O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

4.3.Xizmatlar paketi. 
 
Kompleks xizmat ko‗rsatish o‗z ichiga turistik xizmatlar to‗plami turpaketni 
oladi. Turizmda xizmatlar turli tumandir: joylashtirish, ovqatlantirish, tashish, 
ekskursion, dam olish-ko‗ngilochar va maishiy xizmatlar, sport va kurort dasturlari, 
turistik safarlar va h.k. 
Turistik amaliyotda asosiy va qo‗shimcha xizmatlar tushunchalari amal qiladi. 
Ular o‗rtasida qanday farq bor? Iste‘molchilik hususiyatlari nuqtai nazaridan ular 
o‗rtasida hech qanday farq mavjud emas. Ekskursiyalar agar ular turning narxiga va 
kompleks xizmat ko‗rsatishiga kiritilgan bo‗lsa ular asosiy xizmatlar hisoblanadi, ammo 
agar turist o‗z hohishiga binoan to‗langan turga qo‗shimcha ravishda yana biror 
ekskursiyani harid qilsa, bu qo‗shimcha xizmatga aylanadi. Shunday qilib asosiy va 
qo‗shimcha xizmatlar o‗rtasidagi farq ularning turist tomonidan dastlabki sotib olingan 
turga aloqadorligiga bog‗liq. 
Amaliyotda asosiy turistik mahsulot bu xizmat ko‗rsatish kompleksidir, ya‘ni 
turistlarga yagona paketda sotiluvchi xizmatlarning standart to‗plami. Xizmatlar paketi 
(turpaket) - turoperator tomonidan yaratilgan va ma‘lum xizmatlar to‗plami: tashish, 
joylashtirish, ovqatlanish, ekskursiyalar va h.k. xizmatlar to‗plamidan iborat turistik 
mahsulotdir. Turdagi xizmatlar paketi turist tomonidan tanlangan turistik dam olish turi 
bo‗yicha ularning ehtiyojlari va sayohat maqsadidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. 
Tur va uning paketini shakllantirishda turistlar bilan ishlashning ikki varianti mavjud:
1) buyurtmali turlar sotilishi; 


28 
2) inklyuziv turlar sotilishi. 
Buyurtmali tur.
Buyurtmali turlarning sotishda dasturni shakllantirish va 
xizmatlar tarkibini yaxlitlash turist hohishiga binoan, uning bevosita ishtirokida amalga 
oshiriladi. Turistga taklif etilayotgan dam olish maskanida turli xil tur xizmatlarning har 
biri bo‗yicha turli xizmat ko‗rsatish variantlari taklif etiladi: 

joylashtirish-joylashgan joyi va turi, darajasi bo‗yicha turli xil mehmonxonalar

ovqatlanish-turli variantlar (to‗liq yoki to‗liq yarim pansion, yoki umuman 
ovqatlanishsiz) shved stoli yoki ―alya kort‖ va x.k.; 

ekskursiyalar, harid-ko‗ngilochar xizmatlar; 

transport xizmatlari – aviauchish variantlari, temiryo‗l tashuvlar, avtomobil 
ijarasi va h.k. variantlari; 

sport va davolanish kurort xizmatlari

viza xizmatlari, shuningdek sug‗urta xizmatlari. 
Yuqorida aytilganidek bunday turlarni tuzishda turistning o‗zi bevosita ishtirok 
etadi. Turist tomonidan talangan xizmatlar tur dasturiga shakllantirladi. Narx hisoblanadi, 
uni turist turpaketga ega bo‗lgach to‗laydi. Odatda bunday buyurmalar agentliklarda 
shakllantiriladi va so‗ng joriy uchun turoperatorga yo‗naltiriladi. Buyurtmalarning tez va 
sifati ajralishini ta‘minlash uchun bugungi kunda xalqaro turizmda turagentliklar va 
operatorlik kompaniyalari tomonidan zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan 
foydalanmoqda. Xalqaro turizmda paketni yaxlitlash muammolari, narxni hisoblash va 
turni sotishni operativ hal qilish uchun kompyuter va telefaks aloqasidan keng 
foydalaniladi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə