O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə154/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Kommutatsiya yo’llari orqali IP bog’lanishda foydalanuvchi modemi provayder kompyuteriga bog’lanadi (telefon orqali). Bunday bog’lanishning mohiyati Shundan iboratki, bu holda TSR/IP qaydnomasi formatida maxsus qaydnoma asosida ma’lumotlaralmashishni ta’minlovchidastur ta‘minotidan foydalanadi. O’zoqlashgan kompyuter javob bergandan keyin bu dastur ta‘minot foydalanuvchi haqidagi ma’lumotunga jo’natadi. Ro’yxatdan o’tish muvaffaqiyatli kechsa, unda bemalol ish boshlash mumkin.

10.6-§. Internetning asosiy tushunchalari.


Internetga oid muhim bo’lgan ba’zi bir tushunchalar izohini keltiramiz.
DNS server DNS server Protokol: bu kompyuterlar orasidagi aloqa o’rnatilishida, ma’lumot qilish va uzatishda foydalaniladigan signallar standartidir. Ya’ni kompyuterlar protokol yordamida biri - biri bilan bog’lanadi. Protokol to’g’ri bo’lsagina, kompyuterlar o’rtasida aloqa o’rnatiladi. Bu kompyuterlarning bog’lanish tartibi yoki standartidir.
Server: bu boshqa kompyuter yoki programmalarga xizmat ko’rsatadigan kompyuter yoki programmadir. Ya’niboshqa kompyuterlarga o’zining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter Server hisoblanadi. Bitta kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin. Masalan, FTP, WWW, elektron pochta serverlari.
Mijoz: Server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi kompyuter yoki programmadir. Xuddi Server kabi, bitta kompyuterda birdaniga bir nechta mijoz ishlashi mumkin. Masalan, kompyuter fayl serverning mijozi bo’lishi mumkin (serverda joylashgan fayllardan foydalanishi), Shu bilan bir vaqtda elektron pochta programmasida ishlashi mumkin. Ya’nibir necha serverning mijozi bo’lishi mumkin.
Marshrutlashtiruvchi: (Router). Marshrutlashtiruvchi Internetda ma’lumotlaroqimini qulay va yakin yo’l bilan manzilga etkazishni rejalashtiruvchi va amalga oshiruvchi programmalar majmuidir.
Shlyo’z: (Gateway) ma’lumoto’zatishning turli kaydnomalarini Internet foydalanadigan elektron pochtaning oddiy kaydnomasi SMTP ga (Simple Mail Transfer Protocol-elektron pochta o’zatishning oddiy kaydnomasi) aylantiradigan kompyuter. Aslida shlyo’z bu programmalar majmuidir. Bunda shlyo’z maqsadida foydalanadigan kompyuterga katta talablar kuyilmaydi. Buning uchun unda shlyo’z vazifasini utaydigan programmalar bilan ishlash imkoni bo’lsa, bo’ldi xolos. Demak, ilgaridan o’z lokal kompyuter tarmog’ingizda biror sistema bilan ishlab kelayotgan bo’lsangiz, uni Internetga ulamokchi bo’lsangiz ana Shunday shlyo’z programmani o’rnatsangiz yetarli
Proxy: bir necha kompyuterning Internetga ulaniishni ta’minlovchitizim. Proxy server odatda ko’p ishlatiladigan resurslarni saqlash imkoniyatiga ega. Internet da ba‘zi bir MA’LUMOTLARga ko’pchilik murojaat qilgani uchun bu MA’LUMOTLARga oid serverga ulanish (navbat katta bo’lgani uchun) sekin bo’lishi mumkin. Shuning uchun ko’pchilik murojaat qiladigan serverlar nusxalari boshqa serverlarda xam saqlanadi. Bunday serverlar Proxy serverlar deyiladi. Proxy serverdan foydalanish imkoniyati odatda programmalarni o’rnatishda e`tiborga olinishi zarur. Hozirda ko’p Internet ma’lumotko’rish uchun MS Internet Explorerdan foydalanganda, unda Proxy programmasi orqali foydalanish nazarda tutiladi.
URL: (Uniform Resource Locator) Internetra murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo’lib, u manzilni ifodalaydi. URL adresidan ixtiyoriy foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Ya’nibu adresdagi ma‘lumotdan barcha foydalanuvchilar bir paytning o’zida foydalanishi mumkin. URL quyidagi formatga ega

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə