O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/94
tarix08.06.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#116037
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma

Kodlash
 
– o`qilgan informatsiyani belgilangan qoidalarga muvofiq raqamli kodga 
aylantirish. 
O`qish jarayonida inson ishtirokining darajasi bo`yicha grafikaviy 
informatsiyani kiritish qurilmalari va avtomatik va yarim avtomatik qurilmalarga 
bo`linadi. 
Grafikaviy informatsiyani 
avtomatik kiritish qurilmalari
 
o`zgartirishning 
kuzatuvchi yoki yoyuvchi metodlaridan foydalanishadi. Birinchi holda ishchi organ 
abstsissa o`qi bo`ylab o`zgarmas tezlikda siljib berilgan egrilik chegarasini kuzatadi 
(o`zgartiriladigan egrilik ordinata o`qi bo`yicha ishchi organ og`ishining son 
qiymatlari ko`rinishida ifodalanadi). Ikkinchi holda abstsissa o`qi bo`ylab qandaydir 
qadamda ishchi organ tasvirni skanerlashni amalga oshiradi. Bunda berilgan egrilik 
bilan skanerlovchi nur kesishish nuqtalarining ordinatalari qayd qilinadi. Grafikaviy 
informatsiyani kiritish avtomatik qurilmalari faqat murakkab bo`lmagan rasmlarni, 
masalan bitta argumentning birgina ma’nosi bo`lgan funktsiyalarining grafiklarini 
kodlashda qo`llanadi, chunki murakkab tasvirlarni kiritayotgan tasvir elementlarini 
tanishda ancha qiyinchiliklar tug`iladi. [8] 


21 
Grafikaviy informatsiyani kiritish qurilmasi ishchi maydon – planshetga ega 
bo`ladi, unda hujjat hamda alfavitli-raqamli informatsiyani kiritish uchun alfavitli-
raqamli va funktsional klaviaturalar joylashadi. 
Planshetda ishchi organ koordinatalarini tavsiflovchi kodlarni olish usuli 
bo`yicha grafikaviy informatsiyani kiritish qurilmalarini optik-mexanik, setkali va 
boshqalarga bo`lish mumkin. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar. 
2. Uzliksiz egri va to`g`ri chiziqlar. 
3. Nuqtalar yoki ko`pburchaklar. 
4. Ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar. 
5. Uzliksiz egri va to`g`ri chiziqlar. 
6. Nuqtalar yoki ko`pburchaklar. 

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə