|
Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2010chiqardi. Birko'zning qorni ochdi. U g'or og'zida yotib uyquga ketdijek london oq soyloq qissachiqardi. Birko'zning qorni ochdi. U g'or og'zida yotib uyquga ketdi,
lekin uxlolm adi. U dam -badam uyg'onib ketar va sergaklanib, aprel
oftobining jilvagar nuriga g'arq bo'lgan borliqdan kelayotgan tovushlarga
quloq solardi. Uyqu bosib ko'zi yum ildi, deguncha olis irmoqlarning
elas-elas jildirashlari qulog'iga chalinar va u birdan boshini ko'tarib bu
ajabtovur tovushlarni tinglashga tushar edi. Yana quyosh yuz ko'rsatib
uyg'ona boshl&gan Shim ol tabiati bo'riga ta ’sir etm oqda edi. Havoda
ko'klam nafasi kezar, qor ko'rpasi ostida hayot g'imirlar, daraxtlami
qoplagan qirov erib. kurtaklar ko'z uqalar, borliq uyg'onnioqda edi.
Birko'z ham rohiga tashvish bilan tikilardi, am m o urg'ochi bo'ri
o'rnidan turishni parvoyiga keltirmas edi. U atrofni ko'zdan kechira
turib xiyol narida parillab havoga ko'tarilgan chug'urchuqlarga qarab
turib o'rnidan turishga chog'landi, am m o urg'ochi bo'ri esiga tushdim i,
yana cho'zilib yotdi-da, ko'zlarini yumdi. G 'ing'illagan tovushni eshitib
Birko'z uyqu aralash bir necha bor panjasi bilan tum shug'ini yelpidi,
pirovardida uyg'onib ketdi. T um shug'ining uchida kattakon chivin
g'ing'illar edi. Ehtim ol chivin qish bo'yi to'nka po'kagida jo n saqlagan,
endi esa oftob nurining harorati unga jon bag'ishlagan bo'lsa kerak.
Bo'ri o'zin i qurshagan olam ning serjilo ishoratlariga qarshilik qilishga
majoli yo'q edi, bundan tashqari u behad ochiqqan edi.
Birko'z urg'ochi bo'rining yoniga sudralib bordi-da, o'rnidan turishga
ko'ndirm oqchi bo'ldi. A m m o urg'ochi bo'ri bunga javoban irillab qo'ydi,
xolos. Shunda Birko'z bir o'zi jo'nashga qaror q ild i-yu , tashqariga
chiqqach, oyoqlari qorga botib qolganini ko'rib yo'l yurish oson em as-
ligini sezdi. Shuning uchun hali erimagan anhor bilan yuqoriga qarab
Dostları ilə paylaş: |
|
|