O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limi


III. MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI TAYYORLASH



Yüklə 413,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/39
tarix24.02.2022
ölçüsü413,02 Kb.
#84100
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
ITI va IPI - 2021-2022

III. MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI TAYYORLASH 

 

3.1

.

Magistrlik dissertatsiyasi bajarilishini nazorat qilish 



 

Magistrlik  dissertatsiyasi  tayyorlanishini  nazorat  qilib  borish  ilmiy  rahbar, 

kafedra mudiri va magistratura bo‘limi boshlig‘i zimmasiga yuklatiladi.  

Dissertatsiyaning  ilmiy  rahbari 

Magistrantning  shaxsiy  ish  rejasi 

o‘rnatilgan  tartibda  tasdiqlangandan  keyin  shaxsiy  rejaning  o‘z  vaqtida  va  sifatli 

ravishda bajarilib borishini muntazam nazorat qilib boradi. Dissertatsiya mavzusini 

yoritish  uchun  zarur  bo‘lgan  ilmiy  adabiyotlar,  internet  ma’lumotlari, 



18 

 

konferensiyalar materiallari, ulardan foydalanishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan 



joylari  bo‘yicha  muntazam  ravishda  magistrantga  maslahatlar  berib  boradi. 

Magistrantning dissertatsiya bo‘yicha olib borayotgan ilmiy izlanishlari yuzasidan 

tayyorlagan hisobotlarini, maqolalarini, konferensiya materiallarini ko‘rib chiqadi. 

Zarur bo‘lganda ularni tahrir qiladi. Dissertatsiyaning bosqichma-bosqich sifatli va 

talab  darajasida  hamda  belgilangan  muddatlarda  yozib  borilishini  nazorat  qiladi. 

Magistrantning  dissertatsiya  yuzasidan  olib  borayotgan  ilmiy  izlanishlarini, 

dissertatsiyaning  tayyor  bo‘lgan  qismlarini  kafedra  majlislarida  muhokama  qilib 

borish  uchun  taqdim  etadi.  Dissertatsiya  tayyor  bo‘lganidan  keyin  unga  xulosa 

tayyorlaydi. Xulosada:  

- dissertatsiya mavzusining dolzarbligi;  

- mavzuning mutaxassislik bilan bog‘liqligi;  

- tadqiqot yangiligining asoslanishi;  

- magistrantning ilmiy ish olib borishga qobiliyati;  

-  dissertatsiyada  materiallarning  tahlil  qilib,  umumlashtirilishi  va  ular 

yuzasidan chiqarilgan xulosalarning aniqligi;  

-  dissertatsiyaning  magistrlik  dissertatsiyasi  talablariga  mos  kelishi  kabi 

fikrlar aks ettirilishi lozim.  

Ilmiy rahbar tomonidan yozilgan dissertatsiya to‘g‘risidagi xulosada ishning 

dolzarbligi, ilmiy yangiligi, ilmiy va amaliy, ijobiy tomonlari aniq dalillar asosida 

atroflicha  tahlil  etilib,  dissertatsiyaning  tugallanganligi  ko‘rsatiladi  hamda 

baholanadi.  Dissertatsiya  yakunlanganligi  to‘g‘risidagi  ilmiy  rahbarning  xulosasi 

ilmiy rahbar tomonidan imzolanadi va u ishlayotgan OTM, tarmoq institutlari yoki 

buyurtmachi tashkilotlarning muhri bilan tasdiqlanadi.  


Yüklə 413,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə