O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali



Yüklə 218,43 Kb.
səhifə1/12
tarix05.04.2022
ölçüsü218,43 Kb.
#85066
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
TDIU SF Zakovat buyruq






O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

BUYRUQ

20____ Yil “___”___________ T/r ______ Samarqand Shahri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlnatirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-96-son qarori ijrosi to‘g‘risida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PQ-96-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida

BUYURAMAN:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PQ-96-son qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Oʻquv ishlari boʼyilcha direktor oʻrinbosari F.Axrorov, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi boshligʻi I.Gʼaniyev, Yoshlar bilan ishlash, manaʼniyat va maʼrifat boʼlimi boshligʻi Y.Isomiddinov, Bosh buxgalter R.Eshaliyev, Iqtisodiyot fakulteti dekani X.Turdibekov va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi filial yoshlar yetakchisi B.Baxodirovga:

2.1. Filialda “Zakovat” intellektual klubi tashkil etilsin va klubning nizomi


1-ilovaga muvofiq, klubning koordinatori va tashkiliy guruhi aʼzolari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2.2. “Zakovat” intellektual klubi faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun alohida xona ajratilsin.

2.3. “Zakovat” intellektual klubi uchun ajratilgan xonani jihozlash choralari koʻrilsin.

2.4. “Zakovat” intellektual klubi mashgʻulotlari va musobaqalari tashkil qilinganda, filialdan masʼul xodimlariga tomonidan vakolatlari doirasida mashgʻulotlar hamda musobaqalarni tashkillashtirishga amaliy yordam koʻrsatilsin.

2.5. Filialning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan “Zakovat” intellektual klubi koordinatoriga bir oylik ish haqining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama toʻlab berish koʻzda tutilsin.

3. Devonxona mudirasi N.Shukurova mazkur buyruq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi” PQ-96-son qarori barcha direktor oʻrinbosarlari, fakultet dekani boʻlim boshliqlari hamda kafedra mudirlariga maʼlumot va ijro uchun yetkazilishini taʼminlansin.



Yüklə 218,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə