O`rtasida tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan o`tkazilgan



Yüklə 36,01 Kb.
səhifə6/8
tarix11.12.2023
ölçüsü36,01 Kb.
#145652
1   2   3   4   5   6   7   8
mobil telefon bayonnomalar

Yig’ilish raisi: Sh Tuvalov.
Yig`ilish kotibi: T Suyunov.

Payariq tumani XTB ga qarashli 90-umumiy o`rta ta`lim maktabida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21maydagi “O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarida mobil telenlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 139-sonli Qarori mazmun mohiyatini maktab jamoasi va maktab o’quvchilari o`rtasida“ Bolada mobil telefon bo’lishi muhummi.” Mavzusida tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan o`tkazilgan yig’ilish


B A Y O N N O M A S I

11.02.2021 yil





Qatnashdilar:

Maktab direktori Sh Tuvalov MMIBDO` T Suyunov, maktab psixologi M Suyunov,Yoshlar ittifoq etakchisi J Norbekov Sinf rahbarlar, barcha hedagog xodimlar 8-11 sinf o’quvchilari



Kun tartibi:

1. “Bolada mobil telefon bo’lishi shartmi ? mavzusi haqida.


Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari T Suyunovso`zga chiqib, ta`lim oluvchilar telefonini bo`yniga osib olish, ko`krak cho`ntaklarida, shim, yubkalari cho`ntaklarida va shu kabilarida saqlash, telefon akumlyatorini zaryadlash uchun ta`lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash, atrofdagilarga zo`ravonlik, shavqatsizlik, pornografiyani targ`ib qiluvchi video va sur`atlarni namoyish qilishi, maktabning nufuziga shu jumladan zo`ravonlik va vandalism holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo`li bilan zarar yetkazish qat`iyan taqiqlanishi haqida ma`lumot berdi.Umuman maktabga mobil telefonni olib kelish shartmi? Bu savolga qisman fikr bildirib o’quvchilarni fikrlari bilan qiziqdi. O’quvchilar o’ bo borada o’z fikrlarini billirib o’tishdi.


Shu masala yuzasidan maktabning yoshlar itiffoqi etakchisi J Norbekov so`zga chiqib, O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish tartibi to`g`risidagi Nizomning asosiy maqsadlaridan biri ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligiga erishish va o`quvchi yoshlar o`rtasida sog`lom turmush jarayonini qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat ekanligi haqida ma`lumot berdi.
Yig’ilganlar davra suhbatida faol qatnashib, o`z fikrlarini bildirishdi.
Yig`ilish qatnashchilari yuqoridagilarni tinglab,


QAROR QILADI

1. O`tkazilgan tadbir qoniqarli deb topilsin.


2. Maktabning manaviy va ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari T Suyunov hamda J Norbekovlarning ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

Yüklə 36,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə