O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

 
 
 
 
 


23
 
 
 
5-mavzu: MAHMUD QOShG`ARIY VA UNING “DEVONU
LUG‘ATIT TURK” ASARI 
 
 
Reja: 
1. M.Qoshg`oriy haqida ma`lumot 
2. “Devonu lug`otit - turk” va badiiy adabiyot 
3. “Devonu lug`otit - turk”da adabiy janrlar 
1. M.Qoshg`ariy haqida ma`lumot 
Mahmud Qoshg`ariy Markaziy Osiyoda ilk o`rta asr madaniyatining buyuk 
arboblaridan. U tilshunoslik, xususan, turkiy tillarni o`rganishda mashhur bo`ldi va 
tarixda o`chmas iz qoldirdi. Mahmud Qoshg`ariy XI asrga kelib turkiy xalqlar 
madaniyati, san`ati rivojlangan, qoraxoniylar davlati mustahkamlangan, Buxoro, 
Samarqand, Shosh, Qashqar kabi shaharlar yirik madaniyat markaziga aylangan bir 
davrda yetishib chiqdi.
Qoraxoniylar davlatining markazlari bo`lmish Bolosog`un, Sayram, Shosh, 
Taroz shaharlarida ilm-fan egalari, turli sohalarning yirik vakillari, dono va fozil 
kishilar to`plangan. Mahmud Qoshg`ariy Bolosog`un shahrida dunyoga kelgan. 
Uning to`liq ismi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammaddir. Otasining ismi Husayn, 
bobosi Muhammad bo`lib, kelib chiqishiga ko`ra Qoshg`ariy nisbatini olgan. 
Mahmud Qoshg`ariy ilmda, tarixda «Devonu lug`otit turk» asari bilan shuhrat 
topdi. Yana bir asari «Javohir-un-nahvfi lug`otit turk» «Turkiy tillarning nahv 
sintaksis durdonalari, qoidalari» deb ataladi. Bu asari bizgacha yetib kelmagan yoki 
hali noma`lum bo`lib qolmoqda.
«Devonu lug`otit turk» 1072 yilda yozila 
boshlangan.1074 yilda yozib tugallangan. 
Muallif kitobiga «Devonu lug`otit turk» 
«Turkiy tillar lug`atlari» deb nom bergan va uni abbosiy xalifalar avlodidan bo`lgan 
baland mavqeli Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bag`ishlagan.
Asarning asosiy matni o`sha davrda din va fan tiliga aylangan arab tilida yozilgan 
bo`lib, turkiy tilning boyligini ko`rsatadi.
«Devonu lug`otit turk»ning asl qo`lyozmasi bizgacha etib
kelmagan. Uning 
yozilgan sanadan ikki yuz yil o`tgach ko`chirilgan birdan-bir nusxasi Istanbul 
kutubxonasida saqlanadi. 
Muhammad binni Abu Bakr Damashqiy degan kishi 
tomonidan asl nusxasidan ko`chirib yozilgan qo`lyozmadir. 
Uch tomdan iborat bu 
kitob 1939-41 yillarda hozirgi turk tiliga tarjima qilinib nashr etildi.
Tarjimon Bosim 
Atalay asarga izohlar yozgan. O`zbekistonda «Devon»ning birinchi tadqiqotchisi 
sifatida Fitrat tilga olinadi. U «Devon»dagi barcha she`riy parchalarni yiqqan, tarjima 
qilgan, alohida lug`at bilan nashr etgan. Asarni prof. S.Mutallibov hozirgi o`zbek 
tiliga ag`dargan. 
Mahmud Qoshg`ariy Bolosog`unda tug`ilib, shu yerda yigitlik chog`larini 
kechirgan bo`lsa ham uzoq yillar «Yuqori Chindan boshlab butun Movarounnahr, 
Xorazm, Farg`ona, Buxoro, hozirgi Shimoliy Afg`onistonga qadar cho`zilgan» turkiy 


24
o`lkalarni, turkmanlar, o`g`uzlar, chigillar, yag`molar, qirg`izlarning shaharlarini
qishloq va yaylovlarni kezib chiqdi, turli sheva, lahja xususiyatlarini o`rgandi, ularni 
adabiy til bilan chog`ishtirdi, o`z ishi uchun boy material to`pladi. Ba`zi olimlar 
fikricha, bu materiallar 10-15, ehtimol 15-20 yillar davomida to`plangan. Qoshg`ariy 
asari, o`zi ta`kidlashicha, «oldin hech kim tuzmagan va hech kimga ma`lum 
bo`lmagan alohida bir tartib»da tuzilgan. Asar sodda va lo`nda yozilgan. 
Unda 
qadimgi turk alifbosi, fonetik qonuniyatlar, orfoepik va orfografik qoidalar puxta 
tushuntirib berilgan. Muallif ko`rsatishicha, kitob 8 bo`limdan, muqaddima va 
xulosadan iborat.
«Devon»da 7500 dan oshiq turkiy so`z va iboralar izohlangan. 
Lug`atda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, o`lka nomlari, daryo, tog`, yaylov, 
vodiy, dara, yo`l, dovon, ko`l, soy kabi jo`g`rofiy atamalar, turli qabila, urug`, elat, 
sayyora, yulduzlar, fasllar tilga olinadi. 
«Devonu lug`otit turk»-adabiy manba. Unda turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy
afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli so`zlar, 700 satrdan 
oshiq she`riy parchalar o`rin olgan. 
«Devon»da keltirilgan she`riy parchalardan 150 
satrga yaqini islom davri she`riyatiga xos bo`lgan «bayt» tipidagi masnaviy, qasida, 
g`azal, qit`a parchalari bo`lib, muallif ularni «bayt» deb ataydi. 
«Devon»dagi qo`shiqlar ko`proq jangnoma xarakterida bo`lib, ba`zi yirik 
she`riy parchalarga shartli ravishda «Tangutlar bilan jangnoma», «Uyg`urlar bilan 
jangnoma», «Yabaku bilan jangnoma» deb nom qo`yilgan. Ularda turkiy elatlarning 
shijoati, qiyinchiliklarga bardoshi, jasurligi, harbiy hiylalar, elparvarlik, mardlik, 
himmat, mehr va qahr tuyg`ulari tasvirlangan. 
Qadimgi epik qo`shiqlardan 
«Devon»da saqlangan ikki yirik asar ko`pchilikning e`tiborini tortadi. Biri «Alp Er 
To`nga marsiyasi», ikkinchisi «Qish va yoz munozarasi»dir. Marsiya 44 satrdan 
iborat.
Alp Er To`nga turklarning qadimiy qahramoni. Yusuf Xos Hojib tojiklar uni 
Afrosiyob deb atashini yozgan. To`nga Alp Er yo`lbars kabi kuchli bahodir odam 
demakdir. Uning Barman, Barsg`an degan o`g`illari hamda Qaz ismli qizi haqida ham 
ma`lumotlar bor.
Marsiyada Afrosiyob-Alp Er To`nganing achchiq qismati dahshatli fojia, 
o`rnini to`ldirib bo`lmaydigan yo`qotish sifatida baholanadi. 
Alp Er To`nga o`ldimu? 
Esiz ajun qaldimu? 
O`dlak o`chin aldimu? 
Emdi yurak yirtilur. 
Alp Er To`nga xalq sevgan qahramon. Mana bu misralar motam marosimini 
eslatadi: 
Bo`ri bo`lib uldilar. 
Yoqa yirtib turdilar. 
Yig`lab-siqtab yurdilar 
Ko`z yoshlari mo`l bo`ldi. 
«Qish va yoz» munozarasi turkiy munozara janrining bizgacha yetib kelgan 
birinchi erkin namunasidir. Unda turkiy elatlarning tabiati, yashash, tafakkur tarzi, 
sevinchlari, qayg`ulari aks etgan, tabiatga mehr ifodasini topgan. Asar majoziy 
tasvirlar, tashbehlar, sifatlashlar, jonlantirish, engil kinoyalarga boy. Tabiat tasviri: 


25
Alin topu yashardi 
Urut o`tin yashirdi, 
Ko`lning suvin ko`shardi 
Sigir buva mungrashur. 
Mazmuni: 
Tog` boshlari yashardi, 
Qurug` o`tni yashirdi, 
Ko`l suvlari toshirdi, 
Sigir, buqa ma`rashur. 
Bahor tasviri shu xilda aks ettirilsa, qish tasviri mana bunday: 
Keldi asin asnayu, 
Qozga tupal usnayu, 
Kirdi budun ko`snayu 
Qara bulut ko`krashur. 
Mazmuni:
Keldi shamol huvillab, 
Bo`ron bo`lib guvillab. 
Xalq titrashur uvillab 
Qora bulut guldirar. 
Qish bilan yoz bir-biri bilan tortishadi. Bu tortishuvda xalq o`z qarashlarini, 
yoz va qishga bo`lgan munosabatini ifodalaydi: 
Qish yoy bila to`qushti 
Qinir ko`zunug` baqishti. 
Tutishqali yaqishti, 
Utg`olimat o`g`rashur. 
Mazmuni: 
Qish bilan yoz to`qnashdi, 
Qing`ir ko`z bilan qarashdi. 
Tutib olishga intilishdi, 
Yutishga tirishar edi. 
Yoz aytadi: 
Sendan qochar sundiloch, 
Menda tinar qaldirg`och, 
Bulbul ko`ylab nag`ma soch 
Erkak, ayol juftlashur. 
Qish yozga aytadi: 
Senda barcha yomonlar 
Chibin, pashsha, ilonlar 
Dumi gajjak chayonlar 
Hamla qilib yugurar. 
Devondagi she`riy parchalar mavzu jihatdan rang-barang. Pand-nasihat: 
Boqmas jahon sovuq so`z, 
Shilqim, yuzsiz, baxilga. 
Yoqimli bo`l, xushxulq bo`l, 


26
Qolsin noming ko`p yilga. 
Yor tasviri Aldadi meni, 
Yumshoq badan qiz. 
Qomati nihol, 
Burni ham tekis. 
Sevgi va uning kechinmalari tasviri: 
Sevgim mening kuchayur, 
Kecha-kunduz yig`layman. 
Ko`rdi ko`zim ketganin, 
Yurtda yolg`uz qolmayman. 
Seviklim ketdi uzoq, 
Ko`nglim unga bog`layman. 
Qoldim chuqur qayg`uda, 
Uzzu kunlar yig`layman. 
«Devon»da juda ko`p maqollar uchraydi. «Qut belgisi bilig», «Emgak ekinda 
qolmas» Mehnat erda qolmas, «Osh totig`i tuz», «Qo`rqmush kishiga qo`y boshi 
qo`sh ko`rinur», «It isirmas, ot tepmas dema», «Quruq yog`och egilmas», «Uma 
kelsa qut kelar» Mehmon kelsa qut kelar, «Ag`ilda o`g`laq tug`sa, ariqda o`ti unar» 
va hokazo. 
Umuman, «Devonu lug`otit turk» tilshunoslar, adabiyotshunoslar, tarixchi va 
boshqa soha kishilari uchun ham qimmatli manba ekanligi bilan e`tiborlidir. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə