128
Zanjir elementlarining ma’lumotlar bazasi ko’plab elementlar - rezistorlar,
kondensatorlar,
g’altaklar,
diodlar,
tranzistorlar,
mantiqiy
elementlar,
mikrosxemalar va boshqa elementar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan.
Ma’lumotlar bazasidagi har bir element o’zining
ekvivalent sxemasi va
parametrlarining tavsifiga ega.
Qurilmaning sxemasini kiritish uchun ma’lumotlar bazasidan kerakli
elementlar olinadi (chaqiriladi). Ekranda elementning shartli belgisi, nomi (turi) va
asosiy parametrlari hosil bo’ladi. Elementlar bir-biriga simlar bilan ulanadi.
Modellash dasturida sxemaning ichki tavsifi hosil qilinadi. U sxemadagi elementlar,
har bir element ulangan
tugunlarning tartib raqamlari, har bir elementning
parametrlari va boshqa zarur qo’shimcha axborotlarni o’z ichiga oladi.
Sxemaning tugunlariga tartib raqamlar avtomatik tarzda berib boriladi.
Sxemaning korpusiga, odatda, 0 tartib raqami beriladi.
Dostları ilə paylaş: