1.4. Qayta tiklanmaydigan an’anaviy energiya manbalarining
chegaralanganligi va unga bog‘liq global va mintaqaviy muammolar
Ma’lumki, har bir davlat rivojlanishida tabiiy va mineral-resurs
boyliklarining mavjudligi muhim rol o‘ynaydi. Dunyo miqiyosida sanoatning
kengayishi va aholi sonining ortib borishi natijasida issiqlik va elektr energiyaga
bo‘lgan talablar ham ortib boradi [5].
11
Respublikamizda tabiiy boyliklar, xususan neft, gaz va ko‘mir zaxiralari
katta miqdorda mavjud bo‘lib, bular to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdan oldin dunyo
miqiyosidagi ushbu zaxiralarni tahlil qilamiz.
Mamlakatimizda neft zaxiralarining geologik ko‘rsatgichlari 5 mlrd. tonna,
balans zaxira ko‘rsatgichlar 530 mln. tonnani tashkil qilib, undan olinishi mumkin
bo‘lgan zaxira 0,1 mln. tonna, potensial yillik neft qazib chiqarish ko‘rsatkichi 3,5
mln.tonna atrofida. Neft qazib olish hududlari asosan Qashqadaryo va Buxoro
viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Qazib olingan neft qayta ishlash uchun “Buxoro
neftni qayta ishlash” zavodi, “Farg‘ona neftni qayta ishlash” zavodi va “Oltiariq
neftni qayta ishlash” zavodlariga yuboriladi.
1.1-Jadval.
2014 yilda dunyo miqyosida neft zaxiralari
Tartib raqami
va o‘rni
Davlat nomi
Zaxira,
mlrd. tonn
Davlatning
ulushi, % da
Jami:
266,29
100
1
Venesuela
46,6
17,50
2
Saudiya Arabistoni
36,7
13,78
3
Kanada
27,9
10,48
4
Eron
20,2
7,59
...
47
O‘zbekiston
0,1
O‘zbekistonda tabiiy gaz zaxiralari va qazib chiqarish ko‘rsatkichlari:
Geologik zaxira 5 trln.m
3
, aniqlangan zaxira 3,4 trln.m
3
ni tashkil qilib, yillik
gaz qazib olish ko‘rsatkichi 58 mlrd.m
3
atrofida tashkil qilib, asosiy gaz zaxiralari
Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo va Qoraqalpog‘iston viloyatlarida joylashgan.
Tabiiy gaz “Sho‘rtanneftgaz” MChj, “Muborak gazni qayta ishlash” zavodi,
“Muborakneftgaz” MChj, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” korxonalarida qayta
ishlanib, undan tovar gaz bilan birgalikda kondensat (yillik 2,0 mln tonna atrofida),
12
propan-butan fraksiyasi (yillik 584 ming tonna), polietelen granula (125 ming
tonna), oltingugurt (yillik 217 ming tonna) mahsulotlari ajratib olinadi.
O‘zbekistonda ko‘mir zaxiralari ko‘rsatkichlari:
Geologik zaxira 1,8328 mlrd tonna, prognoz zaxiralari 323,4 mln. tonnani
tashkil qiladi.
Ko‘mir qazib chiqarish maydonlari asosan Toshkent viloyati Angren tumani
va Surxondaryo viloyati Boysun tumanlarida joylashgan. Ko‘mirni qazib chiqarish
va tayyorlash hajmlari “Angren”, “Shargun” va “Boysun” ko‘mir qazib chiqarish
zavodlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
1.2-Jadval.
Dunyo miqiyosida gaz zaxiralari:
Tartib raqami va o‘rni
Davlat nomi
Zaxira, mlrd. tonn
Jami:
1
Rossiya
48,81
2
Eron
34,02
3
Qatar
24,681
4
Turkmaniston
9,967
......
23
O‘zbekiston
3,4
Respublikada elektr energiya ishlab chiqarish uchun 45 ta elektr stansiyalari
mavjud bo‘lib, 12,4 ming. MVt elektr energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega, bir
yilda 55 mlrd. kVt atrofida elektr energiya ishlab chiqariladi. Elektr energiya ishlab
chiqarish uchun respublikada qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 56% va
ko‘mirning 85% ishlatiladi[4].
Respublikamizda qayta tiklanmaydigan an’anaviy energiya manbalari va
miqdori jahon miqyosida qaraganda ham salmoqli bo‘lishiga qaramay, aholi
o‘sishi natijasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan energiya hajmining
pasayishini kuzatish mumkin.
13
Xususan, statistik ma’lumotlarga ko‘ra respublikamizda neft va gaz
zahiralari asosan 20–30 yilga aholini ehtiyojini qondirish imkoniyatiga ega.
Shunday ekan qayta tiklanmaydigan an’anaviy energiya manbalarining
chegaralanganligi va unga bog‘liq global va mintaqaviy muammolar to‘risida
to‘xtalib o‘tamiz.
Eng qimmatbaho hisoblangan neft va gaz zahiralarining tabiiy miqdori
kamayib borayotganligi, 2020 yillarga borib neft mahsulotga bo‘lgan kunlik talab
o‘rtacha 100,2 million barrel (626,8 ming litr) va tabiiy gazga bo‘lgan talab 5,5
trln.m
3
ga yetishi to‘g‘risidagi qilingan taxminlar bu borada o‘ta jiddiy xulosalarni
keltirib chiqarishini taqozo etadi. Haqiqatan ham, neft va gaz sanoati sohasining
shiddatli rivojlanishi neft va gaz «zangori olov» qadrini kundan-kunga
oshirmoqda. Ba’zi hisob-kitoblarga qaraganda, hozirgi vaqtda tabiiy gazning bir
yillik iste’moli dunyo miqyosida 3,1 trillion kub metrni tashkil etmoqda. Ba’zi
mutaxassislar tomonidan 2020 yildan keyin esa, ushbu talab 6 trillion kub metr
tabiiy gaz va kunlik ehtiyoj 103,2 million barrel neftga yetishi taxmin qilinayapti.
Jumladan, dunyo energiya resurslarining umumiy miqdorini 41,3% neft hissasiga
to‘g‘ri keladi [30].
1.3-Jadval.
Dunyo miqiyosida ko‘mir zaxiralari:
Tartib raqami va
o‘rni
Davlat nomi
Zaxira, mln. tonn
Davlatning
ulushi, %
Jami:
1
AQSh
237 295
26,62
2
Rossiya
157 010
17,61
3
Xitoy
114 500
12,84
4
Avstraliya
76 400
8,57
...
...
21
O‘zbekiston
1832,8
0,2
14
Eng qimmatbaho hisoblangan neft va gaz zahiralarining tabiiy miqdori
kamayib borayotganligi, 2020 yillarga borib neft mahsulotga bo‘lgan kunlik talab
o‘rtacha 100,2 million barrel (626,8 ming litr) va tabiiy gazga bo‘lgan talab 5,5
trln.m
3
ga yetishi to‘g‘risidagi qilingan taxminlar bu borada o‘ta jiddiy xulosalarni
keltirib chiqarishini taqozo etadi. Haqiqatan ham, neft va gaz sanoati sohasining
shiddatli rivojlanishi neft va gaz «zangori olov» qadrini kundan-kunga
oshirmoqda. Ba’zi hisob-kitoblarga qaraganda, hozirgi vaqtda tabiiy gazning bir
yillik iste’moli dunyo miqyosida 3,1 trillion kub metrni tashkil etmoqda. Ba’zi
mutaxassislar tomonidan 2020 yildan keyin esa, ushbu talab 6 trillion kub metr
tabiiy gaz va kunlik ehtiyoj 103,2 million barrel neftga yetishi taxmin qilinayapti.
Jumladan, dunyo energiya resurslarining umumiy miqdorini 41,3% neft hissasiga
to‘g‘ri keladi [30].
So‘nggi yillarda neft va gaz qazib chiqarish va eksport qilish uchun shiddatli
va ayovsiz raqobat boshlangani, ushbu neft va gaz mahsulotlari bilan bog‘liq
bo‘lgan iqtisodiy-siyosiy jarayonlar ham “qora oltin” neft va “zangori olov” tabiiy
gaz narxining keskin darajada o‘zgarib turishiga sabab bo‘layotganini ta’kidlash
lozimdir. Shu o‘rinda birgina har qanday qaltis harakatlar ham ba’zi bir davlatlar
o‘rtasidagi munosabatlarni tang ahvolga olib kelishi hamda turli nizolarni keltirib
chiqarishi mumkinligi e’tirof etilmoqda. Ayrim mintaqalar, eng birinchi navbatda,
Shimoliy Afrika va Yaqin sharqdagi siyosiy vaziyatning keskinlashuvi umum
xalqaro munosabatlarga ta’sir etayapti.
Saudiya Arabistoni, Quvayt, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarda
neft sanoati sohasidagi barqarorlikni kuzatish mumkin. Sayyoramizda kunlik neftni
qazib chiqarish va qayta ishlash ko‘rsatkichi bo‘yicha ham ushbu davlatlar
yetakchi o‘rinda. Birgina Saudiya Arabistonida o‘rtacha 8 million barrel miqdorida
neft qazib olinmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, «OPEK»ga a’zo
davlatlardagi neft zaxirasi ko‘rsatgichlari 80 yilgacha yetishi mumkin.
Shuning uchun ham ko‘pgina kuzatuvchilar iqtisodiyoti jadal ravishda
rivojlanayotgan mamlakatlarda ham energiya resurslari birlamchi masalaga
aylanganini ta’kidlashmoqda. Misol uchun, Xitoy davlatida tabiiy gazni iste’moli
15
yuzasidan mamlakatning global miqyosidagi ta’siri hali yuqori darajada emas.
Buning asosiy sababi Xitoy Xalq Respublikasida umumiy energiya iste’molidagi
tabiiy gazning hajmi ko‘mirning hajmidan anchagina pasayib ketgani bilan
izohlanadi, bu esa ko‘p ekologik muammolarga olib kelmoqda. Hozirga kelib,
Pekin ko‘mir ulushini tabiiy gaz hisobiga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Shuning
uchun ham mamlakat tabiiy gaz qazib olish va gaz quvurlari bo‘yicha xorijiy
mamlakatlar, hususan O‘zbekiston, Turkmaniston, Rossiya va Qozog‘iston
davlatlari bilan o‘zaro kelishuvga erishishga intilmoqda.
Yaponiyada ham vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Sababi, kunlik 6 mln.
barrelga yaqin iste’mol qilinayotgan neftning hammasi mamlakatga import
qilinadi. Tabiiy gazni iste’moli ham yiliga o‘rtacha 100 mlrd. metr kubni tashkil
qiladi.
Xalqaro kuzatuvchilar va sharhlovchilar hozirgacha o‘zlashtirilmagan,
Arktikada o‘lkan muzliklar ostida yotgan neft va gaz zaxiralari hozirgacha
aniqlangan dunyo zaxiralarning 22% ni tashkil qilishini ta’kidlashmoqda. AQSh
geologiya xizmati taqdim etgan ma’lumotlarni nazarda tutsak, Arktika ummoni
qa’rida dunyo gaz kondensatining qariyb 22-23 foizi va 75 milliard barrel neft
mavjud. Bu raqamlar esa Eron, Rossiya, Saudiya Arabistoni neft va gaz zaxiralari
miqdoriga yaqin. Shu jumladan, global isish natijasida Arktika muzliklarining
erishi kelajakda katta xavf tug‘dirayotganini aytish joizdir, u yerda neft va gaz
zaxirasi borligi xususidagi farazlarning kuchayishi esa Arktika hududiga da’vogar
davlatlar o‘rtasida vaziyatni juda chigallashtirmoqda.
O‘zbekiston miqyosida hozirgi vaqtda neftga bo‘lgan talab ortib borayotgani
va suyuq uglevodorodlarni ko‘paytirishga ma’lum darajada ehtiyoj bo‘lgani
sezilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan tabiiy gaz
tarkibidan suyuq uglevodorodlarni ajratib oluvchi yangi texnologiyalarga
asoslangan yirik korxonalar barpo etish ilgari surilmoqda va gazkimyo majmualari
va GTL texnologiyalari hamda slanets gazni qayta ishlash texnologiyalarini barpo
etish ishlari olib borilmoqda va loyihalar asosida qad ko‘tarmoqda [9].
16
GTL (gas to liquid) – bu texnologiya tabiiy gaz ya’ni metandan suyuq
uglevodorodlar olish hisoblanadi. Respublikamizda barpo etilayotgan GTL (gas
to liquid) texnologiyasi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida qurilish ishlari olib
borilmoqda. Bunda Yaponiyaning Hitachi Zosen kompaniyasi tomonidan sentetik
jarayon texnologiyalari (reaktor) tayyorlab berilmoqda [10].
Respublikamizda 2015 yilgi dasturga asosan qurilish ishlari olib
borilayotgan zavod tabiiy gazni sintez qilish orqali uglevodorod ajratib olish
texnologiyasi Yaponiyaning LTFT (Low Temperature Fischer-Tropsch) usulida
olib boriladi.
Dastlabki qurilish ishlari 2015 yilning yoz oyining oxirlarida boshlanadi.
2009 yilning noyabr oyida tuzilgan shartnomaga asosan “O‘zbekneftegaz”
MXKsi, Janubiy Afrikaning “Sasol” kompaniyasi va Malayziyaning “Petronas”
kompaniyalari kelishuviga asosan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” unitar shu’ba
korxonasi bazasida “Uzbekistan GTL” qo‘shma korxonasi tashkil etilgan. Bunga
ko‘ra “Uzbekistan GTL” qo‘shma korxonasida yiliga 4,5 millard m
3
tabiiy gaz
tarkibidan 304 ming tonna avia kerosin, 395 ming tonna naftin ya’ni neft
mahsulotlari, 11,2 ming tonna propan – butan fraksiyasi, 864 ming tonna dizel
yoqilg‘isi olinadi. Loyihani ishga tushirish davri 2017 yilda amalga oshiriladi.
Bunda umumiy qiymati 5,6 mlrd AQSh doll miqdorida mablag‘ sarflanishi ko‘zda
tutilgan bo‘lib, 11 % “Petronas” kopmaniyasi, 22,5 % “Sasol” kompaniyasi va
qogani “O‘zbekneftgaz” MXK si tomonidan mablag‘lashtirish rejalangan [18].
Slanets gazni qayta ishlash zavodi – O‘zbekiston Respublikasining Navoi
viloyatida mavjud bo‘lgan Sangruntau maydonida amalga oshiriladi. Slanets gaz
smola ko‘rinishda qattiq holatda bo‘lib, 1 tonna slanets gazdan 250
kilogrammgacha neft aralashmalari va 500 kilogrammgacha suyuq uglevodorod
olish mumkin. Bundan tashqari qolgan chiqindisini donna pechlarida yoqib issiqlik
olish imkonini beradi.
Respublikamizda slanets gaz miqdori 47 mlrd tonnani tashkil qilib, yotish
chuqurligi 600 metrdan iborat. Hozirgi vaqtda ushbu texnologiya uchun texnik–
iqtisodiy ko‘rsatgichi ishlari ustida ish olib borilmoqda.
17
Shuningdek, qayta tiklanmaydigan resurslarning chegaranganligini hisobga
olib, muqobil energiyalardan foydalanish yuzasidan bir qancha chora tadbirlar olib
borilmoqda. Shunday ekan, biz faqatgina yer ostidagi zaxiralarni qazib chiqarish
va qayta ishlash emas, balki, ma’lum ma’noda muqobil energiyalardan foydalanish
yuzasidan izlanishlar olib borishimiz joizdir.
Dostları ilə paylaş: |