O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`lim soxasi – sog`liqni saqlash 700200



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/136
tarix21.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t

Epidemiologiyasi
.   Aqliy  zaiflik  dunyoda  keng  tarqalgan  (1–3%).  Keyingi 
yillarda  aqliy  zaiflikning  sonining  bir  qancha  o’sganligi  kuzatilmoqda.  Buning 
sababi  tibbiyot  yutuqlari  tufayli  tug’ma  nuqsonlar  va  MNS  nuqsonlari  bilan 
tug’ilgan  bolalarning  tirik  qolishlari  va  umumiy  yashash  davomiyligining 
o’sishidir.  Bir  qator  mualliflarning  tasdiqlashicha,  aqliy  zaiflik  bilan  ko’pincha 
o’g’il bolalar aziyat chekadi.  
Etiologiyasi
. Aqliy zaiflikning etiologik omillarning ta’sir qilish vaqtiga qarab 
3–ta asosiy guruhga bo’linadi: 
1)
 
Nasliy, ya’ni generativ hujayralarning jarohatlanishi bilan bog’liq guruh. 
2)
 
ichki rivojlanish  davrida,  ya’ni homilaga ta’sir etishi bilan bog’liq guruh. 
3)
 
perinatal davr va 3 yoshgacha bo’lgan davr. 
Aqliy  zaiflikning  barcha  etiologik    omillarni  yana  endogen  va  ekzogen 
ta’sirlar  tufayli  kelib  chiqadigan  guruhlarga  bo’lish  mumkin.  Aqliy  zaiflikning 
etiologiyasini  aniqlashdagi  muvafaqqiyatlarga  qaramasdan,  ko’p  hollarda  noaniq 
qoladi. 
Aqliy  zaiflikni  etiologiya  va  klinikasi  aniq  bo’lgan  differentsiyalangan 
turidan  ajratib  turuvchi  differentsiyallanmagan  turiga  kiritish  mumkin.  Aqliy 
zaiflikni  keltirib  chiqaradigan  nasliy  omillar  bir  xil  emas,  shunday  aniq  bir  qoida 
o’rnatilganki,  bunda  aqliy  zaiflikning  chuqur  darajasi  nasllikning  retsessiv  tipida 
uchraydi,  shuning  bilan  birga  aqliy  zaiflikning  chuqur  emas  darajasi  nasliy 
omillarning dominant va poligen tipida uchraydi. 


Aqliy zaiflikning ko’pchilik autosom retsessiv turlari patogenezida moddalar 
almashuvi  bo’zilishi  (oqsil,  yog’,  uglevod)  katta  rol  o’ynaydigan  metabolik 
kasallik hisoblanadi. Bunga fenilketonuriya, galaktozemiya kiradi.  
Aqliy zaiflikning dominant naslga berilishida oila ichida klinik belgilarining 
o’hshashliklari  kuzatiladi,  bunga  bir  qator  oilaviy-nasliy  turlari  kiradi,  misol: 
Marfan sindromi va hokazo. 
Aqliy  zaiflikning  etiologiyasi  xromosomadagi  patologiyasi  katta  ahamiyati 
ega.  Tashqi  muhitning  ayrim  noqulay  sharoitlarida  xromosomalar  jarohatlanadi, 
natijada anomal xromosoma kompleksiga ega zigota hosil bo’ladi. 
Insonning xromosoma kompleksining sonining yoki strukturasini o’zgarishi 
aqliy  zaiflikning  kelib  chiqishiga  sabab  bo’ladi.  Yana  shunisi  aniqki,  ionli 
radiatsiya,  ko’p  kimyoviy  moddalar,  ayrim  dorilar,  metabolizmning  endogen 
buzilishi,  organizmning  qarishi,  virus  infektsiyalari  va  tashqi  muhitning  boshqa 
omillari ham  mutagen qobiliyatga egadir. Aqliy  zaiflikning etiologik omillarining 
boshqa  guruhi  homiladorlik vaqtida  ona  organizmi  orqali homilaga ta’sir  etuvchi, 
bolaning  postnatal  davridagi  1  -  yilida  bosh  miyani    jarohatlaydigan  endogen 
zararlar tashkil etadi. 
Miyaning  rivojlanmay  qolishi  va  tug’ma  aqliy  zaiflikning  genezida 
internatal gipoksiya va tug’ma jarohatlar ahamiyatga ega. 
Homiladorlik 
paytida 
onadagi 
qon 
va 
buyrak 
kasalliklari, 
endokrinopatiyalar,  va  yurak-qon  tomir  etishmovchiligi  singari  og’ir  surunkali 
kasalliklar ham homilaning rivojlanishining buzilishiga olib keladi. 
Asfiksiya  va  tug’ma  jarohatlarning  rivojlanishiga  olib  keladigan  omilarga 
quyidagilar  kiradi:  toksikozlar  va  homilaning  vaqtidan  o’tib  ketishi,  homilaning 
noto’g’ri joylashishi, klinik tor chanoq, tez yoki uzoq tug’ishlar, kindik tomirdagi 
qon  aylanishning  buzilishi.  Ona  qornida  rivojlanish  davrida  homila  miyasi 
rivojlanishining  buzilishiga  olib  keladigan  patogen  omillarning  ichida  infeksiya 
katta  rol  o’ynaydi.  Onaning  infeksiya  kasalliklarining  homilaga  patogen  ta’sir 
etishi,  viruslar  platsenta  orqali  homila  qoniga  o’tishi  bilan  bog’liqdir.  Homila 
uchun  neyrotrop  ta’sirga  ega  bo’lgan,  qizamiq,  qizilcha,  gripp,  infeksion  gepatit, 
listerioz,  tsitomegaliya  kabi  virusli  infeksiyalar  eng  xavfli  hisoblanadi.  Aqliy 
zaiflikning  hosil  bo’lishida  toksoplazmozlarning    roli  haqida  ham  juda  ko’p 
ma’lumotlar bor. Ota-onalardagi zaxm kasalligi ham sabab bo’lishi mumkin. Lekin 
so’nggi o’n yillikda aqliy zaiflikning lyutik turlari kam uchramoqda. 


Aqliy  zaiflikning  genezida  homiladorlik  vaqtida  onasi  qabul  qilgan  ayrim 
dori  moddalari  (antibiotiklar,  sulfanilamid,  bartituratlar)  va  homila  tushuruvchi 
dorilar xam katta ahamiyatga ega. Aqliy zaiflikning kelib chiqishida ota-onalardagi 
xronik  alkogolizm  ham  ahamiyatga  ega.  Hozirgi  vaqtda  homilaning  alkogol 
sindromi  aniqlangan.  Postnatal  davrda  aqliy  zaiflikning  etiologik  omillari  sifatida 
neyroinfeksiyalar (meningit, ensefalit, meningoensefalit) distrofik kasalliklar, og’ir 
zaharlanish,  umrining  birinchi  yilida  boshidan  kechirgan  boshqa  kasalliklarga 
qaraladi.  Aqliy  zaiflikning  keltirib  chiqaruvchi  ekzogen  omillarga  ona  bola 
qonining  rezus-faktor  va  AVO  omili  bo’yicha  immunologik  to’g’ri  kelmasligi 
kiradi.  Chet  el  adabiyotlarida  aqliy  zaiflikning  hosil  bo’lishida  va  ijtimoiy 
omillarning  etiologik  roli  keng  tahlil  qilingan.  Ijtimoiy-kultural  deprivasiya, 
ayniqsa, bola umrining birinchi yilida ruhiy rivojlanishning buzilishiga olib keladi. 
Bu  bolalar  «maugli».  Shunday  qilib  aqliy  zaiflikning  etiologiyasi  juda  ham  har 
xildir.  Aqliy  rivojlanishdan  ortda  qolish,  nasliy,  endogen  –  organik  va  mikro-
ijtimoiy muhit omillar sababli kelib chiqadi. 
Kasallik  bir  tarafdan  shu  omillarning  birining  ta’siri  natijasida,  boshqa 
tarafdan esa ko’p patogen zararlarning o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Aqliy 
zaiflikni  emlash  va  oldin  olishda  asosiy  etiologik  omilni  ajratish  juda  ham 
muhimdir. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə