5
1- BOB. GEODEZIYA FANI, UNING VAZIFALARI VA XALQ
XO`JALIGIDAGI O`RNI
1.1.Geodeziya fani , boshqa fanlar bilan bog`liqligi va vazifalari
Geodeziya fani -Yerni shakli va kattaligini o’rganishda, geodeziko`lchash
asboblari(teodolit, ruletka, nivelir va boshqa o`lchash asboblari) yordamida yer
yuzida joylashgan nuqtalarninisbiy balandliklarini, bir-biriga nisbatan o’rnini
aniqlashda, yer yuzini plan, xarita, profilini tuzishda,temir yo`llarni,avtomobil
yo`llarini, muhandislik inshoot va binolarni barpo qilishda,bajariladigan o’lchashlar
nazariyasi va amaliyoti haqidagi fanlardan asosiysi bo`lib hisoblaniladi.Shu bilan
birga geodeziya Yerning geometrik shaklini ,tuzilishini, yer yuzasida ma'lum
tartibda olingan nuqtalarning koordinatalari va shu nuqtalarning balandliklarini
qabul qilingan tizimda (sistemada) aniqlash, turli ilmiy-amaliy maqsadlar uchun
zarur bo‘lgan geodezik ishlarni bajarish usullarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi
asosiy fanlardan biridir.
Dostları ilə paylaş: