопросы 
философии. – 1972. -№ 9. С.95–108.
9
Ушинский К.Д. Родное слово. // Собр.соч. - М., 1949. Т. – С. 242–243
10
Выготский Л.С. Мышление и речь. – М.: Педагогика, 1982. Т. 2.
11
Леонтьев А.Н. Проблема деятельности в психологии. // Ж. Вопросы 
философии. – 1972. -№ 9. С.95–108.


15
A.A.Leontev
12
L.S.Vigotskiy va A.N.Leontevning qoidalariga 
tayangan holda, asosiy faoliyat turi sifatida qaraydigan nutqiy faoli-
yat shakllanishi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning qayd etishicha, 
bola nutqini rivojlantirish – bu eng avvalo, muloqot usullarini rivoj-
lantirish bo‘lib, ularni o‘zlashtirish til qobiliyatini shakllantirishni 
talab qiladi.
Til qobiliyatlarini shakllantirish, bir tomondan, nerv-psixologik 
mexanizmlarining yetilganligi bilan, o‘zga tomondan esa, ijtimoiy 
ehtiyojlar bilan bog‘liq.
M.I.Lisina konsepsiyasi ruhida amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatdiki, muloqot – bolada so‘zning paydo bo‘lish fakti, vujudga 
kelish muddatlari va bola nutqi rivojlanishining sur’atlarini belgilab 
beruvchi muhim omildir. Ontogenezda nutq dastlab muloqot vositasi 
sifatida, keyinchalik esa – fikrlash, o‘z xulqini boshqarish vositasi si
-
fatida rivojlanadi.
Nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurda bola nutqini ri-
vojlantirish, bir tomondan, tashqi ta’sirlar bilan belgilanishi, o‘zga to-
mondan esa – to‘satdan yuz berishlik, «o‘zini-o‘zi harakatga keltirish» 
bilan tavsiflanishi tushuniladi. Bolalarning passiv nutqni o‘zlashtirib 
olishlari va ularning dastlabki so‘zni aytishlari hal qiluvchi darajada 
quyidagi uch jihatga, ya’ni emotsional aloqalar, birgalikdagi harakat 
chog‘idagi aloqalar, tovushli aloqalardan iborat bo‘lgan kommunika-
tiv omilga bog‘liq bo‘ladi.
Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini mu-
loqotni ta’minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qarala-
digan ravon nutq o‘z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va 
izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik 
o‘zlashtirganligining ko‘rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, este-
tik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.
Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining 
yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning 
turli xillarini o‘zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi 
bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalar-
ning xususiyatlari o‘rganiladi va uning negizida bolalarga monolog-
12
Леонтьев А.А. Язык, речь, речевая деятельность. – М., 1969. С. 135.


16
larning turli xillarini o‘rgatish metodikasi yaratiladi. F.A.Soxin, 
O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakl-
lantirishning turli jihatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon 
nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan ko‘ra yanada 
aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qo‘ydi. 
Ravonlikning asosiy ko‘rsatkichi sifatida so‘zlar, gaplar va fikrlar-
ning qismlari o‘rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, 
matnni tarkibiy jihatdan to‘g‘ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul 
qilingan. Olimlar bolalarni o‘qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy 
va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakl-
lantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yo‘llarini 
topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Nutqni o‘qitishning nazariy 
va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan 
kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega:
– ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, 
ayniqsa, zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi aha-
miyatga ega;
– nutqni o‘rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar to‘g‘ri kel-
maydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning 
individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir;
– nutqni rivojlantirish asosida kommunikativ yondashuv bo‘lishi 
kerak, xususan: ona tilini o‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga 
qo‘shilishi, o‘quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirili-
shi lozim;
– o‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan o‘zaro ham-
korligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bo‘lgan muloqot 
shakli bilan belgilanishi lozim;
– til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha 
komponentlarini: undov-motivatsiya, yo‘naltirish-tadqiqot, ijro kom-
ponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur;
– nutqni o‘qitish bolalarning tilni o‘rganish bo‘yicha mustaqil 
faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan 
bog‘liq bo‘lishi kerak. Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bo-
lalarning nutqini rivojlantirish muammosini ishlab chiqish mazkur 
metodologik holatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.


17
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi 
psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga 
kelish imkonini beradi:
– nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida 
markaziy o‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishining 
murakkab, ko‘p omilli jarayonidir;
– nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazar-
da tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;
– bola nutqini rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu 
jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, 
o‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning o‘ziga xoslikla-
rini ko‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, 
uning nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi 
lozim.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə