O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo‘ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir. Malaka



Yüklə 277,21 Kb.
səhifə29/35
tarix19.03.2023
ölçüsü277,21 Kb.
#102820
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Тиббий муассасаларда психологик хизмат ЎУ мажмуа 2020 2023

Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo‘ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.
Malaka –faoliyatning avtomatlashtirilgan ko‘nikmasi, mustahkam mahoratidir. Boshda ongni nazorat qilinadigan va bir me’yordagi harakat bo‘lgan narsa har bir kishiga turmush tajribasiga ko‘ra avtomatlashtirishi mumkin. Ko‘nikmalar faqat oson payqash mumkin bo‘lgan harakatchan bo‘lmaydi, balki fikrlovchi, sotsial-kirishuvchan, tashkilotchi va boshqacha ham bo‘ladi. Avtomatizmdan iborat bo‘lgani holda ko‘nikmalar ayni paytda ishda ijodning zaruriy sharti hisoblanadi (bunga tushunarli misol quyidagicha: shu sozanda o‘z asbobida musiqa chalishning zarur texnikasi, ko‘nikmasini hosil qilgunga qadar u ijodkor bo‘la olmaydi, chunki u hali «musiqiy» asboblar klavishalarini, pozitsiyalar va b. ni chalkashtirib qo‘yishdan qo‘rqadi).
Muloqotdagi konstruktivlik – hamkorlarning aloqasi davomida ularning ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan, birgalikda hal qilinayotgan masalalarning ijobiy echim topishiga yordam beradigan, ularning individual betakrorligini saqlab qoladigan muloqotdir. Muloqotdagi konstruktivlik (yaratuvchanlik) tushunchasi kishilarning muloqot davomida o‘z salohiyatini o‘stirish, shaxsiy o‘sishi, sotsial etuklikning shakllanishi tomon harakatlanishi yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Munosabatning o‘zgarishi (deformatsiya) – bu munosabatlardagi shunday o‘zgarishlarki (buzilish, qiyinchiliklar, yanglishishlar), ular munosabatdagi samaradorlikning pasayishi yoki buzilishiga, hamkorliklarning sog‘lig‘iga, ularning obro‘siga yoki ruhiy osoyishtaligiga, moddiy qadriyatlariga va boshqalarga putur etkazadi. O‘zgarishlarni ularning turiga qarab turlicha tushunish mumkin: mas., mening ustimdan kulishayotgani uchun bizning begona ekanligimizni, bizning do‘st emasligimiz, bir-birimizni tushuna olmasligimizni, meni masxara qilishayotganligi va ko‘plab boshqa narsalarni anglay boshladim.
Mazmun – bevosita hissiy kechinmalar davomida yoki ongda aks etuvchi qandaydir ob’ekt o‘rtasidagi munosabatni xira bo‘lsada anglash va sub’ekt hohishlariga ko‘ra paydo bo‘ladigan psixik yaxlitlikdir. Bir narsa men uchun kerak, ehtiyoji bor, boshqasi esa – yuq, kerakmasligini e’tiborga olib, aytishadiki, «bu men uchun mazmunga ega» yoki «buning men uchun mazmuni yo‘q» tashqaridan qaraganda bir narsa bo‘lib tuyulgan yumush (o‘ra qazish) yollangan er qazuvchi uchun daromad qilish mazmuniga ega, arxeolog uchun qandaydir buyuk tarixiy muammoni echish, tasodifiy yo‘lovchi uchun esa piyodalar yo‘lining buzilayotganligi unga qandaydir buzg‘unchilik mazmuniga ega bo‘lib tuyuladi.
Me’yor – ob’ektning sifat va miqdoriy jixatlari o‘zaro bog‘liqligini anglatadigan, mazmukn va shakl imkoniyat va voqeilik o‘rtasidagi zaruriy uyg‘unlik ta’minlanishini ifodalaydigan falsafiy tushuncha.
Moslik – kishilardan harakat qilish kelishuvini va yaxshi o‘zaro bir-birini tushunishini talab qiladigan birgalikda ishlash, vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish qobiliyati.

Yüklə 277,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə