9
R =
360°
2π
∙ S
(1.2)
formula yordamida hisoblab chiqarsh mumkin, S- meridianining 1
°
yoyi uzunligi
qiymati.
Geodeziya
fani
qadimgi
zamondamadaniy mamlakatlardan bo’lgan
Arabiston, Xitoy, Hindiston va O’rta Osiyoda
matematika, astronomiya fanlari bilan bir
qatorda
taraqqiy
etgan.
Bu
sharqiy
mamlakatlarning
buyuk
olimlari
yerning
kattaligini aniqlash ustida ko’p ish qilganlar.
Masalan, IX asrning boshlarida arab halifasi
ma’lum topshirig’i bilan Mesopotamiya tekisligida yer sharining kattaligini aniqlash
maqsadida gradus o’lchash ishi olib borilgan. Bu ishga Xalid Abdumalik al
Merverrudi, Ali ibn al Asturlabi va Ahmad ibn al Buhturiy az Zarra rahbarlik qilgan.
Shu vaqtda ma’mun halifalikining siyosiy va ilmiy markazi Bog’dod shahri
observatoriyasida ishlayotgan xorazmlik ulug’ matematik va astronom, hozirgi
zamon algebrasining asoschisi Muhammad ibn Muso Xorazmiy (VIII asr oxiri IX
asr boshlari) ham qatnashgan. Olimlar o`lchahs ishlari natijasida yer shari
meridianining 1
°
yoyi uzunligi 52,27 arab miliga (1 arab mili 1973,2 m) yoki hozirgi
o’lchov birligida 111,8, km ga teng ekanligini aniqlaganlar. Hozirgi ma’lumotlarga
ko’ra, meridian 1
°
yoyining o’rtacha uzunligi 111,2 km; demak, yuqorida aytilgan
gradus o’lchash ishlari o’z davri uchun ancha aniq bajarilgan hisoblanadi.
Yerning kattaligini aniqlash maqsadida o’tkazilgan gradus o’lchashlarda eng
qiyin ishlardan biri bir-biridan juda uzoq masofada joylashgan ikki nuqta orasidagi
masofani o’lchash bo`lganligi sababli olimlar shu davrda yer yuzidagi uzoq
masofani o’lchamasdan turib,Yer shari kattaligini aniqlash usulini yaratish ustida ish
olib borishgan. Bu usullardan biri balandligi ma’lum bo’lgan tog’ tepasida turib
gorizontni pasayish burchagini o’lchash yo’li bilan meridianning 1
°
yoyi uzunligini
aniqlashdir. Bu usuldan birinchi bo’lib IX asrning oxirlarida astronom Abu Tayib
Sind Ali va o’zbek olimi Abu Rayhon Beruniy (973-1052 yillar) foydalangan. Yer
shari kattaligini aniqlashda shu usulni qo’llashgan. Abu Rayhon Beruniy
Dostları ilə paylaş: