O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

ergastoplazma
 uchraydi. Bi-
rinchi  ko'rinishi  metabolik  jarayonlari  sust  boradigan  hujayralar  uchun  xos  bo'lsa, 
ergastoplazma  faol  sintezlovchi  hujayralar  uchun  xosdir.  Masalan:  jigar  yoki  nerv 
hujayralarida  siyrak  joylashgan  membranalardan  iborat  bo'lsa,  oshqozonosti  bezi 
hujayralarida endoplazmatik to’r zich joylashgan(8rasm). 
Membranalari  yuzasida  polisomalarning  joylashganligi  uning  oqsil  sintezida 
ishtirok  etishidan  dalolat  beradi.  Endoplazmatik  to’r  elementlarida  hujayraning  bir 
qism oqsillari sintezlanadi. 
Olimlar  shu  narsaga  e'tibor  berishganki,  aktiv  o'suvchi,  ko'payuvchi,  faol 
oqsil sintezlovchi hujayralar bazofil sitoplazmaga ega (asosiy bo'yoqlarni qabul qi-
luvchi)  sitoplazmaning  bunday  bazofiliyasi  RNK  ko'p  bo'lishi  bilan  boqliq.  Shuni 
aytib o'tish kerakki, hujayra RNKsining asosiy miqdori ribosomal RNKdir. Demak 
sitoplazmaning bazofil qismi ribosomalarga boy bo'lib ularda faol oqsil sintezi bo-
radi. Ribosomalarning joylashish tartibi hamma hujayralarda turlicha. Masalan: em-
brional, regeniratsiyalanuvchi, shish  ya'ni bo'linuvchi hujayralarda ribosomalar  en-
doplazmatik  to’r  bilan  kam  miqdorda  bog’lanadi.  Ularning  asosiy  soni  gialoplaz-
mada polisomalar ko'rinishida joylashadi. 
Bo'linish  qobiliyatini  yo’qotgan,  yuksak  darajada  takomillashgan,  faol  oqsil 
sintezlaydigan  hujayralar  (oshqozonosti  bezi)  gialoplazmasida  erkin  ribosomalar 
kam uchraydi , ularning asosiy qismi endoplazmatik to’r membranalariga birikkan 
bo'ladi. 


 
36 
Bu  kuzatuvlardan  shu  narsa  ma'lum  bo'ldiki,  gialoplazmadagi  polisomalar 
ko'rinishidagi  ribosomalarda  hujayraning  o'z  hayot  faoliyati  uchun  kerak  bo'lgan 
oqsillarni  sintezlanadi.  Endoplazmatik  to’r  bilan  bog’langan  ribosomalarda  hujay-
radan  tashqariga  chiqariladigan  “eksport”  oqillari  sintezlanadi.  Masalan: 
oshqozonosti  bezi  hujayralari  ovqat  hazm  qilishda  ishtirok  etadigan  oqsil-
fermentlarni  lipaza,  nukleaza  kabilarni  sintezlab  chiqaradi,  jigar  hujayralarida  qon 
albumini, so'lak bezida amilaza sintezlanadi. 
O'simlik  hujayralarida  ham  bu  narsa  kuzatiladi.  Oqsilli  mahsulotni  ishlab 
chiqaruvchi bezli hujayralar ergastoplazmaga boy. 
Boshqacha qilib aytganda, ko'p hujayrali organizmlarda ergastoplazmaga boy 
hujayralarda hujayradan chiqariladigan va boshqa hujayralar faoliyati yoki umuman 
organizm uchun kerak bo'lgan oqsillar sintezlanadi. 
Bir  hujayraliklarda  ham  eksport  oqsillari  ishlab  chiqaruvchi  donador  en-
doplazmatik  to’rni  ko'rish  mumkin.Ular  orasida  hujayradan  tashqarida  ro'y  beradi-
gan hazm jarayonlarida ishtirok etadigan oqsili va glikokaliks oqsillari mavjud. 
Undan tashqari donador endoplazmatik to’r hujayra ichi hazm  jarayonlarida 
ishtirok etuvchi oqsil-fermentlar sintezida ishtirok etib, bu fermentlar fagositar yoki 
pinositar vakuolga tushib makromolekulalarni parchalaydi. 
Donador endoplazmatik to’r membranalarida sintezlangan oqsillar hujayran-
ing  o'zi  uchun  kerakmas  bo'lib,  xatto  zararlidir.  Ovqat  hazm  qilish  bezlarida  ko'p 
miqdorda  gidrolitik  fermentlar  sintezlanadi.  Bu  fermentlar  gialoplazmaga  chiqsa 
hujayra avtolizga (o'z-o'zini eritishga) uchraydi. Lekin bu xol ro'y bermaydi, chunki 
sintezlangan  mahsulot  granulyar  endoplazmatik  to’r  membranalardan  oraliq  en-
doplazmatik  to’r  vakuola  bo’shliqlariga  o'tadi  va  gialoplazmadan  izolyatsiyalanadi 
(ajratiladi).  Bunday  oqsillarning  to'planishi  yopiq  membranalar  ichida  ro'y  beradi. 
Oraliq  endoplazmatik  to’r,  granulyar  va  silliq  endoplazmatik  to’rlar  orasida  joy-
lashib uning yuzasida ribosomalari bo'lmaydi.  
Demak, oraliq endoplazmatik to’r sintezlangan oqsillarni hujayraning boshqa 
tuzilmalaridan izolyatsiyalashda (alohidalashda) ishtirok etadi. Oraliq endoplazmat-
ik  to’rdan  bu  oqsillar  Golji  apparati  membranalariga  o'tib  hujayradan  chiqariladi. 
Oraliq endoplazmatik to’r bu oqsillarni kanallar va vakuolalar bo'ylab tashiydi, bu 
jarayon ATF sarfi bilan boradi. 
Undan tashqari donador endoplazmatik to’r kanalchalari va vakuolalari ichida 
sintezlanagan oqsilning konsentrasiyalanishi, ya'ni yirik sekret granulalariga aylani-
shi kuzatiladi. 
Umumlashtirib  aytganda,  donador  endoplazmatik  to’r  vazifasi  membralalari 
yuzasida  joylashgan  polisomalari  ishtirokida  eksport  oqsillarini  sintezlash,  ularni 
hujayraning  boshqa  tuzilmalaridan  membrana  bo’shliqlari  ichida  izolyatsiyalash-
ajratish,  bu  oqsillarni  hujayraning  boshqa  kompartmentlariga  tashish  va  ularning 
kimyoviy modifikatsiyasida ( o'zgarishida) ishtirok etish. 
Prokariotlarda  endoplazmatik to’r  tizimi  yo’q  ,  lekin ko'pgina  bakteriya  hu-
jayralari  tashqi  muhitga  plazmatik  membrana  yuzasidagi  makromolekulalarni  par-
chalashda  ishtirok  etadigan  ekzofermentlar  ishlab  chiqaradilar.  Bakteriya  hujay-


 
37 
rasidagi ribosomalarning bir qismi plazmatik membrana bilan bog’langan. Taxmin 
qilinishicha  bu  ribosomalarda  eksport  oqsillari  sintezlanadi.  Sitoplazmadagi  erkin 
ribosomalarda esa hujayra ichidagi metabolik jarayonlar uchun kerakli oqsillar sin-
tezlanadi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə