O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124

davlat tashkilotlari,  hukumatlar,  xalqaro  ham da  hududiy valuta-kredit 
va  moliyaviy  tashkilotlar  maydonga  chiqadi.
Xalqaro  kredit  kapitalistik  ishlab  chiqarish  usulining  dastlabki 
bosqichlarida  vujudga  kelgan  va  kapitalni  dastlabki  ja m g 'a ris h n in g  
richaglaridan  biri  edi.  Ishlab  c h iq a ris h n in g   milliy  c h e g a r a la r d a n  
tashqariga chiqishi, xo'jalik aloqalari baynalmilallashuvining kuchayishi, 
kapitalning  xalqaro  jihatdan  ijtim oiylashuvi,  ishlab  c h iq a ris h n in g  
ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi  ha m d a   ilmiy-texnik inqilob uning 
rivojlanishining  obyektiv  asosi  b o ‘ldi.
Xalqaro  kreditning manbalari  bo'lib:  korxonalardagi  m ablag'larning 
davriy  aylanishi  jaray onida  v a q tin c h a   b o ‘sh  bo'lib  qolad ig a n   pul 
shaklidagi  kapitalning  bir  qismi;  banklar  tom on idan   yig’ib,  jam la - 
nadigan  davlat  va  xususiy  sektorning  pul  ja m g ’armalari  hisoblanadi.
Takror ishlab chiqarish jarayonining ayrim joylarida xalqaro  kreditga 
obyektiv zarurat tug‘iladi.  Ushbu zarurat:  1)  mablag‘larning x o ‘jalikdagi 
doiraviy  aylanishi  bilan  bog‘liq;  2)  m ahsulot  ishlab  chiqarish  va  uni 
sotishning  xususiyatlari  bilan  bog‘liq;  3)  tashqi  iqtisodiy  bitim larning 
hajmi  va  muddatlaridagi  farqlar  bilan  bog‘liq;  4)  ishlab  chiqarishni 
kengaytirishga  moMjallangan  yirik  kapital  q o ‘yilm alarin i  a m a lg a  
oshirilish  zarurati  bilan  bog'liq.
Xalqaro  kreditning  tamoyillari. 
Xalqaro  kreditning  tak ro r  ishlab 
chiqarish  bilan  aloqasi  uning  tamoyillarida  aks  etadi:
1)  qaytarishliligi; agarda olingan  mablagMar qaytarilmayotgan bo'lsa, 
unda  ushbu  holat  kapitalni  qaytarmaslik  sharti  bilan  berilishiga,  y a ’ni 
moliyalashtirishga  aloqadordir;
2)  muddatlilik;  kredit  kelishuvida  belgilangan  m uddatlarda  kredit 
qaytarilishini  t a ’minlaydi;
3) to'lovlilik;  qiymat qonuni  harakatini aks ettirgan  holda kreditning 
har  bir  holatidagi  alohida  shartlarni  amalga  oshirish  usulidir;
4)  moddiy  t a ’minlanganligi;  kredit  so'ndirilishining  kafolatida  o ‘z 
aksini  topadi;
5)  maqsadli  y o ‘nalishi;  ssudaning  a n iq   bir  obyektlarini  belgi- 
lanishi.
Xalqaro  kreditning  tamoyillari  un ing   b o z o r  iqtisodiy  qonunlari 
bilan  aloqalarini  ifodalaydi  va  bozor  subyektlari  ha m d a   davlatning 
joriy  ham da  strategik  vazifalariga  erishish  m aqsadida  ishlatiladi.
Xalqaro  kreditning  funksiyalari. 
Xalqaro  kredit  ssuda  kapitalining 
tashqi  iqtisodiy aloqalar jarayonidagi  harakat xususiyatini aks ettim vchi 
quyidagi  funksiyalarni  bajaradi:


1)  Kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  ehtiyojlarini  qondirish 
uch un  ssuda  kapitallarining  mamlakatlararo  qayta  taqsimoti.  Ssuda 
kapitali  xalqaro  k red it  m exanizm i  orqali  foy dalarni  t a ’m in lash  
maqsadida  iqtisodiy  agentlar  afzal  ko'rgan jarayonlarga  yo'naltiriladi. 
Ushbu  bilan  kredit  milliy  foydani  o ‘rtacha foyda darajasida  birxillash- 
tirilishiga  ham da  uning  massasini  oshishiga  ko ‘maklashadi;
2)  Xalqaro  hisob-kitoblar  jarayonida  haqiqiy  pullarni  (oltin  va 
kum ush)  kredit  pullarga  almashtirilishi  ham da  naqdsiz  to'lovlarning 
rivojlanishi va tezlashtirilishi,  naqdli valuta  muomalasini xalqaro  kredit 
operatsiyalari  bilan  almashtirilishi  orqali  m u o m a la   xarajatlarining 
tejalishi.  Xalqaro  kredit  zam inida xalqaro  hisob-kitoblarning veksellar, 
cheklar  ham da  bank  pul  o'tkazmalari,  depozit  sertifikatlari  va  boshqa 
shu  singari  kredit  vositalari  paydo  bo ‘ldi.  Xalqaro  iqtisodiy  m unosa- 
batlar  jarayonida  ssuda  kapitali  muomala  davrining  tejalishi  ishlab 
c h iq a r is h n in g   k e n gay ish i  va  foyda  o ‘sim in i  t a ’m in lag a n   h o ld a  
kapitalning  unum li  m u o m ala  davrini  oshiradi;
3)  Kapital  to'p lan u v i  va  markazlashuvining  tezlashishi.  Xorijiy 
kreditlar  jalb  etilishi  evaziga  qo'shim cha  qiymatning  kapitalizatsiya 
jarayoni  tezlashadi,  individual  jamg'arish  chegaralari  kengayadi,  bir 
m am lakat  tadbirkorlarining  kapitallari  ularga  boshqa  m am lakatlar 
mablag'larining  q o ‘shilishi  hisobiga  ko'payadi.  Xalqaro  kredit  azaldan 
individual  korxonalarni  aksiyadorlik  jamiyatlariga  aylanishi,  yangi 
firmalar,  m onopoliyalar  barpo  etilishining  omili  sifatida  maydonga 
chiqadi.  Kredit  boshqa mamlakatlarning kapitali,  mulki va mehnatidan 
m a ’lum  bir  c h e g a ra la rd a   foydalanish  im k o niy atini  beradi.  Yirik 
kompaniyalarga taqdim  etiladigan  imtiyozli xalqaro kreditlar va  mayda 
ham da  o ‘rta  hajm dagi  firmalarni  jah o n  ssuda  kapitallari  bozoriga 
chiqishining qiyinligi  kapital  to'planuvi va markazlashuvining kuchayi- 
shiga  ko‘maklashadi.
Milliy  va  j a h o n   x o ‘jaligining  rivojlanishi  bilan  xalqaro  kredit 
fu n k s iy a la r in in g   a h a m iy a ti  bir  xilda  b o ‘lm ay,  o 'z g a ru v c h a n lik  
xususiyatiga egadir.  Zamonaviy sharoitlarda xalqaro  kredit iqtisodiyotni 
muvofiqlashtirish  funksiyasini  bajaradi  ham da  bir vaqtning  o ‘zida  o ‘zi 
ham   muvofiqlashtirilish  obyekti  b o ‘lib  hisoblanadi.
Xalqaro kreditning ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi roli. 
Xalqaro 
kredit  o'zaro  bog'liq  funksiyalarni  bajarish  orqali  ikki  yoqlama,  y a’ni 
ijobiy  va  salbiy  rol  o'ynaydi.
Xalqaro  kreditning  ijobiy  roli  takror  ishlab  chiqarish jarayonining 
uzluksizligini  t a ’m inlanishi  h am d a  uning  kengayishi  orqali  ishlab


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə