O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   167
1.
 
Individ, shaxs, individuallik. 
Shaxs deb konkret bir kishini aytamiz. Har bir kishi jamiyat a‘zosi 
bo‗lib, tarixan tarkib topgan muayyan ijtimoiy munosabatlar sharoitida 
yashaydi va ishlaydi. 
Shaxsni ta‘riflaydigan muhim psixologik belgilarga to‗xtab o‗taylik. 
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ, shaxs, 
individuallik tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog‗lom 
odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‗q, oddiy malakalarni o‗zlashtira 
olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan 
birinchisigina shaxs deb atash an‘ana tusiga kirib qolgan, chunki o‗sha 


22
zotgina ijtimoiy mavjudot, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy 
taraqqiyotning faol qatnashchisi bo‗la oladi. Individ sifatida yorug‗ dunyoga 
kelgan odam ijtimoiy muxit ta‘sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning 
uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadur.
Shaxsning eng muxim xususiyatli jixatlaridan biri – bu uning 
individualligidir, ya‘ni yakkaxolligidir. Individuallik deganda, insonning 
shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. 
Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, xolatlar, 
xodisalar, xukmron xususiyatlar yig‗indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson 
maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va 
shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o‗xshash tarzda 
aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan; yaqin odamdan ayrilganligi 
qayg‗u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo‗lmovchi va boshqalarda 
takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo‗nalishi bilan 
izohlash mumkin. Shaxs o‗zining qadr qimmatini va nuqsonlari bilan ijtimoiy 
turmushda faol ishtirok qilish, ta‘lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan 
o‗zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Yuqorida ta‘kidlab o‗tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni 
boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishiga ega ekanligidir. 
Ushbu yaqqol psixologik muammolarni hal qilish shaxsning mazkur 
tuzulishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat 
qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur masalaning qo‗yilishi dastavval ta‘lim 
va tarbiya extiyojlaridan, tashkilotchilikka oid faoliyat soxalari va boshqa 
extiyojlar zamiridan kelib chiqadi. Lekin bu masala ilmiy asosda hal qilish 
boshqa muammoni, ya‘ni shaxsni toifalarga ajratish uning eng muhim, 
mukammal tuzilishini aniqlash bilan bog‗liqdir. Darxaqiqat, shaxs 
tipologiyasi, shaxsni tipologik tahlil qilishning eng nozik, ibratli jihatlarini 
cheklab o‗tish, u xaqida yetarli darajada to‗la tasavvurga ega bo‗lishni 
hohlasak, uning eng umumiy tasvirini umumlashgan tarzda ta‘kidlab o‗tish 
lozim. 
Shaxs tuzilishi bilan bog‗liq bo‗lgan ikkinchi masala esa bunday 
tuzilishning bir qancha tarkibiy qismlarga ajratishni taqazo etadi. Binobarin, 
ushbu bo‗laklarning yig‗indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon 
psixologiyasi fanida psixologlar shaxsni psixologik tuzilishning tarkibiy 
qismlarini turli mohiyatiga asoslanib turkumlarga ajratishni tavsiya 
etmoqdalar.
Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik va ijtimoiy omilning, 
voqelikning ta‘siri ostida shakillangan inson shaxsida ikkita muhim qism 
bo‗lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur 
nazariyaga binoan ―ichki psixik‖ (―endopsixik‖ – yunoncha ―endo‖ ichki 
degan ma‘noni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan g‗oyani ilgari suriladi. 


23
Ushbu talqinga ko‗ra ―endopsixika‖ shaxsning psixik tuzilishining ichki 
qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarining o‗zaro bog‗liqligi aks 
ettiriladi. Uning negizida insonning nerv psixologik tuzilishi bilan 
―endopsixik‖ aynan bir narsa degan tushunchani tasdiqlash yotadi, go‗yoki u 
odam shaxsning ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning 
―ekzopsixik‖ qismi bo‗lsa shaxsning tashqi muxitiga nisbatan munosabatini 
shaxsga qarama-qarshi bo‗lgan barcha jihatlarini shaxslararo va ob‘ektiv 
munosabatini belgilaydi.
―Endopsixika‖ o‗z navbatida shaxsning ta‘sirlanishi, xotira, tafakkur, 
xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini irodaviy zo‗r berish 
xislatlarini, ixtiyorsiz xarakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi.
―Ekzopsixika‖ esa o‗z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va 
unining qiziqishlari, mayillari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, xukmron 
xissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab 
oladi. Tabiiy omilga ega bo‗lgan ―endopsixika‖ biologik shart-sharoitlargi 
bog‗liqdir aksincha ―ekzopsixika‖ ijtimoiy voqeliklar ta‘siri ostida yuzaga 
keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi.
Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog‗liq degan nazariyaning 
namayondalari bo‗lmish xozirgi zamon uzoq chet el psixologlari oqibati 
natijasida shaxsning tuzilishini o‗sha ikkita asosiy omillarga ya‘ni, biologik 
va 
ijtimoiy 
voqeliklarning 
ta‘siriga bog‗liq bo‗lgan tuzilishining 
mavjudligidan manfatdordirlar. Ob‘ekt – sub‘ekt munosabatini belgilaydi. 
―Endopsixika‖ o‗z navbatida shaxsning ta‘sirlanishi idrok, tasavvur, xotira, 
tafakkur, xayol jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo‗r berish 
xislatlarini aks ettiradi. ―Ekzopsixika‖ esa o‗z tarkibiga xos munosabatlarini 
tizimini va uning qiziqishlari, mayillara, ideallari ustanovkalari, mosligi, 
ustunlik qiluvchi, xukmron xissiyotlarini, egallagan bilimlarlarni qamraydi.

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə