29
Mikrofibrillyar tuzilmalar tarkibiga aktin, miozin, aktinin, tropomiozin oqsil-
lari kiradi. Bu oqsillar membrana ostida mikrofilamentlardan iborat to'rni hosil qi-
ladi.
Tayanch-qisqarish tizimining yana bir komponenti mikronaychalar.Ularni
tarkibi 80% tubulin oqsilidan iborat. Mikrofibrillalar singari mikronaychalar o'zi
yig’ilib va tarqalib turadigan tizim.
Mikrofibrillalar va mikronaychalar plazmatik membrana o'simtalarini mikro-
tukchalar, kiprikcha, xivchinlarni hosil qilishda ishtirok etadilar.
Hayvon hujayralari yuzasida ko'p uchraydigan o'simtalar mikrotuk-
chalardir.Ular sitoplazmaning hosilalari bo'lib plazmatik membrana bilan o'ralgan
bo'ladi. Qalinligi 100 nm. Ichak epiteliysining 1-ta hujayrasiga 3000 ta mikrotukcha
to'g’ri keladi. Mikrotukchalar orasidagi plazmatik membrana qismlari zich glikoka-
liks bilan to'lgan bo'lib shu joyda moddalar ichkariga so'riladi. Vazifasi oxirgacha
o'rganilmagan, asosan so'rish maydoni hajmini kattalashtiradi.
Plazmatik membrana o'simtalarining yana bir ko'rinishi kiprikcha va xivchin.
Plazmatik membrana bilan o'ralgan bo'lib, asosida bazal tanachasi bo'lgan
mikronaychalardan tuzilgan. Diametri 200 nm., uzunligi 200 mkm. Kiprikcha 1 ta
bo'lsa xivchin deyiladi. Hayvon hujayralarida uchraydi, o'simliklarda erkak gamet-
alarda hosil bo’ladi. Vazifasi harakat.
Har bir kiprikchaning asosida bazal tanacha joylashib u hosil qilgan
mikronaychalar kiprikchani ichini to'ldirib turadi. Har bir kiprikchani hosil qilishda
9 ta duplet periferik va 2 ta markaziy mikronaychalar ishtirok etadi(9x2)+2. Du-
pletlarni markaziy mikronaychalar bilan dinein oqsilidan iborat tuzilma bog’lab tu-
radi.
Bazal tanachani hosil qilishda 9 ta mikronaychalarning tripletlari ishtirok
etadi (9x3)+0.
Dostları ilə paylaş: