O`zbek tili iboralarga juda boy til hisoblanadi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/83
tarix23.04.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#85913
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83
iboralar otish orqali oquvchilarning nutqini ostirish metodikasi

“Eslab  qol”  o„yinidan

  foydalanish  ijobiy  natija  beradi.  Matn 

o„qituvchi tomonidan o„quvchilarga ifodali o„qib beriladi, o„quvchilar esa matnda 

berilgan tasviriy ifodalarni topadilar. Shuningdek, bu o„yin orqali o„quvchilarning 

xotirasini mustahkamlash maqsadida ham foydalanishimiz mumkin. 

                                           Nasihatnoma 

     Bir  ish  bilan  boshqa  yerga  ketib,  u  yerda bir necha vaqt turib  qolgan  bir ota 

o„z o„g„liga shu nasihatomuz maktubni yo„llaydi: 

     “Sevikli o„g„lim! 

     Vijdonning  lavhasini  insof,  adolat  gavhari  birlan  bezat,  chunki  insof,  adolat 

insoniyat  olamining  porloq  quyoshidir.  Bu  quyoshdan  fayz  olgan  odamlar 

baxtiyordirlar. 

      Belimning quvvati, o„g„lim! 

      Qalbing  oynasini  yoshlik  g„ururi  birlan  nurposh  et,  xoinlik,  g„arazlik  kabi 

behuda be‟maniliklar chang-g„ubori ila xira qilma. Agar shunday be‟maniliklarni 

qilsang,  insoniy  vazifangni  suiiste‟mol  qilgan  bo„lasan  va  jamiyat  qoshida 

mas‟uldirsan. 

      Ko„zimning nuri! 

      Davlat va xalq qoshida izzatli va obro„li bo„lishni istasang, jamiyat tomonidan 

senga berilgan vazifani chin ixlos bilan bajarg„il, vazifashunos bo„lg„il. Vazifasini 

tanimagan,  ado  qilmagan  odamlar  sharmanda,  sharmisor  va  nafratga 

sazovardirlar. 

     Ko„zimning qorachig„i! 

     Senga  jonidan  ham  ortiq  muhabbati  bo„lgan  otangning  rizosi  va  qalbining 

xush  bo„lishi  sening  zulm,  jabr  va  adolatsizlikdan  saqlanishing  bilan  hosil 

bo„lg„ay.  Angla,  o„g„lim,  jabr,  zulm,  adolatsizlik  yashinga  o„xshash  bo„lib, 

tushgan  joylarini  yangidan  ta‟mir  qilish  mumkin  bo„lmagan  darajada  yoqib, 

yondirib, parishon qiladir. Sening asl zotingda bo„lgan poklik, oliyjanoblik o„tkir 

zaharli  yaramas  hislarga  yo„l  qo„ymaydi,  deb  ishonaman.  Doimo,  adolatli, 

muloyim, tavozeli, shavqatli bo„l. 



 

67 


     Hayotim sarmoyasi! 

     Shu  kunlarda  o„z  tengdoshlaring  bilan  urishib,  ba‟zi  vaqtda  hatto 

yoqalashganingni  eshitib,  ko„nglim  parishon  bo„ldi.  Bilaman,  sen  arslon  kabi 

kuch-quvvatga  ega  bo„lgan  yigitsan.  Qahramonlik  faqat  kuch-quvvatni  iste‟mol 

qilishda  emas  qahru-g„azabni  yutishdadir.  Jon  o„g„lim,  qahru  g„azabli  bo„lma, 

muloyim,  shavqatli  va  marhamatli  bo„l.  Go„zal  hislatlaring  bilangina  hammani 

o„zingga  rom  aylaysan,  senga  ozor  berganlarni  xushmuomalang  bilan 

uyaltirasan. 

     Senga uzoq umr,

 

baxt-saodat tilab, so„zimni tamom qilaman, aziz o„g„lim  ”. 

( “Donolar o„giti” kitobi) 

     Bu matnda 



belimning quvvati, ko„zimning nuri, ko„zimning qorachig„i, hayotim 

sarmoyasi

 kabi tasviriy ifodalar qatnashgan  bo„lib, hammasining ma‟nosi 



farzand 

so„ziga teng keladi. 

    Darsni mustahkamlab bo„lgach, darsda faol qatnashgan o„quvchilar baholanadi. 

 

     Keyin 548-mashq uyga vazifa qilib beriladi. 




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə