Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə24/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

4-savol bayoni.
Oila mustahkamligiga hal qiluvchi ta’sir etuvchi nikoh oldi omillaridan yana biri — yoshlarning o’z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlaridir. Ularning qanchalik reallikka yaqin bo’lishi, shu oila mustahkamligining bosh garovi hisoblanadi. Afsuski, hamma vaqt ham yoshlarimizning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari reallikka mos kelavermaydi, balki u aksariyat hollarda reallikdan tubdan farq qiladi. Hind afsonalaridan birida yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari va ularning reallikka nisbatini qiyoslashga mos keladigan ajoyib bir rivoyat mavjud. Rivoyatda aytilishicha, tug’ilganidan ko’zi ojiz bo’lgan to’rt nafar ko’rga «Qarshinglarda fil turibdi, sizlar uni umuman ko’rmagansizlar, lekin uni borib ushlab, paypaslab o’rganib chiqinglarda, so’ng fil qanday maxluq ekanligini aytib beringlar», — deyilgan. Ko’rlar borib filni «o’rganib» qaytishganlaridan so’ng ulardan fil qanday hayvon ekanligi so’ralganda, ulardan biri: «Fil — badani dag’al, daraxtga o’xshagan hayvon» — debdi, ikkinchisi uni inkor etib: «Yo’q, fil erdek yumaloq, odamning qulochi etmaydigan bir hayvon» — debdi.
Uchinchisi esa, ularni ikkovlarini ham inkor qilib: «Fil ichi teshik uzun, yo’g’on ichakka o’xshaydigan hayvon» — debdi. To’rtinchisi esa: «Fil yoyiq yapaloq katta bargga o’xshagan
hayvon» — deb javob bergan ekanlar va ularning har biri o’z fikrini ma’qullayman, o’tkazaman deb bir-birlari bilan janjallashib qolgan ekanlar. Chunki ularning biri filning oyog’iga, ikkinchisi — qorniga, uchinchisi — xartumiga va to’rtinchisi — qulog’iga to’g’ri kelib qolib o’zlarining imkoniyatlari doirasida filni tasavvur qilgan ekanlar. Xuddi shu to’rtta ko’zi ojizdek yoshlarimiz ham oilaviy hayotni butun borlig’icha, to’la, yaxlit tasavvur qila olmaydilar, buning imkoni ham yo’q. Oqibatda oilaviy hayot haqida turli tasavvurlarga ega bo’lgan yoshlarimiz oila qurgudek bo’lsalar, o’z tasavvurlarini reallikka aylantirish, ya’ni juftiga ham shunday ekanligini uqtirishga harakat qiladilar. Va ular ham yuqoridagi ko’zi ojizlardek har biri «o’zicha haq» bo’la turib, bir-birlari bilan janjallashib, kelisha olmay qolishlari mumkin. Yoshini tanigandan boshlab ertaklar ruhida, badiiy filmlar, romanlar, afsona, rivoyatlar ruhida tarbiyalangan yoshlarimizda hamma vaqt ham oilaviy hayot haqida to’g’ri tasavvurlar shakllanaverishi mumkin emas. Ommaviy axborot vositalari orqali, teleko’rsatuvlar, radioeshittirishlar orqali yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida berilayotgan materiallarda, oilaviy hayotni bir yoqlama, faqat ijobiy tomondan talqin qilish hollari ham ko’p kuzatiladi. Bu kabi holatlar ham yoshlarda oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarning noto’g’ri shakllanishiga sabab bo’lishi mumkin. Ko’pchilik yoshlarimiz, ayniqsa muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yoshlar, oila qurish arafasida bo’lar ekanlar aksariyat hollarda o’zlarining bo’lajak oilaviy hayotlari uchun o’z ota-onasi oilasini ideal qilib oladilar. Chunki ular shu oilada tarbiyalanar ekanlar, «eslarini taniganlaridan buyon» otaonasining nizolashib tortishganlarini, bir-birlarini hurmatsiz qilganlarini eslay olmaydilar. Bunday oilalarda ota-onalar ham o’zlarining o’zaro munosabatlaridagi noxush jihatlarini farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Yoki ularning o’zaro munosabatlarida ro’y berishi mumkin bo’lgan nizoli damlar, bir-birlariga moslashish jarayonlari nikohning boshida, hali farzandlari dunyoga kelmaslaridan oldin bo’lib o’tib ketgan. Bolalar esa ular turmushining faqat yaxshi, tinch-totuv, ahil-inoqlik, bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli, ibratli jihatlaridangina xabardor bo’ladilar. Shunday oila qurishni tasavvur qilgan yoshlarimiz, oila qurganlaridan so’ng o’zlari kutgandek turmush kechira olmasalar, nikohning dastlabki eng nozik, murakkab, qiyin, yangi ijtimoiy vaziyatlar, sharoitlar, bir-birlariga moslashish jarayonlarida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, to’siqlar, muammolar oldida esankirab qolib, oila qurishda «adashganliklari»dan nolib qolishlari mumkin. Shuning uchun ham yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda oilaviy hayot, er-xotinmunosabatlarini faqat bir yoqlama va faqat yaxshi tomondangina ko’rsataverish ham maqsadga muvofiq emas. Uni imkon qadar butun borligicha: balandpasti-yu shirin-achchig’i, rohat-farog’ati-yu azob-uqubati, qorong’i kechalari-yu yorug’ kunduzlari bilan ko’rsatgan ma’qul. Shundagina yoshlarimizda oilaviy hayot haqida nisbatan adekvatroq tasavvur shakllanishi mumkin. Bu borada oiladagi katta yoshli oqil kishilar yoshlarga hayotda ko’prik bo’lmog’i, ularning bosib o’tgan ko’p qirrali hayot yo’li farzandlariga saboq bo’lishi kerak. Ular yoshlarimizni mustaqil, etuk bir shaxs sifatida qabul qilib, oilaviy hayotning pastbalandlari haqida to’la-to’kis ma’lumotlar berishi maqsadga muvofiqdir. Toki yoshlarimizning oilaviy hayotlari poydevoriga qo’yayotgan ilk g’ishtlari to’g’ri va mustahkam qo’yilsin.



Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə