O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Massiv - elementlari bir turga tegishli, ketma-ket joylashgan va umumiy nomga ega bo’lgan tuzilmadir. Yozuv



Yüklə 18,82 Mb.
səhifə155/162
tarix30.12.2022
ölçüsü18,82 Mb.
#98054
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   162
МТ Мажмуа МАЪРУЗАЛАР

Massiv - elementlari bir turga tegishli, ketma-ket joylashgan va umumiy nomga ega bo’lgan tuzilmadir.
Yozuv – maydon deb ataluvchi chekli sondagi ma’lumotlar tuzilmasidir. Turli maydon o’zgaruvchilari turli turga tegishli bo’lishi mumkin.
Jadval - bu yozuvning chekli majmuasidir.
Kalit – bu yozuv identifikatori. Ushbu identifikatorni saqlash uchun maxsus maydon ajratiladi.
Qo’shma kalitbu shunday kalitki, u ikkidan ortiq maydonni o’z ichiga oladi. Ro’yxat – bu bir turga tegishli bo’lgan elementlar ketma-ketligidir.
Ro’yxat uzunligi – bu ro’yxatni tashkil etuvchi elementlari soni. Umumiy holda ro’yxat elementlari soni chegaralanmagan va dastur bajarilishi mobaynida o’zgarib turishi mumkin mumkin.
OXKT- bu ommaviy xizmat ko’rsatish turlari bo’lib, ularga stek, navbat va deklar kiradi. Umuman olganda, ular tizimga kelib tushayotgan talablarga xizmat ko’rsatish tartibini aniqlab beradi.
Navbat (FIFO - First input-First outpu) – bunda tizimga kelib tushgan birinchi talabga birinchi bo’lib xizmat ko’rsatiladi va tizimdan chiqariladi.
Stek (LIFO - Last input - First output) - bunda tizimga kelib tushgan oxirgi talabga birinchi bo’lib xizmat ko’rsatiladi va tizimdan chiqariladi.
Dek (DEQ - Double Ended Queue) – bu ikki chetga ega bo’lgan navbatdir. Talabga xizmat ko’rsatish tizimning har ikkala tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Bog’langan ro’yxat – bunda ro’yxatni tashkil etuvchi elementlar orasidagi bog’liqlik ko’rsatkichlar orqali amalga oshiriladi.
m bog’lamli ro’yxat – bunda tuzilma elementlari ko’pi bilan tuzilmaning m ta elementi bilan bog’langan bo’ladi.
Bo’sh ro’yxat – bunda ro’yxatni tashkil etuvchi elementlar mavjud emas.
Chizi_li ro’yxat – bunda ro’yxatni tashkil etuvchi elementlar orasidagi bog’liqlik qat’iy tartiblangan bo’lib, element ko’rsatkichi o’zidan bitta navbatdagi yoki
bitta oldingi element adresini o’z ichiga oladi.

Yüklə 18,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə