Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə57/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


    1. Janubiy Amerika hududining aksariyat qismining poydevorini tashkil etuvchi yirik platforma shakllanish tarixi va yoshiga ko‘ra nechaga bo‘linadi?

    2. Janubiy Amerika taraqqiyot tarixi geotektonik strukturasiga tavsif?

    3. And tog‘ tizimining asosiy qismi qanday burmalanishlar jarayonida shakllangan?



    1. JANUBIY AMERIKA MATERIGI RELYEFI


Tayanch so’z va iboralar: orografik tuzilish, Gviana, Braziliya va Patagoniya yassi tog‘liklari, geotektonik struktura, antekliza va sinkliza, plato, tektonik yoriqlar, Serra Jeral, Serra-du-Mar, Serra-da-Mantikeyra, Serra-du-Espinyasu tizmalar, Lyanos, Serralar.

Janubiy Amerika yer yuzasining tuzilishi Shimoliy Amerikaning yer yuzasi tuzilishiga o‘xshab ketadi. Materikning eng chekka g‘arbiy va shimoliy qismida qirg‘oq bo‘ylab 9000 km masofaga cho‘zilgan And tog‘ tizimi joylashgan. Uning Atlantika okeani sohillariga yaqin joylashgan sharqiy qismini Gviana, Braziliya va Patagoniya yassi tog‘liklari egallagan. Janubiy Amerikaning 45 % ga yaqin hududi Amazonka, Orinoko, Markaziy, Gviana kabi pastekisliklardan tashkil topgan. Materikning hozirgi relyef shakllarining hosil bo‘lishida yangi tektonik harakatlarning roli nihoyatda katta. Yangi tektonik harakatlar materikning geosinklinal g‘arbiy tog‘lik mintaqasiga kuchli ta’sir etib qolmasdan, balki unga nisbatan tinchroq bo‘lgan sharqiy tekislik va yassi tog‘lik mintaqasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Natijada turli xil morfologik strukturalarga ega bo‘lgan yirik relyef shakllari vujudga kelgan.


Janubiy Amerika taraqqiyot tarixi geotektonik strukturasiga ko‘ra ikkita yirik qismga: platformali strukturadan tarkib topgan Andsiz Sharqqa va geosinklinal mintaqadan tashkil topgan Andli G‘arbga bo‘linadi. Har ikkala geotektonik yirik region relyef shakllarining vujudga kelish tarixiga va hozirgi relyef xususiyatlariga ko‘ra bir qator morfostruktura oblastlarga bo‘linadi. Andsiz Sharq Janubiy Amerika va Patagoniya platformalarining geostrukturasiga va hozirgi relyef shakllariga mos keladigan antekliza va sinkliza morfostruktura oblastlaridan tarkib topgan. Janubiy Amerika platformasining antekliza va sinkliza morfostruktura oblastlari Gviana va Braziliya yassi tog‘liklaridan iborat (Ilova, 9-rasm).

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə