60
Bazal tanacha, kiprikcha, xivchin
Turli organizmlarning hujayralari harakat a'zolariga –xivchin va kiprikcha-
larga ega. Sitoplazmada kiprikcha va xivchinlar asosida mayda granula-bazal
tanachalarni ko'rish mumkin.
Kiprikcha sitoplazmaning uzun silindrsimon o'simtasi bo'lib, tashqi tomondan
plazmatik membrana bilan o'ralgan. O'simta ichida aksonema joylashib
mikronaychalardan tuzilgan bo'ladi.
Bazal tanacha tuzilishi jihatidan sentriolga o'xshash bo'lib, mikronaychalarn-
ing 9 ta tripletidan, dastachalar, vtulka(silindrcha) va naylardan tuzilgan. Ko'pincha
kiprikchalar asosida ikkita bazal tanacha yotadi.
Kiprikcha tashqi tomondan plazmatik membranadan va ichi aksonemadan
tashkil topgan. Aksonema tashqi devorini hosil qilishda mikronaychalarning 9 ta
dupleti ishtirok etadi. Periferik dupletlardan tashqari aksonemaning markazida yana
ikkita mikronaychalar joylashadi(18rasm). Kiprikcha mikronaychalari tizimini
(9x2)+2 (sentriolaniki (9x3)+0 edi) deb ifodalanadi. Dupletlarda 13 subbirlikdan
tuzilgan A va 11 subbirlikdan tuzilgan B mikronaychalar farqlanadi. A
mikronaychadan B mikronaychaga dastachasi chiqqan bo'ladi. A mikronaychadan
markazga qarab bog’lamcha chiqqan bo'lib, u markazdagi mikronaychalarni o'rab
turgan tuzilmaga yo'nalgan.
Bazal tanacha va aksonema bir-biri bilan bog’langan bo'lib, bazal tanacha tri-
pletining A va B mikronaychalari o'z davomini aksonema dupletidagi A va B
mikronaychalarda topadi.
|