O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə47/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Aholining bandligi ijtimoiy ishlab chiqarishni fuqarolik sektorida band bo’lgan va mamlakat qonunchiligi tomonidan aniqlangan normalarga mos ravishda hisobga olinadigan mehnatga layoqatli yoshdagi aholi.
Aholi bandligi muammosi bu insonlarni mehnat faoliyatiga jalb etish muammosi va ularning mehnatga bo’lgan ehtiyojlarini ish o’rinlari bilan qanoatlantirish darajasi.
Bandlik darajasi bandlar umumiy sonini mehnatga layoqati yoshdagi aholi soniga nisbati.
Balans usuli o’zaro bog’liq ko’rsatkichlarning bog’lanishini va muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun foydalaniladigan usullar yig’indisi tushuniladi.
Baho tovar qiymatining pul orqali ifodalanishi.
Byudjet davri byudjetni ijro etish jarayonini amalga oshirish vaqti.
Byudjet–soliq siyosati byudjet siyosatida byudjet xarajatlari va daromadlarini shakllantirgan holda uch xil byudjet siyosati yuritiladi. Byudjet xarajatlari, transfer xarajatlari shaklidagi xarajatlar. Daromadlar esa uch manbadan kelishi mumkin: soliqlardan, xazina tomonidan chiqarilgan qimmatbaho qog’ozlarning sotilishidan va ma’lum qismi markaziy banki emissiyasi hisobiga. Shunga ko’ra davlat xarajatlari va daromadlarni boshqarish orqali byudjet siyosati yuritiladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchi (byudjet muasasasi) bu ijroiya hokimiyati organi tomonidan notijorat xususiyatiga ega bo’lgan Funksiyalar (boshqaruv, mudofaa, ijtimoiy-madaniy tadbirlar va b.)ni amalga oshirish uchun tashkil etilgan va smeta tartibida moliyalanuvchi tashkilot.
Byudjet daromadlari davlatning qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyati va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining ixtiyoriga beg’araz va qaytarishsiz tartibda kelib tushuvchi pul mablag’lari.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə