Xotira – o‘tmish tajribannig esda olib qolinishi, saqlanishi va qayta esga tushirilishidan iborat
psixik jarayon.
Idrok – predmet va hodisalarni yaxlit bir butun holda aks ettirish.
Konstantlik – predmetlarning fazodagi vaziyati o‘zgargani holda idrok obrazlarining o‘zgarmay
qolishi.
IllYuziya – fazodagi ob‘yektlarni noto‘g‘ri idrok qilish.
Adaptatsiya – qo‘zg‘atuvchining davomli ta‘siriga analizatorning moslashishi.
Idrokning yaxlitligi – idrok obrazlarining bir butun holda aks ettirilishi.
Predmetlilik – tashqi olamdagi ob‘yektlarni uni o‘ziga tenglashtirish.
Psixofizika – psixologiya va fizika oralig‘ida tashkil topgan umumiy psixolgiyaning klassik
bo‘limlaridan biri.
Psixofizik muammo – psixikaning tabiatdagi o‘rnini aniqlash.
Psixofizik qonun – sezgirlik kuchining qo‘zg‘atuvchining kuchiga bog‘liqligi.
AbsolYut chegara – qo‘zg‘atuvchining sezgi hosil qiladigan eng Yuqori va eng kichik kuchi.
Farq qilish chegarasi – ikkita qo‘zg‘atuvchi kuchi o‘rtasidagi minimal farq.
Minimal o‟zgaruvchilar metodi – farq qilish yoki absolYut chegarani o‘rganish metodi.
Tafakkur – voqelikdagi predmet va hodisalarni aniq, to‘liq, umumlashtirib vositali yo‘l bilan
aks ettirish usuli.
Nutq – kishilar o‘rtasidagi aloqa jarayonida tildan foydalanish.
Analiz – bir butun predmet va hodisalarni tarkibiy qismlarga bo‘lish.
Sintez – alohida tarkibiy qismlarni bir butun qilib birlashtirish.
302
Umumlashtirish – predmet va hodisalarni biror xususiyatiga ko‘ra bita tushunchaga
birlashtirish.
Taqqoslash – predmet va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash va farq qiluvchi tomonlarini aniqlash.