O’pkada gazlar almashinuvi va diffuziyasi


Nafas olishning boshqarilishi



Yüklə 70,52 Kb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü70,52 Kb.
#139022
1   2   3   4   5
O’PKADA GAZLAR ALMASHINUVI VA DIFFUZIYASI

Nafas olishning boshqarilishi: Nafas olishning chastotasi, chuqurligi, kuchi dastavval organizmning bu jarayonga nisbatan talabi bilan belgilanadi. O’pkaning kengayishi va torayishiga olib keladigan barcha muskullar simpa- tik nerv tolalari bilan ta'minlangan. Diafragma va qobirg’alararokeladigan bu nervlarning motoneyronlari orqa miyaning bo’yin va ko’krak sigmentlarida joylashgan. agar bosh miya orqa miyadan yuqori bo’yin sigmentlari satdan ajratilsa nafas olish to’xtab organizm halok bo’ladi. agar o’rta miya va miya ko’prigi orasidan kesish chizig’i o’tkazilsa nafas olish saqlanib qolinadi. Demak nafas olishni boshqaradigan bosh miya markazi uzunchoq miyada joylashgan (Bo’lbar markaz). U lokal holda buzib tashlansa ham nafas olish to’xtab qoladi. Nafas olishni boshqaradigan neyronlarni aniqlashda elektrofiziologik usullar eng qulay (aniq ma'lumot olish uchun). Uzunchoq miyaning chap va o’ng bo’laklarida nafas olish bilan bog’liq neyronlar ikki guruhga bo’linadi, ya'ni darsal va ventral neyronlar. Darsal neyronlar asosan inspirator neyronlar bo’lib, ularning ichida taxminan 5% ginasi ekspirator neyronlardir. Ventral neyronlar orasida ham inspirator ham ekspirator neyronlarbo’ladi. Nafas olishda ishtirok qiluvchi neyronlar yana retikulyar formatsiya va voraliy ko’prigida joylashgan.
Nafas olish markazining faoliyati (nafas olish chastotasi va chuqurligi ko’pincha qondagi erigan CO2 va O2 miqdoriga va N2 ionlari konsentratsiyasiga bog’liq. Bo’larning ichida CO2 ning arterial qondagi bosimi birinchi o’rinda turadi.
CO2 va O2 qondagi parsital bosimining yuqori, me'yoriy va oz bo’lishi tegishli holda CO2 uchun «giperkopniya», «normakopniya», «gipokapniya», O2 uchun «giperoksiya», «gipoksiya» deyiladi. Agar giperkopniya va gipoksiya holatlari bir yo’la kuzatilsa bu holat «asfiksiya» deyiladi.
Tinchlik holatida me'yoriy nafas olishni «eypnoe» deyiladi. Giperkopniya vaqtida nafas olishning tezlashishini «giperennoe» deyiladi (ortiqcha So2 chiqarib yuborish uchun).
Gipokapniya nafas olishning siyraklashib oxiri to’xtab qolishiga olib keladi.
Kuchli asfiksiya vaqtida nafas olish juda chuqur bo’ladi, bu jarayonda nafas olishga yordamchi muskullar ham qatnashadi (qisqaradi), kishi bug’ilgandek bo’ladi. bu holatni «dispnoe» deyiladi. Qon tarkibidagi gazlar miqdorining ma'lum me'yorda saqlanishi manfiy teskari aloqa prinsipida bo’ladi, ya'ni giperkapniya nafas olish markazi faoliyatini qo’zg’alib o’pka ventilyasiyasini oshirsa, gipokapniya buning teskarisi-nafas markazlari faoliyatini kuchsizlantirib o’pka ventilyasiyasini kamaytiradi.
Nafas olish markazlarining miyaga keladigan qon tarkibiga bog’liqligi ancha ilgaridan ma'lum. Masalan, CO2 va N2 ionlari va kuchli bo’lmagan gipoksiya nafas olishni tezlatadi. Odatda boshqa nerv hujayralari kabi nafas olish markazining ham nervlari bu moddalar ta'sirida qo’zg’aluvchanligini pasaytiradi. Shunga qaramasdan nafas olishning tezlashishini maxsus retseptorlar-xemoretseporlar mavjudligi bilan tushuntirish mumkin. Ular ikki xil bo’ladi, ya'ni perefirik (chetdagi) yoki arterial va markaziy (modulyar) xemoretseptorlar.
Pereferik retseptorlar aorta yoyining ikkiga bo’linish joyidagi ayrida (korotid koptokcha ko’rinishida) va aorta ravog’ida joylashgan. Bu retseptorlar qondagi O2 va CO2 parsial bosimiga juda sezgir bo’ladi. Ular Gering nervlari orqali uzunchoq miyadagi Bulbar nafas olish markazi bilan bog’langan. Perefirik retseptorlar miyaga boradigan qondagi O2 va CO2 ustidan «nazorat» qilib turadi. Agar aorta ravog’i va karotid koptokchadan markazga intiluvchi tolalar kesilsa ham giperkapniya nafas olishni tezlatishi mumkin. Bu hol markaziy xemoretseptorlarning ishi hisoblanadi. Ular uzun- choq miyaning ventral yuzasida, uzunchoq miyadan chiqadigan adashgan nerv va tilosti nervlarining asosida joylashgan.
Nafas olish tezligiga gipotalamus ham faol ta'sir qiladi. Masalan, og’riqqa nisbatan himoya reflekslari turli xil his-tuyg’u, jismoniy faoliyat paytlari nafas olishning tezlashishi gipotalamus orqli sodir bo’ladi. Havo isiganda nafas olishning tezlashishi ham gipotalamus ishi tufayli amalga oshadi.
Bosh miya yarimsharlari po’stlog’ida bevosita nafas olishga ta'sir qiladigan markazlar yo’q. Lekin turli xil hissiyotlar tufayli nafas olishning o’zgarishida hal qiluvchi rolni miya yarimsharlarining po’stlog’i o’ynaydi. Po’stloq olib tashlansa nafas olish tezlashib ketadi, demak u nafas olishga tormozlovchi sifatida ta'sir qilib turar ekan. Nafas olish harakatlariga shartli reflekslar orqali ta'sir qilish ham po’stloq faoliyati hisoblanadi.
Har xil sabablarga ko’ra nafas olish to’xtab qolsa sun'iy nafas oldiriladi, u uch xil yo’l bilan, ya'ni birinchisi-og’iz va burun orqli o’pkada bevosita havo puflash, ikkinchisi-ko’krak qafasini ritmik holda majburan toraytirish va kengaytirish, uchinchisi-diafragma nervlarini vaqti-vaqti bilan
qitiqlab turish orqali amalga oshiriladi.

XULOSA
Tirik organizmning O2-ni olishi va CO2 ajratib chiqarishi nafas olish deyiladi.


Biologik oksidlanish mitoxondriyalardagi mavjud fermentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mana shu fermentlarning O2 bilanta'minlanishi umuman nafas olishning mohiyatini tashkil qiladi. Bu holat tashqi muhit bilan to’qimalar orasida gazlar almashinuvidan iborat, u ikki jarayondan to’g’ridan-to’g’ri gazlar almashinuvi yoki diffuziya va konveksiyadan iborat. Diffuziya protsial bosim asosida moddalar, ayni mahalda gaz almashinuvi. U ko’pincha mikroskopik organizmlarda kuzatiladi. Bu holat gazlar almashina- digan oraliq 0,5 mm dan oshmaganida kuzatiladi (Avgust Krog, XX asr). Bundan keng oraliqda gaz almashinuvi konveksiya (suyuqlik yoki gazlar aralashmasi vositasida) tufayli amalga oshiriladi. Shuning uchun mikro- organizmlarda gazlar almashinuvi asosan konveksiya yo’li bilan boradi.
Nafas olish markazlarining miyaga keladigan qon tarkibiga bog’liqligi ancha ilgaridan ma'lum. Masalan, CO2 va N2 ionlari va kuchli bo’lmagan gipoksiya nafas olishni tezlatadi. Odatda boshqa nerv hujayralari kabi nafas olish markazining ham nervlari bu moddalar ta'sirida qo’zg’aluvchanligini pasaytiradi. Shunga qaramasdan nafas olishning tezlashishini maxsus retseptorlar-xemoretseporlar mavjudligi bilan tushuntirish mumkin. Ular ikki xil bo’ladi, ya'ni perefirik (chetdagi) yoki arterial va markaziy (modulyar) xemoretseptorlar.



Yüklə 70,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə