O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limi


 Ilmiy-tadqiqot faoliyati mazmuni



Yüklə 413,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/39
tarix24.02.2022
ölçüsü413,02 Kb.
#84100
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
ITI va IPI - 2021-2022

2.2. Ilmiy-tadqiqot faoliyati mazmuni 

 

Ilmiy faoliyatning I-bosqichi (1-semestr) 

 

Ilmiy faoliyatning 1-bosqichida talaba magistrlik dissertatsiyasi mavzusining 



dolzarbligini  asoslaydi,  tadqiqot  maqsadi  va  vazifalari,  tadqiqot  predmeti  va 

ob’ektini aniqlaydi, mavzuning o‘rganilganlik darajasini aniqlash maqsadida xorijiy 

va respublika ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil etadi, ma’lumotlar to‘playdi. Yetarli 

darajada yig‘ilgan materiallar asosida Magistrant dissertatsiya ishining adabiyotlar 

tahlili  qismini  faoliyatning  I-bosqichida  rasmiylashtirishi  shart.  Talaba  ilmiy 

faoliyatning 

I-bosqichi 

yuzasidan 

bajarilgan 

ishlari 


natijalari  

1-semestr  davomida  har  oyi  kafedra  yig‘ilishida  muhokama  qilinadi.  Kafedra 

yig‘ilishi qaroriga binoan semestr yakunida har bir magistrantning ilmiy faoliyati I-

bosqichi natijalari bo‘yicha magistratura bo‘limida talabaning ilmiy rahbari, kafedra 

mudiri  ishtirokida  barcha  bajarilgan  ishlari  bo‘yicha  hisoboti  eshitilib, 

attestatsiyadan  o‘tkaziladi.  Talaba  attestatsiyaga  dissertatsiya  ishining  adabiyotlar 

tahlili  qismini  to‘liq  rasmiylashtirgan  va  boshlang‘ich  materiallarni  attestatsiya 

hay’atiga taqdim etishi lozim. Dissertatsiyaning adabiyotlar sharhi, muammoning 

o‘rganilganlik  holatiga  bag‘ishlangan  qismi  (ikki-uch  qismdan  iborat  bo‘lishi 

mumkin) 15-20 bet atrofida bo‘lishi tavsiya etiladi. 

Talaba ilmiy faoliyatning I bosqichida quyidagilarga alohida e’tibor berishi 

tavsiya etiladi: ilmiy izlanishlar olib borish, kasbiy muammolarni aniqlash va ularni 

yechishning  umumiy  usullari  va  yo‘llarini  o‘rganish;  ilmiy  faoliyat  davomida 



14 

 

olingan  axborotlarni  qayta  ishlash  va  umumlashtirish;  tanlangan  mavzuning 



dolzarbligini  asoslash;  ilmiy-nazariy,  ilmiy-uslubiy  va  psixologik-pedagogik 

talablarni shakllantirish, qo‘yilgan masalani yechish usullarini ko‘rib chiqish va eng 

samaralisini aniqlash.  

Birinchi  bosqich  magistrantlari  1-semestrda  rejalashtirilgan  ilmiy-tadqiqot 

ishi davomida magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlashi, ilmiy rahbarni aniqlashi, 

ilmiy tadqiqot maqsadini belgilab olishi, tadqiqot vazifalarini aniqlashi, ilmiy rahbar 

bilan birgalikda magistrlik dissertatsiyasi rejasini ishlab chiqishi, tadqiqot predmeti 

va  ob’ektini  aniqlab  olishi,  kutubxonalardan  va  internetdan  mavzuga  doir 

ma’lumotlarni  to‘plashi  hamda  bajarilgan  ishlar  yuzasidan  yozma  hisobot 

tayyorlashi lozim. 

Birinchi  bosqich  magistrant  talabalar  1-semestrga  rejalashtirilgan  ilmiy-

tadqiqot ishi vaqtida magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligini asoslashi, 

dissertatsiyaning maqsad va vazifalari, tadqiqot predmeti, ob’ektini belgilab olishi, 

amaliy  ahamiyati,  ilmiy  yangiligi,  tanlangan  mavzuning  ishlanganlik  darajasini 

aniqlashi, tajriba-sinov ishlarini olib borish uchun kerakli materiallarni tayyorlashi 

kerak hamda kafedra majlisida tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslab, tuzilgan 

rejani himoya qila olishi lozim. 


Yüklə 413,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə