O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   167
 
 
 


237
X BOB 
________________________________________________________ 
SHAXS RIVOJLANISH MEXANIZMLARI 
__________________________________________________________ 
1.
 Shaxs rivojlanishi va shakllanishini harakatga keltiruvchi kuchlar
Reja: 
1.Shaxs shakllanishi haqidagi nazariyalar 
2. Rus psixologiyasida shaxsning ta‘rifi 
3. Shaxsni ekperimental o‗rganish usullari 
Mavzuning o`quv maqsadi: 
talabalarni mavzuga oid nazariy bilimlar 
bilan tanishtirish va bo`lajak psixologlarda kasbiy mahoratni tarbiyalash. 
Darsning 
vazifasi

talabalarda 
shaxs 
psixologiyasi 
nazariy 
ma‘lumotlariga oid bilimlarini rivojlantirish. 
Tayanch tushunchalar: 
biogenetik qonun, sotsiogenetik nazariya, 
psixodinamik nazariya, shaxs shakllanishi. 
3.
 
Shaxs shakllanishi haqidagi nazariyalar 
Jahon psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi 
to‘g‘risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo‘lib, tadqiqotchilar inson 
shaxsini o‘rganishda turlicha pozisiyadan turib yondoshadilar va 
muammoning mohiyatini yoritishda ham o‘ziga xos yondashuvlarga 
egadirlar. 
Mazkur 
nazariyalar 
qatoriga 
biogenetik, 
sosiogenetik, 
psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish 
mumkin. 
Biogenetik nazariyaning
negizida yetilish bosh omil sifatida qabul 
qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb 
etib, ular bilan o‘zaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan
taraqqiyotning bosh omili biologik determinantlarga (aniqlovchilarga) 
qaratiladi va ularning mohiyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib 
chiqariladi. Taraqqiyot jarayonining o‘zi biologik etilishning universal 
bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller 
va Gekkellar kashf qilishgan. Biologik qonunga ko‘ra , shaxs 
psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy 
taraqqiyoti (filogenez)ning asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi. Bu 
yo‗nalish tarafdorlarining fikriga ko‗ra, insonning barcha psixik 
xususiyatlari, holatlari va o‗ziga xosligi uning biologik tuzilishi bilan bo-
liqdir, ularning rivojlanishi esa bevosita biologik qonuniyatlar ta‘siri ositida 
ro‗y beradi. Ular bu borada hayvonlarga tegishli xulq bilan insonlar 
o‗rtasidagi xulq ko‗rinishlariga chegara qo‗ymaydi. Bu yo‗nalish 
tarafdorlarining aksariyati shaxs rivojlanishini asoslashda biologik qonun 
bo‗lgan – rekaputilyatsiya (filogenezni qisqacha takrorlanishini) qonuniga 


238
tayanadilar. Jumladan, biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan 
bo‘lmish amerikalik psixolog S.Xoll ham psixologik taraqqiyotning 
"rekapitulasiya qonuni"ni shaxs rivojlanishining bosh qonuni deb hisoblaydi. 
Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim 
bosqichlarini takrorlaydi. Qayd etish lozim, bu yo‗nalish asosan fiziologlar 
orasida keng tarqalgan va I. P. Pavlov ham shu asosga tayangan
57
.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir yonalishi nemis "konstitusion 
psixologiyasi" (inson tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari 
tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negizida bir 
qancha biologik omillarni (masalan tana tuzilishining tipi va boshqalarni) 
kiritib, insonning jismoniy tipi bilan psixologik xususiyati o‘rtasida uzviy 
bog‘liqlik mavjud deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta 
guruhga ajratadi va uning bir boshida sikloid toifasiga xos (tez qo‘zg‘aluvchi, 
his-tuyg‘usi o‘ta barqaror) odamlar, ikkinchi uchida shizoid toifasiga 
(odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg‘usi cheklangan) xos 
odamlar turishini aytadi. Bu taxminni u shaxs rivojlanishi davriga 
ko‘chirishga harakat qiladi, natijada o‘smirlarda sikloid xususiyatlar - o‘ta 
qo‘zg‘aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o‘spirinlarda esa 
shizoidlik xususiyatlari bo‘ladi degan xulosa chiqaradi. Biogenetik 
nazariyaning namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell, S.Xoll 
taraqqiyotning biologik modeliga asoslanib ish ko‘radilar va bu jarayonda 
muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o‘zaro o‘rin almashinib turadi, 
degan xulosaga keladilar. Psixologiya tarixida biologizm nazariyasining eng 
yaqqol ko‘rinishi Zigmund Freyd
 
nazariyasida aks etgan. U shaxsning barcha 
xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan 
shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u jinsiy maylga (libidoga) bog‘liqdir,
degan fikrni asoslashga harakat qiladi va shaxs xususiyatlarining 
rivojlanishini ham shu omillarga bog‗laydi
58

Biologik nazariyaga qarama-qarshi bo‘lgan nazariya 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə